9-sinf
Mavzu : Xrom
O‘qituvchi: Mukarram Qodirova
Mavzu bayoni:
1
|
Davr raqami
|
4
|
2
|
Qator raqami
|
4
|
3
|
Guruh
|
VI - B
|
4
|
Tartib raqami
|
24
|
5
|
Atom tuzilishi
|
+24 ( pratonlar soni) 2e,8e,13e,1e. 1s22s22p63s23p63d54s1
|
6
|
Nisbiy atom massasi
|
51,996
|
7
|
Zichligi
|
7,19 g/sm3
|
8
|
Suyuqlanish harorati
|
1890 oC
|
9
|
Qaynash harorati
|
2680 oC
|
10
|
Yer po’stlog’idagi ulushi
|
0,02 %
|
11
|
Tabiatda uchrashi
|
FeO * Cr2O3, (Fe(CrO2)2) – xromli temirtosh
|
12
|
Kash etgan olim
|
L. Vaklen, 1797 yil
|
13
|
Oksidlanish darajasi
|
0, +2, +3, +6
|
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savol-topshiriqlariga javob yozish
__________________________________________________________________________________
Mavzu : Xromning II, III va VI valentli birikmalari
O‘qituvchi: Gulandon Jumayeva
Mavzu bayoni:
Xrom o’zining +2, +3, +6 oksidlanish darajalarida barqaror birikmalarini hosil qiladi:
Cr+2O-2 ̶ xromning (II)-oksid - asosli
Cr2+3O3-2 ̶ xromning (III)-oksid - amfoter
Cr+6O3-2 ̶ xromning (II)-oksid - kislotali
2Cr + O2 = 2CrO 4CrO + O2 = 2Cr2O3
CrO + 2HCl = CrCl2 + H2O Cr(OH)2 + 2HCl = CrCl2 + 2H2O
Cr2O3 + 6HNO3 = 2Cr(NO3)3 + 3H2O Cr2O3 + 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O
(NH4)2Cr2O7 → Cr2O3 + N2↑ + 4H2O CrO3 + 2NaOH = Na2CrO4 + H2O
CrO3 + H2O = H2CrO4 2CrO3 + H2O = H2Cr2O7
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savol-topshiriqlariga javob yozish
___________________________________________________________________________________
Mavzu : Marganesning daviy jadvaldagi o’rni
O‘qituvchi: Gulandon Jumayeva
Mavzu bayoni:
1
|
Davr raqami
|
4
|
2
|
Qator raqami
|
4
|
3
|
Guruh
|
VII - B
|
4
|
Tartib raqami
|
25
|
5
|
Atom tuzilishi
|
+25 ( pratonlar soni) 2e,8e,13e,2e. 1s22s22p63s23p63d54s2
|
6
|
Nisbiy atom massasi
|
54,938
|
7
|
Zichligi
|
7,44 g/sm3
|
8
|
Suyuqlanish harorati
|
1244 oC
|
9
|
Qaynash harorati
|
2080 oC
|
10
|
Yer po’stlog’idagi ulushi
|
0,1 %
|
11
|
Tabiatda uchrashi
|
MnO2 – pirolyuzit, Mn3O4 – gausmanit, Mn2O3 – braunit
|
12
|
Kash etgan olim
|
K. Sheele, 1774 yil
|
Uyga vazifa: 145-146-bet o’qish, krossvord tuzish, masala
___________________________________________________________________________________
Mavzu : Temir
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Temir davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib raqami - 26. Kimyoviy belgisi - Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi.
Atom tuzilishi. Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi.
Tabiatda tarqalishi. Aluminiydan keyin temir eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir Yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir Yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib qoladi. Yer qobig'ida temiming massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida bo'ladi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit - magnit temirtosh Fe304, gematit - qizil temirtosh Fe203, limonit - qo'ng'ir temirtosh 2Fe203-3H20, siderit - temir shpati FeC03, pirit - temir kolchedani FeS2.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, 1-2-savol, 165-bet 3-masala
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Temirning eng muhim birikmalari. Temirning ishlatilishi
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Fe + 2HCl = FeCl2 + H2↑ FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 + 2NaCl Fe(OH)2 → FeO + H2O
2FeCl3 + Fe = 3FeCl2 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3; 2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3SO2↑+ 6H2O
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, 165-bet 4-masala
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Metallarga oid masalalar yechish
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
(NH4)2Cr2O7 tuzidan laboratoriya sharoitida « Sun’iy vulqon » deb ataluvchi qiziqarli tajribani amalga oshirish mumkin. Bu tajriba uchun 5,04 g ammoniy dixromat olingan bo’lsa, n. sh. da o’lchangan hajm va qanday gaz hosil bo’ladi? Javob: 0,488 litr
Bog’dorchilikda turli xil zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan “Bodros suyuqligi” ni tayyorlashda mis kuporosidan foydalaniladi. Uning 12,5 grami qizdirilganda uning massasi 4,5 g ga kamaygan bo’lsa, mis kuporosining formulasini aniqlang Javob: CuSO4 *5H2O
Uyga vazifa: 161-bet 3-masala, 165-bet 4-masalani namuna asosida yechish
___________________________________________________________________________________
Mavzu : O’zbekistonda metallurgiya. Cho’yan ishlab chiqarish
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
O‘zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan, Bekobodda joylashgan bo‘lib, Bekobod metallurgiya zavodida qora metall mahsulotlari: po‘lat va cho‘yan ishlab chiqariladi.
Domnada quyidagi kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi:
1) koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi: C + O2 →CO2↑
2) yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi: CO2 + C → 2CO↑
3) CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi:
Fe2O3 * nH2O →Fe2O3 + nH2O (500—700 °C)
3Fe2O3 + CO → 2Fe3O4 + CO2↑ (450—500 °C)
Fe3O4 + CO → 3FeO + CO2↑ (500—700 °C)
FeO + CO → Fe + CO2↑ (700—800 °C)
Cho’yandan tayyorlangan ayrim buyumlarni qanday boshqa arzonroq zamonaviy xomashyolardan tayyorlash mumkin?
Ularning qanday afzalliklari bor?
Uyga vazifa: Yuqoridagi savollarga javob yozish
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Po’lat ishlab chiqarish
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Xalq xo‘jal igida eng ko‘p ishlati ladigan po‘lat, asosan, cho‘yanni qayta ishlab olinadi. Po‘lat olish jarayoni-ning asosiy mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerodni kamaytirish hamda oltingugrt, fosfor, kremniy, marganes-larni iloji boricha yo‘qotishdaniboratdir. Buning uchun havo kislorodi yordamida temirning ma’lum bir qismi oksidlanib, temir (II)-oksidiga va hosil bo‘lgan temir (II)-oksidi yordamida cho‘yan tarkibidagi qo‘shimchalar oksidlanadi.
2Fe + O2 → 2FeO + Q 5FeO + 2P → 5Fe + P2O5 + Q 2FeO + Si → 2Fe + SiO2 + Q FeO + Mn → Fe + MnO + Q FeO + C → Fe + CO↑ + Q
Uglerod CO va CO2 gazlari ko‘rinishida chiqarib yuboriladi. Kremniy, marganes va boshqa metallarning oksidlari shlak tarkibiga o‘tadi. Oltingugurt — cho‘yan tarkibida FeS ko‘rinishda bo‘ladi va u CaO yordamida CaS shakliga o‘tadi. Fosfor esa cho‘yan tarkibidagi fosforni oksidlanishida hosil bo‘lgan P2O5 ni ohak bilan ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan Ca3(PO4)2 shaklida shlak tarkibiga o‘tadi.
FeS + CaO = CaS + FeO 3CaO + P2O5 = Ca3(PO4)2
To‘yingan cho‘yandan po‘lat olish jarayoni kislorod konvertori, marten pechi yoki elektr yoyi pechlarida amalga oshiriladi. Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi.
Uyga vazifa: 171-betdagi 1-3-savollarga javob yozish.
____________________________________________________________________________________
Mavzu : “Metallar” mavzusi bo’yicha tajribaviy masalalar yechish (3-amaliy ish)
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Metallar – oddiy sharoitda yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiqlik, elektr toki o’tkazuvchanligi, elektr magnit to’lqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan oddiy moddalardir.
Maqsad: Metallarning birikmalari va ularning fizik va kimyoviy xossalarini amaliy tajribalar asosida o’rganish va tajribaviy masalalar yechish.
Kerakli jihozlar: Probirkalar, probirka uchun shtativ, kolbalar, shisha tayoqcha, shpatel.
Kerakli reaktivlar: NaOH, Al2(SO4)3, CaCO3, FeCl3, CuSO4, Zn, ZnO, ZnSO4, HCl, distillangan suv, fenolftalein eritmasi.
1-tajriba: Raqamlangan probirkada quyidagi moddalar berilgan:
NaOH
CaCO3
Al2(SO4)3
FeCl3 Qaysi probirkada qanday modda borligini aniqlang
Reaksiya tenglamalari: NaOH + fenolftalein = pushti rang
CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2↑ + H2O
Al2(SO4)3 + 6NaOH = 2Al(OH)3↓ +3Na2SO4
FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3↓ + 3NaCl
2-tajriba: Bizga berilgan mis (II) - sulfat tuzidan foydalanib mis (II) – oksid hosil qilamiz.
CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2↓ + Na2SO4
Cu(OH)2 → CuO + H2O
3-tajriba: Laboratoriyadagi mavjud reaktiv va jihozlardan foydalanib 4 xil usul bilan rux xlorid tuzini hosil qilamiz. Zn + 2HCl = ZnCl2 +H2↑ ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O
Zn(OH)2 + 2HCl = ZnCl2 + 2H2O ZnCO3 + 2HCl = ZnCl2 + CO2 ↑+H2O
Uyga vazifa: Metallarning kimyoviy xossalarini takrorlash, amaliy tajriba asosida hisobot yozish.
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Metallar va ularning birikmalariga oid masalalar va ularning yechimini o’rganish
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Masala: Na2CO3 va NaHCO3 ning 60 gramm aralashmasi qattiq qizdirilganda 2,7 gramm suv ajralib chiqdi. Ushbu aralashmaning tarkibidagi Na2CO3 va NaHCO3 ning massa ulushlarini toping.
Javob: ω (Na2CO3) = 58% , ω (NaHCO3) = 42%
Masala: 40g 20% li mis (II) – sulfat tuzi eritmasi bilan temir to’liq reaksiyaga kirishganda nech agramm mis hosil bo’ladi? Javob: 3,2 g
Masala: 2,8 g azot bilan reaksiyaga kirishib 14,8 gramm nitrit hosil qiladigan metallning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi o’rnini va atom tuzilishini aniqlang. Metallni ikki valentli deb hisoblang. Javob: Kalsiy (Ca)
Katalitik konverter
1-savol: Yuqorida berilgan rasmdagi ma’lumotlardan foydalanib katalitik konverter chiqindi gazlarning zararini qanday qilib kamaytirishga misol keltiring.
2-savol: Gazlar katalitik konverter ichida o’zgarishlarga uchraydi. “Atomlar” va “Molekulalar” atamalaridan foydalanib nima sodir bo’layotganini tushuntiring.
Uyga vazifa:
80 g 5% li mis (II) – sulfat eritmasi bilan temir to’liq reaksiyaga kirishganda necha gramm mis hosil bo’ladi?
6,72 litr (n.sh.) xlorda temir yondirildi. Bunda necha mol temir reaksiyaga kirishgan?
6 mol temirga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda necha litr (n.sh.) gaz ajralib chiqadi?
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Kimyoviy ishlab chiqarishch istiqbollari. Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
Kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa
Atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish;
Tabiiy, sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolarni kompleks qayta ishlash;
Chiqindilardan foydali komponentlarni to’liq ajratib olish.
Kimyo sanoatida ilmiy-texnika taraqqiyotiga asoslanib, belgilangan xossalarga ega bo’lgan yangi, tabiatda mavjud bo’lmagan materiallar: polimerlar, keramika, kompozitlar, lak-bo’yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.
Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po’latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o’rnini bosa oladi.
Keramikaning ishlatilishi
Konstruksiyali materiallar tayyorlashda
Mashinasozlikda
Elektronikada
Kompozitlar asos (matritsa) va to’ldirgichdan iborat bo’lib, zamonaviy materiallar orasida o’ziga xos o’rin tutadi. Yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lgan kompozit materiallar odatdagi materiallardan besh barobar pishiq bo’lib, aviatsiya va kosmik texnologiyalarda qo’llanilmoqda
Pestitsid – ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qilish uchun, begona o’tlarga qarshi ishlatiladi;
Gerbitsid – begona o’tlarga qarshi ishlatiladi;
Bakteritsid – zararli bakteriyaga qarshi ishlatiladi;
Defoliant – o’simlik bargini to’kadigan moddalar;
Dezinfeksiya – omborxonalardagi zararli hasharotlarni yo’qotish.
“Odamlarning sog’ligi tshqi sharoit bilan chambarchas bog’langandir!” Abu Ali ibn Sino
Atmosfera ifloslanish sabablari
Tabiiy ifloslanish;
Sanoat tarmoqlarida, transport vositalari va isitish tizimlarida yoqilg’i yonishidan chiqqan gaz, chang, tutunlar;
Turli xildagi chiqindilarni yoqib yuborish.
Ko‘mir shaxtalarida chang miqdori 500 mg/m3 dan 3000 mg/m3 ga qadar bo‘ladi. Shaxta havosini toza saqlash uchun qo‘llaniladigan ventilyatsiya qurilmalari atmosfеraga bir sutkada 1500000 m3
ana shunday chang havo chiqaradi. Ruda konlarida tog‘ jinslarini qazish hamda tog‘ jinslaridagi
ruda miqdorini boyitish jarayonlarida atmosfеraga juda ko‘p chang (tog‘ jinslarining aerozollari) tarqab kеtadi.
Suv — tabiatda eng ko‘p tarqalgan modda. Yer yuzining 2/3 qismini suv qoplagan. Tabiatda sodir bo‘ladigan dеyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Gidrosfеradagi suv, bug‘langan suv, bug‘ holatdagi atmosfеrada uchraydigan suv juda katta miqdorni, ammo ichish uchun yaroqli suv tabiatdagi mavjud suvning atigi 1 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, kеlajakda insoniyat suv tanqisligiga uchrashi mumkin
Uyga vazifa: Darslikning 185 – sahifasidagi 5-6-savollarga javob yozish; “Siz plastmassa chiqindilarini nima qilgan bo’lar edingiz?” mavzusida ijodiy ish qilish.
____________________________________________________________________________________
Mavzu : Kumush va oltin, olinishi, xossalari va ishlatilishi
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:
№
|
|
Ag
|
Au
|
1
|
Davr raqami
|
5
|
6
|
2
|
Qator raqami
|
7
|
9
|
3
|
Guruh
|
I - B
|
I - B
|
4
|
Tartib raqami
|
47
|
79
|
5
|
Nisbiy atom massasi
|
107,87
|
197
|
Kumush (Ag). Kumush yaltiroq, oq rangdagi yumshoq metall bo‘lib, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Juda yaxshi bolg‘alanadi. Kumush yumshoq metall bo‘lganligi sababli uning mis yoki rux bilan turli nisbatdagi qotishmalari ishlatiladi.
Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy qator davlatlarga yurish qilib, birin ketin ularni bosib oladi. Jumladan, Hindistonga yurishi vaqtida uning askarlari orasida oshqozon-ichak kasalligi tarqaladi va ko‘plab askarlar ushbu kasallikdan o‘lib ketishadi. Qizig‘i shundaki, kasallik faqat oddiy
askarlar o‘rtasida tarqaladi. Rahbarlar o‘rtasida esa bu kasallik uchramaydi. Nega?
Kumushning tuzlari mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli turli xildagi dori vositalari tayyorlanadi. Kumush ioni [Ag+] tutgan suv uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi.
Kumush kimyoviy jihatdan juda ham passiv. Kislorod, suv, hatto kislotalar bilan ham reaksiyaga kirish-maydi. Konsentrlangan nitrat kislotada erib, kumush nitratni hosil qiladi:
Ag + 2HNO3= AgNO3 + NO2↑+ H2O
Qizdirilganda xlor, brom, yod va oltingururt bilan reaksiyaga kirishadi. Kumush nitrat kumushning eng ko‘p ishlatiladigan birikmasidir. Undan kumushning boshqa birikmalari olinadi, ko‘zgu tayyorlashda ham ishlatiladi.
Kumush nitrat galogenidlar uchun reaktiv, ya’ni xlorid, bromid, ionidlarni aniqlashda ishlatiladigan moddadir. NaCl + AgNO3 = AgCl↓ + NaNO3
Oltin (Au). Oltin yumshoq, plastik, cho‘ziluvchan, sariq rangli metall. Moss shkalasi bo‘yicha qattiqligi 2,5 ga teng. Oltindan qalinligi 0,0002 mm gacha bo‘lgan yupqa zar qog‘ozlar tayyorlash yoki 1 g oltindan 3,5 km li juda ham ingichka sim tayyorlash mumkin. Issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Zichligi 19,32 g/cm3. Oltin tabiatda, asosan, sof holda (tug‘ma) uchraydigan metall bo‘lib, tabiatda yombi holida juda kam, mayda-mayda holatda qum va tog‘ jinslarida sochilib joylashgan.
Sanoatda esa asosiy usul rudadan oltinning sianidli kompleks tuzini ajratib olish, ya’ni sianlash usulidan foydalaniladi: 4Au + 8KCN + O2+ 2H2O = 4K[Au(CN)2] + 4KOH
Oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlarini ko‘rgansiz. U juda ham kimyoviy jihatdan passiv. Deyarli kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi. Oltin faqat zar suvi, ya’ni nitrat kislota bilan xlorid kislotani 1:3 mol nisbatdagi aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi: Au + HNO3+ 3HCl = AuCl3+ NO↑+ 2H2O
Oltin qimmatbaho zargarlik metali. Ammo u yumshoq. Shuning uchun zargarlik va texnik buyumlar tayyorlash uchun uning kumush yoki mis bilan hosil qilgan qotishmalaridan foydalaniladi.
Uyga vazifa: Darslikning 139-sahifasidagi 1- va 4-savollarga javob yozish
Narbayeva F.K.
Do'stlaringiz bilan baham: |