Abu Ali ibn Sino (980-1037) oz asarlarida inson kamolotida uch narsa - irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol oynashini takidlab, bunda mudarrislar bolalarga talim berishdek masuliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bolgan quyidagi tavsiyalami beradi:
1) bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish.
2) berilayotgan bilimning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga etibomi qaratish.
3) talimda turli shakl va metodlardan foydalanish.
4) oquvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xusu siyatlarini nazorat qilish.
5) bolalarni fanga qiziqtira olish.
6) berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
7) bilimlarni o'quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishd
tushunarli olib borish.
8) har bir sozning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishish
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 - 1048) Sharq Uygonish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan tasir ko'rsatgan buyuk aql-zakovat sohibidir. Alloma asarlarida talim-tarbiya biriigi va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan, chunonchi, Minerologiya, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Hindiston kabi asarlarida pedagogika va psixologiyaga oid noyob fikr-mulohazalarini va marifiy-didaktik qarashlarini bayon etdi. Bolalarni maktabda oqitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlami bir-biri bilan bog'lab turli mavzularda mulohazalar yuritishni takidlab: Bizning maqsadimiz o'quvchilarni toliqtirib qo'ymaslikdir, bir mavzuni qayta-qayta takrorlab o'qib berish o'quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar oquvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman boglarda sayr qilgandek boladi, bir bogdan o'tar otmas, boshqa bir bog boshlanadi. Bola ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag'ishlaydi, deb behuda aytilmagan11,- deydi.
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm-fanning ravnaqi tufayli deb aytadi, yoshlarning baxt-saodati va kamoloti esa ularga bilim va marifat beruvchi mudarrislarga bog'liq deb takidlaydi. Ilm va marifat sari intiluvchi tolib va mudarrislarga deydiki: Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni kor qilib qo'vadigan nafs va turli buzgunchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikni quli bolishdan ozod bo'lmog'i darkor12
Do'stlaringiz bilan baham: |