1.2 Nasriy matnda ritorik so ‘roq gaplar
Ritorik so‘roq gaplar, oldingi bobda ko‘rib o‘tganimizdek, sof lingvistik hodisa sifatida so‘roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi hisoblanadi. Ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘amxo‘rlik, g‘azab, gumon, kuchli hayajon kabi ma’nolarni o‘zida mujassam etadi. Uning bu xususiyatidan badiiy adabiyotda yozuvchi va shoirlar mahorat bilan foydalanadilar. Bu orqali ular badiiy asarning (xoh u nazmiy, xoh nasriy asar bo‘lsin) estetik qiymatini oshirish, badiiy ta’sirchanligini oshirish kabi vazifalarni bajarishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. O‘zbek badiiy matnida ritorik so‘roq gaplar qo‘llanmagan birorta namunani topish amri mahol. Bu, ayniqsa, she’riy matnlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo nasriy matnlar ham bundan mustasno emas. Hikoya, qissa, roman kabi nasriy asar turlarida ritorik so‘roq gapning turli ma’nolari qo‘llanilib, asar qahramonining holati, xarakteri kabilarni yanada aniq ifodalash uchun foydalaniladi.10 Quyida o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega adiblarning asarlaridagi ritorik so‘roq gaplardan ba’zilarini tahlilga tortamiz. -Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!11 Bu misol Abdulla Qahhorning mashhur “O‘g‘ri” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda ho‘kizini yo‘qotgan Qobil boboning uni so‘rab ellikboshiga borgani va ular o‘rtasidagi dialogdan parchadir. Berilgan parchadagi birinchi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. Bu yerda ellikboshi Qobil boboga yo‘qolgan ho‘kizni amaldorlar o‘zlari topib uyingga olib borishi kerakmi degan savolni bermoqda. Ma’lumki, ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, ularning javobi ichida bo‘ladi.
Yuqoridagi gapda ham ho‘kizing hech qachon uyingga eltib berilmaydi, buning uchun o‘zing harakat qilishing darkor degan mazmun mujassam. Ritorik so‘roq gapning bu mazmunini undan keyin kelgan gaplar yanada aniqlashtiradi. Badiiy matnlarda, umuman, nutqning barcha ko‘rinishida ritorik so‘roq gaplardan oldin yoki keyin uning mazmun-mohiyatini aniqlashtiruvchi gaplar mavjud bo‘ladi. Bu qoida badiiy matnlarda ham amal qiladi. Turobjonning boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi. — O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! — O‘ynashim olib kelgan edi! Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, so‘ngra o‘rnidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; o‘zini obrezning oldida ko‘rdi.12 Bu konteksda “O‘tgan bozor kuni egan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?!” Gapi ritorik so‘roq gap hisoblanadi. Bu gap orqali bozor kuni yegan anoringni men olib kelgandim degan mazmunni uqish mumkin. Ma’lumki, Qahhorning “Anor” hikoyasida qo‘li kalta, oilasini zo‘rg‘a tebratadigan Turobjon va uning ayoli anor mevasiga boshqorong‘i bo‘lish voqeasi tasvirlangan. Homilador ayol bu mevani har kuni yegisi keladi, lekin u qimmatligi sababli buning iloji yo‘q. Ikki-uch kun yoki bir hafta oldin olib kelingan va tanovul qilingan anor u uchun hech narsa bo‘lmaydi. Mana shu jarayonning natijasi sifatida yuqoridagi dialog vujudga kelgan va Turobjon o‘tgan bozor kuni anor olib kelganligini aynan ritorik so‘roq gap orqali bildirgan. Bunday gaplarni og‘zaki nutqimizsa ham juda ko‘p uchratamiz. Bunday vaziyatlarda gap egasi o‘zi qilgan ishni aytish, eslatish, pisanda qilish ma’nosida oddiy so‘roq yoki darak gaplardan emas, aynan ritorik so‘roq gaplardan foydalanadi. Bu orqali esa tinglovchiga ta’sir qilish maqadi amalga oshadi. Bu sukunatni yetmish yoshlardagi bir chol buzdi. U, mulla Norqo‘ziga qo‘lini paxsa qilib dedi: — Sadqai odam keting-e, ayb emasmi?! Xotin qilish qo‘lingizdan kelmasa taloq qiling! Qo‘ying-e, ko‘chib keting mahalladan, yo biz ko‘chib ketamiz!..
Bu misol Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasidan olingan bo‘lib, uning syujeti ko‘pchilika yaxshi tanish. Konteksdagi ayb emasmi?! Gapi ritorik so‘roq gap bo‘lib, bu ayb degan ma’noni bildirmoqda. Ya’ni sof so‘roq gap emas. Bu gapda inkor orqali yashirin tasdiqqa ishora mavjud. Yuqorida tahlil qilishga uringan hikoyalarimizdagi ritorik so‘roq gaplar asosan dialogik nutqda keng qo‘llangan bo‘lsa, ba’zi nasriy asarlarda ular monologik nutq tarkibida faol ishtirok etadi. Bunday gaplar orqali muallif yoki asar bosh qahramoning o‘y-kechinmalari, o‘z-o‘ziga bergan savol va javoblari aks etadi. Bunday gaplar ayniqsa, o‘ziga xos yo‘nalishda ijod qiladigan Nazar Eshonqul asarlarida ko‘p uchraydi. Balki, mana shu sabab bog‘ bilan Samandarni bir-biriga yaqin qilib qo‘ygandir?! Bog‘ ham Samandarning nazarida unga o‘rganib qolganday edi. Uch yildan beri u bilan suhbatlashar va Samandar o‘zi engil tortgani sayin bog‘ ham tashlandiqligini unutayapti, menga dardlarini aytib berayapti deb o‘ylardi“Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasidan olingan parchada aynan monologik nutqdagi ritorik so‘roq gapga misol mavjud. Bu o‘rinda asar qahramoni o‘ziga o‘zi javobi ichida bo‘lgan savol berib, fikrlamoqda. Uning mazmunini keying gaplar bevosita to‘ldirib kelmoqda. Bu ritorik so‘roq gapning ostida ham yashirin tasdiq mavjud. Sukunatni yana otaning tovushi buzdi. - Hech narsa deyolmaysan! Qaysi yuz bilan gapirasan?! Sendaylardan tug‘ilmaslaringdan oldin voz kechish kerak edi. Lekin, afsus, sizlar tug‘ildilaring, unib-o‘sdilaring, so‘ng unib-o‘sgan yerlaringga tupurdilaring, unib-o‘stirgan odamlarni ....dilaring. Yana ko‘kraklaringga mushtlab “xalqparvarmiz, ... parvarmiz”deb da'vo qildilaring.
Bu misolda esa ritorik so‘roq gap orqali yashirin inkor ma’nosi anglashilmoqda, ya’ni “endi gapira olmaysan” ma’nosi aynan ritorik gap vositaida berilmoqda. - men-chi, men charchamadimmi? - cholning tovushi zorlanib chiqdi. - menga osonmi?!Bu misolda esa “men ham charchadim, menga ham oson emas” ham yashirin tasdiq, ham yashirin inkor ma’nolari berilmoqda. Ritorik so‘roq gapning bunday mazmunni ifodalashi quyidagi misollarda ham kuzatiladi. Muhabbat chuqur xo‘rsindi: Kuyi shunday bo‘lsa g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan odamzot?! bu misol “Choli iroq” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda Abdulla Oripovning “Munojot” she’ridagi ritorik gap shunday qahramon nutqiga olib o‘tilgan. Bu gapda ham taajjub, kuchli hayajon yashiringanini bilishimiz mumkin. Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? –dedi Rustam. bu gap esa ham g‘azab, ham tasdiq ma’nosidagi men o‘lik ilonni ko‘rganman degan mazmunni ifodalamoqda. Polvon bo‘g‘ilibroq kuldi. O‘zining ne alfozda kelayotganini o‘yladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, bo‘yning musht tusharini kutgandek. Uyat, uyat ne kunlarga qo‘yding, xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, xatcha? Ko‘rgan birov nima deb o‘ylaydi, enag‘ar xatcha?! Yer bilan bitta qilding-ku!.. bu misollar esa Murod Muhammad Do‘stning “Dasht-u dalalarda” hikoyasidan olingan parcha bo‘lib, unda hikoya qahramoni Polvon yolg‘izlik azobida o‘zi bilan muloqotga kirishgan va ritorik so‘roq gaplardan foydalanish uning ruhiyatini yanada jonliroq tasvirlash, to‘liqroq ochib berish uchun xizmat qilgan. O‘qish shart emas. Darrov esingga tushdi. O‘zing mug‘ombirlik qilyapsan. Otasini o‘ldirgan, g‘am-anduhga to‘ldirgan kim ekan?! Biz emasmi?! Sen bu Yerda bizni nazarda tutmayapsanmi?
Quyidagi misolda esa ritotik so‘roq gapning kuchli hayajonni ifodalagini kuzatishimiz mumkin. Esingdami, ota? Yo tushmidi bu? Men, o‘sha mishiqi qizaloq bularning barini tush ko‘rganmidim?! O‘sha aravalar tushmidi, ota?! - bilmadim, qizim, bular mening esimda yo‘q... Hoynahoy sen tush ko‘rgan bo‘lsang kerak...20 Siz esa bo‘shliqni to‘ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?! Men bu so‘zni ishlatmaym qo‘yganimga ham qirq yildan oshib ketdi. Bu so‘z shunchalik serjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam ko‘nglim ayniydi. Ehtimol, bu surat buzilgan va yovuzlashgan dunyodan men kabi bir mazmun, bir ma’no izlab o‘tgan odamning samarasiz umr haqidagi o‘kinchlaridir? Ehtimol, umr qal’asining buzilgan devorlari ichra tutab yotgan yurakning alamnok dudlaridir?! Kim biladi, shunday ham bo‘lishi mumkin-ku! Qochib qayga boraman? Qayga boray?! Butun shahar uning nafsi bilan to‘lgan bo‘lsa, butun dunyo uning oyog‘i ostida yotgan bo‘lsa?! Qani najot?! Agar u bor bo‘lsa keltiring nahotki, qalbim ham uning asiriga aylangan bo‘lsa?! Qayda qoldi mening yostiqdoshim- osudalik?! Qayda qoldi, yo‘ldoshim va rafig‘imxayol?! Qayda qoldi, kamarim-erkim?! Kim meni bunchalik dag‘allashtirdi?! Kim menga bu tutqunlik to‘nini kiydirdi?! 21 Quyidagi misolda esa ritorik so‘roq gapning kim so‘roq olmoshi vositasida hosil qilingan eng yaxshi namunasini ko‘rishimiz mumkin. — Nima qilamiz buyoqdan yurib? — Ovul bor, qatiq ichamiz. Qatiq... Qatiqdan kim yuz o‘giradi? Bu gapda qahramon o‘z o‘ziga qatiqdan hech kim yuz o‘girmaydi degan inkor gapni ritorik so‘roq gap orqali ifodalagan. Onani kim sevmaydi, vatanni kim sevmaydi kabi bunday gaplar ritorik gapning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Bunday gaplar aslida onani, vatanni hamma sevadi degan ma’nolarni kuchaytirib aytish uchun shakllantiriladi. Oxiri Habibning ham achchig‘i chiqib ketdi: «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Shu olma bilan biz o‘g‘ri bo‘lib qoldikmi? Odamlar yesin deb ekishgan-da! Qorovuli bo‘lsaki... Ah!» Ushbu berilgan parchada esa : «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Ritorik so‘roq gapi berilgan o‘lib, u orqali muallif besh o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qolmaydi degan teskari ma’no mujassam. Men quloq solmadim. Piyoda yurib, eshagimni haydab ketdim. Dovonga chiqib oldim. O‘zimga endi juda alam qildi: «chiqib oldim-ku? O‘lmadim-ku? — deb o‘yladim. — nega chidamadim? Nega hech kimdan so‘ramasdan olingan olmani og‘zimga soldim. Chidash mumkin ekan-ku? Bu parchada esa asar qahramoni o‘ziga o‘zi ritorik gap orqali murojatt qilganini ko‘rishimiz mumkin. — Mana, Toshkent — poytaxtimiz! — dedim. — u yerda yuz xil millat yashaydi.Biz—o‘zbek-ku?! — Xo‘sh? — dedi chol bosh ko‘tarmay. — A, bizni quchoq ochib kutib oladi! — deb xitob qildim. Shunday deyishim kerak-da: bo‘lmasam Toshkentdan joy olish osonmi? Berilgan kontekstda oxirgi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. U -mi so‘roq yuklamasi orqali hosil qilingan bo‘lib, Toshkentdan joy olish oson emas degan ma’noni anglatmoqda. — Keldingmi yana? — dedi. — E, shu hovlining tagiga o‘t qo‘yib yuboraman! — dedim. — shusiz kunim o‘tmaydimi?22 Bu misolda esa shusiz ham kunim o‘tadi degan fikr, yashirin tasdiq ifodalangan. Yozuvchi Tog‘ay Murod ijodi ham o‘ziga xos va betakror. Uning asarlari tilining xalq tiliga yaqinligi, so‘zlashuv uslubining saqlanib qolinganligi ulardan ritorik gaplarga misollarni istagancha toppish mumkin. Quyida uning asarlaridan olingan parchalardagi gaplarni tahlilga tortamiz. — Shu, Bakirboyning Samarqandda o‘qiyotgan jonibek uli kelgan. Yaxshi olishi bor-da. O‘tgan yili kelganda sariosiyoni mom qilib edi. — Uning kelganini ko‘pchilik bilmaydi-ya? Ma’qul. Ayt, tom ustiga chiqib, o‘zini yashirib o‘tirsin. —Hay. Bu parchada uning kelganini hech kim bilmaydi-ya ritorik so‘roq gap orqali javobi ham ichida tasdiq ma’no mujassamlashgan. — Ha, momoqizning oldiga, ha! — dedi. — senga shu gap kerakmidi? — E, bor, menga desa, oyog‘iga yiqil! Bu misolda esa senga shu gap kerakmidi? Ritorik gapi orqali g‘azab ma’nosi berilgan. Chunki unda qahramon holati yaqqol aks etib turibdi. — Bo‘ri, borma! — Nega hukm qilasan? Nima, hosilotmisan?! — Bo‘ri, meni jo‘ram desang bormaysan. Nima, hosilotmisan?! So‘rog‘i orqali ham jahl-g‘azab, ham yashirin inkor ma’nosi berilgan. Chunki bu gapdan hosilot emassan degan mazmunni uqish mumkin. Men oshnamga ishonib edim, jonivor. U ishonchimni oyoqosti qildi. Qiyomatli oshnangdan shu ish kelgandan keyin o‘zgalardan nima umidu nima xayr? Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda! Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor? Bu kontekstda esa ritorik gap orqali taajjub ma’nosi berilgan. Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda! Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor? Tog‘ay Murod ijodida bunday misollar ko‘plab uchraydi. Chunki uning qahramonlari monologik nutqqa ega bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan vaziyatlar tasviri ko‘p. Shunday holatlarni tasvirlashda yozuvchi ritorik gaplardan unumli foydalanadi. Quyidagi parcha ham ayni shu fikrimizga dalil bo‘la oladi: Ushlagan barmoqlarim bo‘shashib ketyapti. Oyog‘imda darmon yo‘q. O‘pkam og‘zimga tiqilib qolyapti... Bu qanday ko‘rgilik bo‘ldi, otaginam? Yo... Qaridim-mi-a?.. — Bo‘ri polvon! — dedi. — enangni qozi... Dodingni kimga aytasan, deydi! Yurt so‘raydigan raisi shul bo‘lgach, fuqaro dodini kimga aytadi?! Brigadiriga aytadi-da! — Hech bo‘lmasa ishton kiygizib qo‘yaylik, insonniyam shuncha xo‘rlaydimi? — dedi odamlar. — U inson emas! Ol, qo‘lingni! — dedi mirob. Bo‘ri polvon o‘zi so‘rayin, dedi. Ammo so‘rashga tili bormadi, nima deb so‘raydi? “bizning onamiz qabriga siz marmar sag‘ana qo‘ydingizmi?”— deydimi? Marmar toshtaxtalarni qo‘porib-qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Marmar sag‘anani ilib-ilib otmoqchi bo‘ldi. Yo, alhazar! Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Qabrni buzib bo‘ladimi? Berilgan bu misolda esa yashirin inkor, taajjub, kuchli hayajon ma’nolari umumlashgan ritorik gaplar keltirilgan. Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi?
Ritorik so‘roq gapi orqali unga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi mazmuni, qabrni buzib bo‘ladimi? Ritorik so‘roq gapi vositasida esa qabrni buzib bo‘lmaydi, bu katta gunoh degan qo‘shimcha ma’noni ham anglash mumkin bo‘ladi. Bir ritorik gap orqali umumlashma ma’nolarni anglatish Tog‘ay Murod ijodining yana bir qirrasini, uning ona tilimiz imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish mahorati yuksak degan xulosa qilish mumkin. Quyida ham uning ritorik gaplarning turli ma’nolarini ifodalab tuzgan dialoglaridan namunalar berilgan. Ularda ham so‘roq ganing bu turi o‘ziga xos vazifani, asar ta’sir kuchini oshirish, qahramon niyatini yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko‘rish mumkin. Bo‘ri polvon qo‘ynidan ro‘znoma bo‘laklarini olib, stolga qo‘ydi. —Raykom aytdi deb, birovning qora kunini dunyoga do‘mbira qilib chala berar ekan-da? — dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |