25
3-ma’ruza. Elektron hukumat tahlili
Reja:
1.
Elektron hukumat
tushunchasi, vazifa va prinsiplari.
2.
Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
3.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari.
4.
Elektron hukumat joriy etishning jaxon tajribasi.
Kalit so’zlar:
Elektron hukumat, davlat interaktiv xizmatlari, Business
Process Reengineering, tranzaktsiya, “bir darcha” printsipi, davlat organlarining
shaffofligi, yagona identifikator.
1. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va printsiplari
Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari
ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo
elektron hamkorlik qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar
tizimidir.
Elektron hukumatning bir qancha ta’riflanishlari mavjud.
Keng ma’noda,
elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini
rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.
O’ziga xos ravishda, elektron hukumatni “davlat oganlari ko’rsatayotgan
hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli
texnologiyalardan foydalanish” deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron
hukumat AKTni ko’llagan holda davlat organlarining
yanada samarali faoliyat
ko’rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmatlar
ko’rsatishidir.
Elektron hukumat atamalarini quyidagi to’rtta asosiy qismlari orqali
umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi.
1.
AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2.
Hukumat faoliyatini qo’llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash,
xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3.
Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi
aloqa
kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni
targ’ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
4.
Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda
qatnashish qiymatini belgilash.
26
Jadval 2.1
Elektron hukumat ta’riflari
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Elektron hukumat fuqarolarga
davlat organlari tomonidan
axborot va xizmatlarini etkazib berish uchun Internet
foydalanish deb ta’riflangan.
Jahon banki
Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan
foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa davlat
organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashni
nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar
turli maqsadlarga xizmat
qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq
etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o’zaro
muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali
fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada
samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.
Iqtisodiy
hamkorlik va
taraqqiyot
tashkiloti
Elektron hukumat termini
xukumat tomonidan AKTdan
foydalanib, bir qator amaliy funktsiyalarini to’laqonli bajarishi
nazarda tutadi.
Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif
etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash
jarayonini transformatsiyasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: