8.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish birlashmalarining katta quvvatga ega bolgan liniyalarini avtomatik ravishda masofadan turib boshqarishni talab etmoqda.
Kop yillik tajribalar shuni korsatadaki, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni (A. B. T.) sanoat korxonalariga joriy etish ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdrini 5 7 % oshirish, zahira xom ashyo miqdorini 20 25% qisqartirish, mablaglar almashuvini 16 18% ga kamaytirishni imkonini berdi.
Ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilmagan boshqarish sistemalarining yaratishdan ishlab chiqarish birlashmalariga joriy etishdan asosiy maqsad iqtisodiy masalalarini oz ichiga olgan mamuriy boshqarish sistemasini kopgina emas, balki korxona ishini optimal rejalashtirish va operativ boshqarish texnologik qurilmani ish rejimlarini optimallashtirish, shuning kimyoviy texnologik jarayonlarni fazoviy ozgarishlarini (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) rostlash kabi muammolarni yigindisini hal etishdir.
Avtomatik texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz boshqarishda nazorat olcha asboblari, rostlagichlar va boshqa qurilmalrni qollashdir.
Ishchilarning texnologik jarayonida ishtirok etish darajasiga kora avtomatlashtirish quyidagi turlarga bolinadi: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat texnologik jarayonlarning hozirgi holati haqida operativ malumot olish va uni qayta ishlash uchun kerakli bolgan sharoitni taminlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonning berilgan parametrlari avtomatik rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bundan operatorlar avtomatik rostlash sistemasi (A. R. S.) ning togri ishlashini kuzatib turadi.
Avtomatik boshqarish texnologik jarayonlarni berilagn ketma ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish obyektiga malum ketma ketlikda tasir korsatishdir. Shu nuqtai nazardan ham olib qaralsa, avtomatlashtirish hozirgi davrning yutuqlari hisoblanadi.
Nitrat kislota ishlab chiqarish AK 72M agregatini avtomatik nazorat qilish, markaziy boshqarish bolimidan olib boriladi. Kelayotgan har bir malumotlar operatorlar tomonidan kuzatiladi va boshqariladi. Bu esa qurilmalarni bir meyorda sihlashga va toxtab qolmasligiga sabab boladi.
Avtomatik boshqarish sxemasi ozaro bir biriga bogliq bolgan alohida parametrlarni boshqarishni oz ichiga oladi. Bular quyidagilar:
agregatga kelayotgan ammiak va havoning miqdorini boshqarish;
apparatdagi katalizator torlarida bosimni boshqarish;
qozonga kelayotgan taminot suvi va qaozon utilizatorlarida berilayotgan, qizdirilayotgan bugni miqdoriy nisbatini boshqarish;
agregatga truba kompressor orqali uzatilayotgan nitroza gazlariga qoshimcha havo berishni ammiak miqdori boyicha avtomatik boshqarish;
agregatga kelayotgan ammiak boyicha absorbsion minorasiga berilayotgan kimyoviy toza suvni va kondensat sharbat bugini avtomatik boshqarish va hokazolardan iborat.
Nitrat kislota ishlab chiqarish uchun zarur bolgan havo kontakt apparatiga berishdan oldin ikki pogonali dagal va mayin filtrlarda tozalanadi. Filtrlarning har bir pogonasida qarshilik olchanadi va iflosliklar aniqlanadi. Bu filtrlarning ishchi qarshiligining miqdori 350 mm.sim.ust (350.10-5 MPa) dan ortmasligi kerak. Tozalangan havo kompressorga soriladi. Kompressorning unumdorligi avtomatik ravishda rostlab turiladi. Kompressorlarda asosan havoni 0,25 0,37 MPa bosimgacha siqiladi va harorat 130 205oC gacha ortadi. Texnologik rejim bir meyorda bolgan havo kontakt apparatiga beriladi. Bir vaqtning ozida nitrat kislota ishlab chiqarish uchun zarur bolgan suyuq ammiak ombordan 1,4÷1,6 MPa bosim ostida sorib olinadi va buglatgichga beriladi.
Buglatgichdagi ammiakning sathi avtomatik ravishda rostlab turiladi. Buglatgichlarda suyuq ammiak tarkibidagi ammiakni suv va moy toplanib qolishini oldini olish maqsadida suyuq ammiak doimiy ravishda idish E33 ga berib turiladi va bug yordamida buglatib turiladi. Idish E33 da doim sath olchanib turiladi, maksimal sath 900 mm va 200 mm, agar sath 1500 mmdan ortib ketsa, avtomatik ravishda signal beriladi. Buglatilgan ammiak kontakt apparatiga berilishidan oldin dagal va mayin filtrlarda tozalanib,agar daz holidagi uzellar ichida buzilishi bolsa, ammiakni uztish darhol toxtatiladi.
Ammiak va havo kontakt apparatining yuqori qismida aralashtiriladi. Aralashma portlash muhitiga yaqin bolganligi uchun ham yuqori qismida aralashtiriladi. Aralashma tarkibidagi ammiak miqdori 9,6 10,5% dan ortmasligi kerak. Hosil bolgan ammiak havo aralashmasi qurilmani katalizator qismiga otishdan oldin qurilma ichki qismida joylashgan filtrdan mayin tozalanadi.
Filtrlarda tozalangan aralashma tarkibidagi moy miqdori 0,5 mg/nm3 dan ortmasligi kerak.
Tozalangan ammiak havo aralashmasi, azot vodorod bilan qizdirilgan platinali katalizator torlarida oksidlanish natijasida harorat 850 880oC gacha kotariladi. Qurilmadagi bosim 0,25 0,37 MPa bolishini avtomatik ravishda boshqarish kerak.
Hosil bolgan nitroza gazlari qaozon – utilizatorlarida bosim 4,4 4,6 MPa suv sathi avtomatik tarzda rostlab turiladi, 1,2 LJRe 102 va 1,21KreAS 103 tomonidan boshqariladi.
440 450oC haroratli nitroza gazlari ekanamayzrda sovutiladi, keyingi bosqichlarda ham nitroza gazlarining harorati, bosimi sathi avtomatik ravishda boshqariladi.
40 50oC haroratgacha tushirilgan nitroza gazlari absorbsion kolonnasidan pastki qismiga beriladi.
Absorbsiyaga kelayotgan nitroza gazlari induktiv sarf olchagichidan otib, qurilmaga keladi. Agar gaz sarfi kopayib ketsa, EyuK kopayadi. Bu signalga aylantirilib, rostlash blokiga otkaziladi.
U yerda komanda hosil bolib, rostlovchi klapanni ijro etuvchi mexanizm holatini ozgartirish uchun normallashgan havo bosimi yuboriladi. Gaz absorberda tozalanib chiqib ketadi. Absorbent apparatining kub qismida yigilib, nasos (3) yordamida sovutgich (4) orqali absorberning tepa qismidan beriladi. Absorberning kub qismining sathi elektromagnit sath olchagichi yordamida sathning holati haqida signal rostlash blokiga uzatiladi. U yerda tegishli komanda pnevmo signal sifatida rostlash klapiniga berilib, klaoin yordamida sathning holati tiklanadi. Masalan: klapin bir oz yopilgandan keyin absorbent sarfi kamayadi. Bu haqidagi komanda quyidagi amalni bajaradi, yani absorbent harorati kamayadi. Natijada sovutgichdan chiqishidagi termopara shunga yarasha signal hosil qiladi. Bu signal rostlash blokiga berilib, u yerdan sovutuvchi agent sarfini signali hosil bo’ladi. Absorbent konsentartsiyasi me’yoriga yetganda, bu haqidagi signalni avtomatik рН metr datchigi qabul qiladi. Elektr signal QJ o’zgargichiga beriladi. U yerdan priborga uzatilib, bu haqidagi signal ham beriladi. Natijada avtomatik rostlashning keyingi bosqichi, yani absorberning tubidan chiqa boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |