2.2 Ritorik so’roq gaplar
So‘roq gap, odatda, so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to‘g‘rida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi; lekin uning so‘roq bildirmaydigan, javob talab qilmaydigan ko‘rinishlari ham bor. Masalan: “Karima xolani to‘yga toshkentdan tez chaqirish kerak. Nima qilamiz?”— dedi chol. Kattalarning suhbatini jim tinglab o‘tirgan turg‘un, cholning nevarasi, birdan gapirib yubor- di: “telegraf-chi?!” (ikkinchi misoldagi “telegrafchi? Gapi so‘roq yo‘li bilan taajjub, ta’kid, uqtirish, xabar bildiradi: “telegraf bor-ku!” degan ma’noda). Bunday ko‘rinishlar ham aslida javob talab qiladigan so‘roq gapdan kelib chiqadi. So‘roq-darak gap o‘z ichki xarakteri bilan darak gapga to‘g‘ri keladi; bundan tashqari, u xabarni darak gapdagiga nisbatan kuchli ravishda, qat’iy tusda bayon qiladi. So‘roq tusiga ega bo‘lgan (tashqi tomondan), lekin so‘roq bildirmaydigan, demak, javob talab qilmaydigan bunday gaplar, odatda, asosiy holatga emotsionallik hodisasini qo‘shadi: qat’iy tusda ifodalangan hukm+emotsional moment. Masalan: Bizdan baxtli bormi, yoronlar?! (A. M.) Bu gap “dunyoda bizdan baxtli odam yo‘q, biz eng baxtli odammiz” degan mazmunni emotsionallik bilan, kuchli ravishda ifodalaydi. Bunday so‘roq ritorik so‘roq deyiladi. Ritorik so‘roq va javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! (A. Q.) Ritorik so‘roq gapda kesim ko‘pincha bo‘lishsiz formada bo‘ladi, lekin tasdiqni bildiradi. (Buni kim bilmaydi?!—“hamma biladi”); bo‘lishli formada bo‘lganda, inkorni bildiradi (yutuqlarimizni kim inkor qila oladi?— “hech kim inkor qila olmaydi”). Demak, ritorik so‘roqda kesim tasdiq yo inkor kategoriyasi jihatidan bu formaning aksini bildiradi.
So‘roq, odatda, inkor ma’nosining elementlariga ega bo‘ladi.4 Yuqoridagi xususiyatlari jihatidan so‘roq gaplar shunday yirik gruppalarga bo‘linadi: 1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qayerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda intonatsiya ko‘rsatadi. 2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir. Masalan: Bolani sevmaydigan odam bormi? (“yo‘q”) ertalab gimnastika qilmay bo‘ladimi? (“bo‘lmaydi”) ritorik so‘roq gapda: a) yashirin javob, uning konkret mazmuni shu gapning o‘zidan bilinib turadi. (Bolani kim sevmaydi?!—“hamma sevadi”); b) ba’zan shu tasdiq eslatiladi, lekin uning konkret mazmuni yana bir gap keltirish bilan ochiladi. Masalan: Men senga nima degan edim?! “Majlisga kechikma!”— degan edim-ku! 3. So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan buyurish ottenkasini ham beradi. Masalan: Majlisga tezroq bormaysizmi?! (“tezroq boring!”) So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik-ohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). Masalan: Men bilmayman: ular nima haqda so‘zlashayotirlar.—Men ularning nima haqda so‘zlashayotganligini bilmayman. Umuman, qo‘shma gapning sostavida qo‘llangan so‘roq gap o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. So‘roq gap quyidagicha tuziladi: 1. So‘roqni bildiradigan elementlar (-mi, -ni, -a va b.) Yordami bilan tuziladi. Bu elementlar gapga so‘roq tusini beradi. Masalan: O‘tar edi tor uyda ko‘pi. Shu bo‘larmi qiz uchun odat? (H. O.) Sen o‘zingni baxtli dedingmi? Ona, sen ham odam eding- mi? (H. O.) Sen ketyapsanmi? Majlischi? Sen sanobar opaning o‘g‘lisan-a? (H. O.) Bu elementlar so‘roqni qanday anglatishi jihatidan bir xil emas. Masalan, chi elementa bilan tuzilgan so‘roq gaplar ko‘pincha taajjub ottenkasiga ega bo‘ladi. A(-ya), -da, -ku yuklamalari qo‘llanganda, taajjub yoki taxmin, ta’kid ottenkasi bo‘ladi. Bunday tipdagi so‘roq gaplarda -mi yuklamasining qo‘llanishi ba’zi xususiyatlarga ega: a) bu yuklamani olgan bo‘lak doim so‘roq ob’ektini — mazmun jihatidan birinchi o‘rinda bo‘lgan narsani anglata bermaydi. Ba’zan so‘roq boshqa elementda -mi yuklamasini olmagan so‘zda bo‘lib, bu narsa logik urg‘u orqali bildiriladi. Masalan: Sen kinoga borasanmi? (borishbormaslik so‘raladi).— Sen kinoga borasanmi? (borish o‘rni so‘raladi); b) uyushiq bo‘laklarda -mi yuklamasi ba’zan birgina elementga qo‘shilib, hammasiga umumiy bo‘ladi (odatda, har bir bo‘lak bilan takrorlanib keladi). Bunday qo‘llanish bir butunlik tashkil qilgan birikmalarda, frazeologik birikmalarda, she’rlarda uchraydi. Masalan: Oq terakmi, ko‘k terak? Bizdan sizga kim kerak? (bolalar o‘yinida aytiladi). Juftmi-toq (o‘yinning nomi). Keyingi holda -mi elementi so‘roq ma’nosidan uzoqlashgan. 2.So‘roq bildiradigan mustaqil so‘roq so‘zlar (kim, nima, qaysi, qayerda kabi so‘roq olmoshlari) bilan tuzilishi mumkin (kim, nima kabi olmoshlar qo‘shma gap sostavida nisbiy olmosh bo‘lib kelganda, odatda, so‘roq ma’nosini ifodalamaydi). Masalan: Nima uchun u buncha toshqin? Bu daryoning yaratgani kim? Uni buncha ajoyib etgan qaysi dono, qandayin hakim? (H. O.)
Bu tipdagi so‘roq gaplar o‘z xususiyatiga ko‘ra, avvalgi tipdan (so‘roq yuklamalari bilan tuzilgan turdan) ancha farq qiladi: -mi elementi yordami bilan ifodalanadigan so‘roq tasdiq yoki inkor talab qiluvchi so‘roqdir (masalan, ha yoki yo‘q), so‘roq anglatuvchi mustaqil so‘z yordami bilan ifodalanadigan so‘roq esa shaxs, predmet yo belgini aniqlashga xizmat etadigan javobni — shu so‘roqda javob bo‘ladigan so‘zni talab qiluvchi so‘roqdir. Demak, so‘roq gapning xarakteri ikki xil: 1) bu xildagi gap so‘roq olmoshi yordami bilan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha so‘zga — so‘roqda javob talab qilinadi; bu gapning maqsadi suhbatdoshni o‘z fikrini aytishga qistash — yo‘llash, ma’lum bo‘lmagan biror narsani, xabarni bildirishdir (javob, odatda, darak gap bilan beriladi). Bunday gaplarda so‘roq, odatda, bir so‘zda bo‘ladi (Kim bordi?—Karim); 2) so‘roq olmoshi yordamisiz tuzilgan bo‘lsa, suhbatdoshdan tasdiq yoki inkor talab qilinadi: so‘roq gapning maqsadi faktni aniqlash, shuni bilishdir. Bunday gaplarda so‘roq, odatda, butun gapda bo‘ladi (bugun kinoga boramizmi?—ha, boramiz. Bugun kelasanmi?—yo‘q, kelmayman). Bunday gapning javobi, odatda, ha yoki yo‘q so‘zidan tuzilgan darak gap bo‘ladi, lekin ba’zan bundan keyin yana boshqa so‘z keltiriladi. Bu keyingi so‘z so‘roq ma’nosining asosiy kuchi qaysi elementda bo‘lishiga qarab qo‘llanadi; bu so‘z bilan o‘sha ma’no tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Demak, keyingi so‘z o‘sha ha yoki yo‘q. So‘zining ma’nosini yana ham konkretlashtirishga, ta’kidlashga xizmat qiladi, o‘shanga mos ravishda qo‘llanadi. Masalan: 1.— kecha teatrga bordingmi?— ha, bordim. 2.— kecha teatrga bordingizmi?— ha, teatrga. 3.— teatrga kecha bordingmi?—ha, kecha bordim. 4.— bugun kinoga boramizmi?—yo‘q, bormaymiz. 5.— bugun kinoga boramizmi?— yo‘q, kinoga emas (teatrga). 6.— kinoga bugun boramizmi?—yo‘q, bugun emas (ertaga). 7.— bugun bormaysanmi?— ha, bormayman. 8.— kecha bormadingmi?—yo‘q, bordim. Misollar ko‘rsatadiki, ha yoki yo‘q elementining va undan keyingi so‘zning qanday formada kelishi, ularning bu jihatdan o‘zaro munosabati ma’lum qonuniyatga ega: tasdiq+tasdiq (asosiy so‘roq elementi bo‘lishli formada kelganda), inkor + inkor (bu ham), tasdid+inkor (asosiy so‘roq elementi bo‘lishsizlik bilan bog‘langanda), inkor+tasdid (bu dam). Lekin bunday konstruksiyalarda ba’zan ha so‘zining o‘rniga yo‘q so‘zi kelishi hollari dam uchraydi (asosiy so‘roq elementi bo‘lishsizlik bilan bog‘langanda). Masalan:— bormaysanmi?— yo‘q, bormayman (chog‘ishtirish: 1,— ha, bormayman. 2.— yo‘q,, boraman). Bu hodisa analogiya — o‘xshashlik yo‘li bilan kelib chiqqan. Bu tipdagi gaplar- ning javobi har vaqt ha yoki yo‘q so‘zi bilan ifodalanishi shart emas: ba’zan gapga teng keyingi so‘zning o‘zigina qo‘llanishi ham mumkin. Masalan — bugun borasanmi?— bormayman.
Bunday ifodalanishlarning turli shartlari va ko‘rinishlari bor. 3. Ko‘rsatilgan vositalar (so‘roq elementlari, so‘roq olmoshlari) bo‘lmaganda, gapning bu turi so‘roq intonatsiyasining o‘zi bilangina tuziladi. Bunday gaplarda, so‘roqni o‘z ustiga olgan so‘zning ko‘tarilgan ohangga ega bo‘lishidan tashqari, butun gap so‘roq tusiga kiradi. Masalan: U yigitni turtib uyg‘otdi: “yer qimirlayapti!”—“yer qimirlayapti?”— uyquli ko‘zlarini ishqalab hayajon bilan so‘radi yigit. So‘roq gapni bunday yo‘l bilan tuzishning, bunday turni qo‘llashning ham maxsus o‘rni bor. So‘roq gapning bu turi, odatda, biror kutilmagan xabar eshitilganda, taajjubni ifodalash uchun xizmat qiladi, o‘sha xabarni anglatgan darak gapni takrorlash va intonatsiya orqali uni so‘roqqa aylantirish bilan hosil bo‘ladi. Bu yo‘l bilan tasdiq yo inkor talab qiladigan so‘roq gap hosil bo‘ladi. Bunda intonatsiya so‘roq yuklamasining funksiyasini bajaradi. Lekin so‘roq olmoshining o‘rnini, odatda, bu bilan qoplab bo‘lmaydi. Intonatsiya so‘roq- ning umumiy vositasi bo‘lib, u butun gapning tusini belgilaydi. So‘roq intonatsiyasi so‘roq gapning hamma turida bor, lekin uning roli har xil: 1) so‘roqni ifodalovchi boshqa vositalar (leksik- grammatik vositalar) bo‘lmaganda, intonatsiya bosh rolda bo‘ladi; 2) boshqa vositalar ishtirok etganda, uning roli avvalgiga nisbatan kuchsizlanadi.5 So‘roq gap olmoshli bo‘lganda (bu olmosh, odatda, logik urg‘uli bo‘ladi) so‘roq intonatsiyasi shu olmoshda boshqa bo‘laklardagiga nisbatan kuchli — baland bo‘ladi. Intonatsiyaning rolini aniqlash uchun yana quyidagi misolni chog‘ishtiring: u bormadimi? Gapi (so‘roq gap) intonatsiyani o‘zgartirish bilan “u borgan, bu — aniq” degan mazmunni ifodalay oladi. So‘roqni gapdagi qaysi so‘z o‘z ustiga olishiga qarab gapning umumiy intonatsiyasi ham o‘zgaradi. Sening ukang milliy rassomchilik va dizayn institutiga kirgan darak gapini intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga aylantiraylik. Unda so‘roqning qaysi so‘zda bo‘lishiga qarab, intonatsiyaning har xil bo‘lishi ochiq ko‘rinadi: so‘roq intonatsiyanining yolg‘iz o‘zi bilan belgilanganda, ohangning o‘zgarishi aniq seziladi: 1. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn istitutiga bultur kirgan? 2. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan? 3. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan? 4. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan? 5. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan? 6. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan? Bu gapning kesimiga -mi elementini qo‘shsak, unda so‘roqning Dastlabki to‘rt so‘zdan biriga tushishi uchun, odatda, elementlarning tartibini o‘zgartirish lozim bo‘ladi (bu haqda “gap bo‘laklarining tartibi” bahsida so‘zlanadi). So‘roqning intonatsiya yordami bilan ifodalanishiga ko‘pincha so‘roq yuklamasi bilan tuzilgan so‘roq gapning boshqa yo‘l bilan (ayrim ottenka bilan) berilishini ko‘rsatadi. Mustaqil so‘roq so‘zlarning ma’nosini, odatda, yolg‘iz intonatsiya bilan ifodalab bo‘lmaydi: so‘roq olmoshi shunga mazmuni mos keladigan so‘zni— javobni talab qiladi:— kim keldi? Student.— Qayoqqa ketdi?—Institutga. Lekin bormadingiz?
Tipidagi so‘roq gaplarda intonatsiyaning roli ayrimdir (ottenka boshqacha). Grammatik vositalar ishlatilmay, intonatsiyaning o‘zi bilan tuzilgan so‘roq gapni har vaqt -mi elementi yordami bilan tuzilgan so‘roq gapga almashtirib bo‘lmaydi: so‘roq gapning ba’zi turlarida -mi elementini qo‘llab bo‘lmaydi. So‘roq intonatsiyaning o‘zi bilan bildiriladigan gaplarda: 1) ba’zan so‘roqni bildiradigan so‘z aytilmaydi, lekin gap intonatsiya yordami bilan so‘roq gap bo‘la beradi. Misollar:— otingiz? (otingiz nima?)—ahvolingiz? (ahvolingiz qalay?)—bola-chaqa? (bola-chaqa qalay?); 2) ba’zan kesimi buyruq mayli formasidagi fe’l bilan ifodalangan buyruq gap (bunday gapning ham mazmun ottenkalari ko‘p) intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga o‘tadi. Masalan: ...yo‘l bo‘lsin? Aniqki, bu o‘rinda so‘roq intonatsiyasi -mi yuklamasining funksiyasini bajarmaydi. So‘roq gaplarda logik urg‘uli bo‘lak ba’zan ega-kesim tartibining o‘zgarishini talab qiladi. Chog‘ishtiring:— bu nima?— nima bu? Demak, so‘roqning turli ottenkalarini ifodalashda so‘z tartibining ham roli bor, logik urg‘u tartib bilan ham bog‘liqdir. So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi (U shunday kitoblar olgan edi? Gapini aytib ko‘ring). Buyruq gaplar Buyruq gap tinglovchini biror narsaga — biror ishni bajarishga buyurish, qistash mazmunini, shu bilan bog‘langan boshqa ma’nolarni ham ifodalaydi. Bu mazmunning turli ko‘rinishlari bor (do‘q, qat’iy buyruq, iltimos, yalinish, nasihat, taqiqlash, ogohlantirish, ruxsat, chaqirish, taklif, tilak-istak va boshqalar). Shunga qarab, buyruq gap o‘z ichida har xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
1. Sof buyruqni bildiradi (Tez bor!).
2. Ba’zan shu ishni bajarishga undash, qistash ottenkasiga ham ega bo‘ladi (tezroq olsang-chi!).
3. Ba’zan bu mazmun iltimos yo‘li bilan beriladi (menga so‘z bering).
4. Buyruq maslahat tariqasida bo‘lishi mumkin (yaxshisi, bugun kutubxonaga bor).
5. Bunday gap so‘zlovchining istagini, tilak-maqsadini anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi-dehqon birligi! Bugun bir muzeyga boray.
6. Ba’zan chaqirish-undash ottenkasi bilan bog‘lanadi (fan cho‘qqilari tomon olg‘a!) va b. Bu turlar so‘zlashuv nutqida intonatsion jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Intonatsiya o‘sha gaplarning ichki turini, har xil ottenkalarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega: har bir ko‘rinishning, ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor. Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari: 1. Gapning bu turi buyruq intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu intonatsiya darak gapnikiga nisbatan kuchli bo‘ladi. Keskin buyruq, do‘q bildiradigan gaplarda intonatsiya ayniqsa kuchli — yuqori bo‘ladi: buyruqni ifodalaydigan bo‘lak kuchli aytiladi. Buyruq gapning mazmunidagi har xillikka qarab, uning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun quyidagi gaplarning intonatsiyasini solishtiring: “Biqin zolim boylar! Maydonga chiq, ishchilar! Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on! (H. H.) Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (M.) Nomimni tilingga olma, e olchoq! (G‘.G‘.) Paxta tersang, toza ter! Chanog‘ida qolmasin! (ashuladan.) O‘ltirishga bir hikoyat aylayin. O‘rtoq lenin ishin so‘zman boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston. (H.O.) Opa, shu hikoya kitobini menga bering. («erkatoylar orasida» ocherkidan.)”6 Iltimos, yalinish, maslahat, ruxsat etish, istak-orzu kabi ma’nolar bilan bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har xilliklarni ko‘rsatish vositasi bo‘ladi: ber! (buyruq).— ber (iltimos, maslahat, yalinish). Bunday ottenkalarni ifodalashda ba’zan ayrim yuk- lamalar ham qatnashadi. Misollar: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga musht ko‘tarib ko‘r-chi! 2. Bu tipdagi gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxsi formasidagi fe’ldan bo‘ladi. Misollar: Ayting, nega meni onam tug‘madikan ilgari, million-million ko‘ngillilar, partizanlar singari. (G‘.G‘.) Fanlar o‘lkasidan oshing dovonlar. (O.) Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.) Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak-qat’iylik (birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi ma’nolar ifodalanadi. Misollar: Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.) Kesim buyruq maylining uchinchi shaxs formasidagi fe’ldan bo‘lganda, ikkinchi shaxs orqali aytilgan buyruq yoki istak mazmuni ifodalanadi. Misollar: U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontirdingiz, umringiz uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.) 3.Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim majhul nisbatda bo‘lganda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi (chog‘ishtiring: borsin, kelsin kabi xollarda ikkinchi shaxs orqali uchinchi shaxsga qaratilgan buyruq ma’nosi kelib chiqadi. Ba’zan bu ham ikkinchi shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin! Bu forma ayrim stilistik talab bilan ikkinchi shaxsga qaratilishi ham mumkin. Misol: Sobirjon, nega qarab turibsiz? Muzikani boshlash haqida komanda berilsin. 4.Bunday gaplarning kesimi ba’zan shart mayli formasida bo‘ladi. Misollar: Shu kunlarda bir yomg‘ir yog‘sa (yog‘sa edi). Majlis ertaga qoldirilsa (qoldirilsa, edi). Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini anglatadi va darak gapga yaqin intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu tip shartli ravishda buyruq gapga kiritiladi. 5.Aniqlik maylidagi yaqin o‘tgan zamon fe’li ba’zan intonatsiya yordami bilan buyruq gap hosil qilishi mumkin. Misollar: Qani, ketdik! Qani, ishga tushdik! 6.Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’ldan bo‘ladi, shunga ko‘ra bu gap undov intonatsiyasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Anglashiladiki, buyruq gaplarning kesimi vazifasidagi fe’l buyruq mayli formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi. 7. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan: Hoy, tezroq yuringlar! Kolxozchilar, g‘alabangiz muborak! Kel, shu kampirning so‘zini ham eshitaylik. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir. 8.Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gap intonaqiya yordami bilangina tuziladi. Bunday vaqtda intonatsiya orqali shu gap ikkinchi shaxsga nisbatan buyruq ma’nosini ifodalaydi. Misollar: Qo‘ng‘iroqni chalish kerak! (qo‘ng‘iroqni chaling!) Maktabga! (maktabga yig‘ilingiz!) Olg‘a! (olg‘a bosingiz!) Bolg‘a! (bolg‘ani bering!) Qattiqroq! Qattiqroq! (qattiqroq gapiring!) Ko‘rinadiki, buyruq gapning bu turlari to‘liqsiz gap bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi. Xulosa o‘rinida shuni aytish mumkinki, ritorik so‘roqda javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi.
XULOSA
“O‘zbek tilida ritorik so‘roq gaplar va ularning lingvistik xususiyatlari” tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Ma’lumki,tilshunoslikda gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi
1. Darak gaplar 2. So‘roq gaplar 3. Buyruq gaplar 4. Undov gaplar So‘roq gaplar quyidagi yirik guruhlarga bo‘linadi: 1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qaerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda ohang ko‘rsatadi. 2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. 3.So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan bu- yurish ottenkasini ham beradi. So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatikohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi. So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada ta’sirchan ifodalaydi, asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. Dialogik nutqda esa so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar ritorik gaplardan o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar. Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub kabi ma’nolar ifodalanib, dialogik nutqda qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ular orqali muallif o‘zi yaratayotgan obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga erishadi, bu esa asarning o‘qimishli bo‘lishiga, asarning badiiy - estetik qimmatini oshirishga xizmat qiladi. She’riy matnlardan olingan namunlarni tahlil qilish asnosida shunday xulosa qilish mumkinki, ularda ta’sirchanlikni oshiruvchi, lirik qahramon tuyg‘ularini ifodalovchi vositalardan biri bu ritorik so‘roq gaplardir. Ular she’riy manlarda turli ma’nolarni, xususan yashirin inkor, tasdiq, taajjub, g‘azab, gumon, ta’kid kabilarni turli leksik birliklar: olmosh, yuklama, tinish belgilari orqali ifodalab keladi. Shuningdek, ritorik gaplarning qo‘llanilishi shoir mahoratidan va she’rning mukammalligidan darak beradi. Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gaplardan ustalik bilan foydalanib kelmoqdalar.
Bizga ma’lumki, she’riyatda qahramon odatda bitta, ikkita yoki uchta bo‘lishi mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz she’rlarda faqat shu lirik qahramon mavjud bo‘ladi va butun she’rda uning ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, boshidan o‘tkazgan voqea-hodisalari oniy lahzada aks etgan qalb kechinmalari sifatida qog‘ozga to‘kiladi. Bu o‘rinda u she’riy matnda aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. Lirik qahramon o‘z ichki meni bilan gaplashganligi sababli ham unda savoljavoblar bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bu ritorik so‘roq gaplar orqali yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, lirik qahramon, she’riy matn ichida o‘z yoriga, sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. Ularga ham savollar beradi, ammo ularning javobini o‘zi bilib turadi. Shu bois ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |