MUNDARIJA
Kirish 4
I BOB. TALIMDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYAT VA TARIXIY PEDAGOGIK QADRIYATLAR.
1.1 Pedagogik mahorat madaniyatining shakllanish bosqichlari. Sharq va Garb allomalarining qarashlari misolida .8
1.2 Kasbiy-pedagogik madaniyat turlari: axloqiy, texnologik,didaktik, psixologik va boshqalar ..28
II BOB. TALIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY OQITUVCHINING ROLI.
2.1 Imkoniyati cheklangan va deviant xulq-atvorli oquvchilarga talim berishda pedagogning mahorat madaniyati 46
2.2 Rivojlanayotgan axborot asrida zamonaviy pedagogga qo’yiladigan talablar (Innovatsion talimda oqituvchi mahorati va madaniyatining dolzarb masalalari)......................................................................................................59
Xulosa 71
Ilova 74
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni taminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish suratlarini jadallashtirish, ilgor innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yolga qoyishga yonaltirilgan ishlarga yangicha surat berdi.Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilgor xorij tajribasini organish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta korib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Aynan ushbu muhim masalalar yuzsidan, Ozbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga: Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoliga otmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi goyaga ega bolgan davlatgina yutadi. Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bolsak, uni aynan innovatsion goyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qoydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda oziga xos lokomotiv rolini bajaradi,1 deb takidladilar. Aynan shuning uchun ham talimda manaviy va goyaviy yuksak,salohiyati jihatidan intellektual mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, talimni rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirish, yoshlar g`oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o`z-o`zidan rivojlanmaydi, balki jamiyatning yuqori saviyadagi tajribali pedagog mutaxassislarning kuchli pedagogik mahorati, intellektual va ilmiy salohiyati mexnizmining tanafussiz shiddat bilan faoliyat olib borishlari orqali amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham davlat va jamiyatning yagona maqsadi barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Modelning tarkibiy qismlari uzluksiz talim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo`lib, shaxs rivojlanishiga ijobiy tasir ko`rsatdi. Bundan kutilgan maqsad: O`zbekistonda mustaqil fikrlaydigan, tafakkur tarzini isloh etishga ehtiyoj sezgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat2.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan yo`l va davlatimiz tomonidan yoshlarga O`zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolar uchun xoh iqtisodiy, xoh siyosiy, xoh manaviy sohada bo`lsin barcha imkoniyatlar yaratib berildi va bu imkoniyatlar bugungi kunda davom ettirilib, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekistonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi Harakatlar strategiyasi da o`z aksini topdi. Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirish, talim tizimini yanada isloh qilish, talim-tarbiya va o`quv jarayonining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, yani uzluksiz talim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilishga alohida ahamiyat berildi. Uzluksiz talim tizimini yanada takomillashtirish yolini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy о‘quv va laboratoriya uskunalari,kompyuter texnikasi va о‘quv - metodik qо‘llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora- tadbirlarni kо‘rish”3 dek vazifalar yuklandi. Buning natijasida amaldagi talim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar talablariga javob bera oladigan darajaga ko`tarish vazifasi qo`yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |