11
Ko’plab MDH mamlakatlarida bo’lgani singari, O’zbekiston ayollari ham,
so’nggi o’n yillik davomida an’anaviy odatlarga qaytilgani sari, o’zlarining
jamiyatdagi roli pasayganining guvohi bo’lishdi. Odatiy fikrga ko’ra,
erkaklarning jamiyatdagi maqomi yuqori bo’lib, oila to’g’risida g’amho’rlik
qilishlari va uni t a’minlashlari darkor. Bunday maslak ko’pincha ayollarning
yaxshi haq to’lanadigan ishdan hamda rahbarlik
lavozimlarida ishlashdan
bahramand bo’lishini cheklaydi, shunigdek ota-onalar qizlarning ta’lim olishiga
mablag’ sarflashdan bosh tortishi bilan tahdid soladi.
Gender va ta’lim
Ta’limdagi gender tenglik Konstitutsiya bilan kafolatlangan. 1997 yilda
qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda kasb tanlash va barcha o’quv
yurtlarida ta’lim olishda erkaklar va ayollarga teng huquqlar ko’zda tutilgan.
Ta’limning
yuqori darajalarida, shu jumladan akademik litseylar va oily
o’quv yurtlarida gender balansni yaxshilash zarurligi haqida rasmiy statistika
ko’rsatkichlari guvohlik beradi. O’zbekistondagi erta nikohdan o’tish ko’p
hollarda qiz bolalar ta’lim olishni davom ettirishlariga to’sqinlik qiladi. Bu esa,
o’z navbatida, ularning bo’lajak amaldorlik imkoniyatlari cheklanishining asosiy
sababi hisoblanadi.
Ayollarning ta’limning oliy va o’rta kasb-hunar darajasida davom ettirishi,
ularning iqtisodiy faoliyatdagi tobora faol ishtirok etishi kabi, o’zbek jamiyatida
gender tarzini va ayollarning roli to’rt devor bilan cheklanishi holatini asta-sekin
bartaraf etishda muhim rol o’ynaydi. Hukumat buni e’tirof etadi va Milliy harakat
rejasi hamda boshqa qator dasturlarda qizlar ta’lim olishiga e’tibor qaratadi.
Ayollar siyosatda
Yaqinda amaldagi qonunlarga ayollarning
siyosiy faoliyatda hamda
qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishini rag’batlantirishga qaratilgan
o’zgarishlar kiritldi, shu tufayli parlament a’zolari bo’lgan ayollar soni ancha
ko’paydi.
O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi hukumatning
mamlakatda ayollar
muammolari bilan bo’gliq siyosatini ta’riflash hamda amalga oshirishda mas’ul
bo’lgan asosiy tuzilmadir. Xotin-qizlar qo’mitasi rahbari ayni mahalda Bosh
vazir o’rinbosari hisoblanadi. Butun mamlakat miqyosida xotin-qizlar ishtirokida
qarorlar qabul qilishda mutanosiblikni ta’minlash uchun viloyat xotin-qizlar
qo’mitalari rahbarlari ayni mahalda hokim o’rinbosarlari bo’lib, mahalliy
darajada xotin-qizlar manfaatlarini qo’llab-quvvatlsh hamda ularning salohiyatini
ro’yobga chiqarish uchun mas’uldirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: