9
1997 yilda O’zbekiston ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshira boshladi.
“Aholi farovonligini oshirish strategiyasi”ga rioya qilib Hukumat ta’lim sifatini
oshirish uchun katta hissa qo’shdi.
Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi o’z oldiga
quyidagi maqsadlarni qo’yadi:
umumta’lim maktablarni infratuzilmasini mustahkamlash va
rivojlantirish;
maktablarni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuterlar,
darsliklar hamda o’quv materiallari bilan ta’minlash;
o’qitish metodikasi va o’quv dasturlarini yaxshilash;
o’qituvchilar malakasini oshirish; ularni samarali tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini rivojlantirish; o’qituvchilarni undash darajasini oshirish.
Bundan
tashqari, hukumat aholi kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-
quvvatlashga qaratilgan qator choralar ko’rdi. Hukumat 2002 yildan kam
ta’minlangan oilalardan bo’lgan o’quvchilarga tekin darsliklar bera boshladi.
Yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar davlat tomonidan to’liq
ta’minlanmoqda. 1997 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalar bolalariga qishki
kiyim-kechak tekin berilmoqda.
O’zbekiston ta’lim tizimiga yirik mablag’lar sarflamoqda, binobarin,
hukumatning istiqbolda bashariy resurslar sifatini ta’minlash borasidagi g’ayrat-
shijoatiga tan berish darkor.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta’limdan
umumiy bahramandlikka
global MRM uchun boshlang’ich sana bo’lgan 1990 yildayoq erishilgan.
Ta’lim tizimi duch keladigan muammolar ko’pligiga qaramay, rasmiy
statistik ma’lumotlarga ko’ra, boshlang’ich maktablarning deyarli barcha
o’quvchilari o’rta ta’lim tayanch darajasining 5-sinfigacha yetib borishini
ta’kidlash muhim.
Imkoniyati cheklangan bolalar
Boshlang’ich ta’limdan umumiy bahramand bo’lish garchi ta’minlangan
bo’lsa-da, u imkoniyati cheklangan bolalar
uchun muammoligicha qolib
kelmoqda. Ko’p nogiron bolalar maktabga qatnashmaydi, shu bois ularning
bundan keyingi farovonligi va ma’lumot olishi tashvishli ishlardan bo’lib
qolmoqda.
Milliy maqsad 3. Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish va
ayollarning huquq hamda imknoiyatlarini kengaytirish
10
3-sonli Milliy vazifa. 2005 yilga borib boshlang’ich, o’rta va kasb-hunar
ta’lim tizimida gender tenglikka erishish
4-sonli Milliy vazifa. 2015 yilga borib oliy ta’limda gender mutanosiblikka
erishish
“Gender” tushunchasi bevosita
ayollarga taalluqli emas, u erkaklar bilan
ayollar o’tasidagi ijtimoiy o’zaro munosabatni bildiradi. Bu tushunchadan
jamiyat erkaklar va ayollarga ajratib bergan ijtimoiy rollarni belgilash uchun
foydalaniladi.
Shunisi yanada muhimki, u erkaklar va ayollar ijtimoiy hamda
iqtisodiy rivojlanishdan xilma-xil yo’llar bilan qay tariqa manfaat ko’rishini
tushunishda ko’maklashadi. Gender tadqiqotlar madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy
tafovutlar erkaklar
hamda ayollarning oiladagi, ishdagi va umuman jamiyatdagi
roliga qay tarzda ta’sir etishini ko’rsatadi.
Xotin-qizlar qo’mitasi rahbari ayni mahalda Bosh vazir o’rinbosari
hisoblanadi. Butun mamlakat miqyosida xotin-qizlar ishtirokida qarorlar qabul
qilishda mutanosiblikni ta’minlash uchun viloyat xotin-qizlar qo’mitalari
rahbarlari ayni mahalda hokim o’rinbosarlari bo’lib, mahalliy darajada xotin-
qizlar manfaatlarini qo’llab-quvvatlsh hamda ularning salohiyatini ro’yobga
chiqarish uchun mas’uldirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: