Mundarija kirish 3 I bob. Badiiy matnda ritorik so‘roq gaplar 7


She’riy matnda ritorik so‘roq gaplar



Download 352,81 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2022
Hajmi352,81 Kb.
#688859
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dili jinni

2.1. She’riy matnda ritorik so‘roq gaplar
Ma’lumki, odatiy so‘roq gaplar o‘ziga nisbatan tasdiq yoki inkor ma’nodagi javobni talab qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik: Savol. Nima uchun kecha bazmga kelmadingiz? Javob. Kecha juda charchagan edim, uyda qolishni afzal bildim. Savol. Ismingizni ma’nosini bilasizmi? Javob. Qiziqib ko‘rmaganman, ammo bilishni judayam xohlayman. Yuqoridagi gaplardan ma’lumki, birinchi kishi savolni ikkinchi kishining javobini olish uchun beryapti. Bunday gaplarni o‘ziga nisbatan javob talab qiladigan oddiy so‘roq gaplar deyishimiz mumkin. Ammo shunday so‘roq gaplar ham borki, ular o‘ziga nisbatan javobni talab qilmaydi, balki javobi ham ichida bo‘ladi. Shu bilan birga ularda oddiy so‘roq ma’nosi emas, tasdiq, inkor, hayrat, ajablanish, qiziqish, ishonchsizlik, kesatiq kabi ma’nolar ustunlik qiladi. Og‘zaki nutqimizda, badiiy matnlarda bu turdagi, ya’ni ritorik so‘roq gaplardan juda unumli foydalaniladi. So‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi: 1.Sof so‘roq gaplar 2.Ritorik so‘roq gaplar Ritorik so‘roq gaplaar yashirin tasdqi, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘amxo‘rlik, g‘azab va gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin. Bu vatanda nimalar yo‘q- tasdiq O‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga- inkor Bu nimasi? -tajjaub Meni tashlab ketmaysanmi?! - tashvish Maqsad nima, maqsad?- g‘azab Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? -gumon Tokaygacha ezilamiz, ota?! - kuchli hayajon Ritorik so‘roq gaplar oxirida ba’zan so‘roq belgisining o‘zi, ba’zan so‘roq va undov belgilari barobar qo‘yiladi. Dunyoda onadan ulug‘ zot bormi?!
Bunday o‘rinda albatta, birinchi so‘roq keyin esa undov belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar badiiy asarlarda emotsional ta’sirchanlikni oshirish, og‘zaki nutqda hayajon vaa tuyg‘ularni ifodalash uchun ham faol qo‘llanildi. Yuqoridagi misollarda ritorik so‘roq gapni hosil qiluvchi vositalar tarkibida nahotki, kim, ehtimol kabi leksik birliklarning faol qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Chunki ritorik so‘roq gaplarda nahot, nainki, nahotki kabi yuklamalar, kim olmoshi kabi birliklarning ahamiyati katta bo‘lib, u holatda ham so‘roq javobi aniq bo‘lib turadi. Shu sababli ham bu vositalar ritorik gaplarda faol qo‘llanadi. Odatda, so‘roq gaplar tinglovchidan javob talab etadi. Ritorik so‘roq gaplarda esa javob talab etilmaydi, chunki so‘roqning o‘zi ko‘pincha tasdiq ma’nosini ham ifodalaydi, javobi o‘zidan ma’lum bo‘lib turadi. Bunday gaplarda ohang katta ahamiyatga ega bo‘ladi: Hunarni asrabon netkumdur oxir? Olib tufroqqamu ketkumdur oxir? (Navoiy. “Farhod va Shirin”) Bu baytda “hunarni asramayman” “uni tuproqqa olib ketmayman” degan ma’no anglashiladi. Ritorik so‘roq usuli she’riy asarlarda juda keng qo‘llangan bo‘lib, kitobxon shu so‘roqning o‘zidan javobini ham topadi: Qizning o‘zi yigit bilan til biriktirib, O‘zi xohlab qochgan bo‘lsa, xo‘sh, kimda gunoh?
Endi ayting insof bilan, Mirzo Ulug‘bek, Nechuk bo‘lmay bobongizga o‘zim da’vogar?
Shu baloni daf etgali, qiblayi olam, Yuqoridan farmoyishni kutmoqlik shartmi? Bu ritorik so‘roqli baytlarning birinchisidan “hech kimda gunoh yo‘q”, ikkinchisida esa “o‘zim da’vogar bo‘laman” va uchinchisidan “yuqoridan farmoyishnii kutmoqlik shart emas” kabi javoblar anglashiladi. Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan foydalanib kelmoqdalar. Quyida ayrim she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil qilishga urinamiz.
Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik?!
Bu misolda berilgan ritorik gap orqali ta’sirchanlik, yashirin tasdiq ma’nolari mujassam.
Men olmani irg‘itvorsam, U dod soldi: Tashlab ketar ekan meni Nega oldi?!
Bu misolda esa nega oldi ritorik so‘roq gapi yuqoridagi gaplarning mantiqiy davomi sifatida kelib, meni tashlab ketar ekan olmasligi kerak edi degan yashirin inkor, shu bilan birga kuchli hayajonni, g‘azabni ifodalab kelgan. She’riy matnlarda ritorik so‘roq gapning bir nechta ma’nolari bitta gap takibida umumlashib kelishi odatiy hol, norma hisoblanadi. Chunki nasriy matnlardan ko‘ra she’riy matn qisqa satrlarda ko‘proq ma’no berishi kerak. Bu o‘rinda esa eng katta yutuqlardan biri ritorik so‘roq gaplar zimmasiga tushadi. Yana bir misolga e’tiborimizni qaratamiz.
Oftob elib to‘lsa ko‘k uzra,
Unga osmon sandig‘i hujra.
Haqdan hukm, bandadan ijro,
Xudo bilar, kim oldin ketar?!
Bu misolda yuqorida aytib o‘tganinmiz kim so‘roq olmoshi yordamida ritorik so‘roq gap hosil qilingan.
Xudo bilar, kim oldin ketar?! Bu ritorik so‘roq gap orqali yashirin tasdiq va inkor ma’nolari mujassamlashgan. Ya’ni “kim oldin bu dunyodan ketishini xudo biladi, undan boshqa hech kim bilamaydi” degan ma’nolar mavjudligini uqish mumkin. Bu gap orqali muallif ikkinchi bir kishga savol berayotgani yo‘q va shu asnoda uning javobini ham talab qilmayapti. Bu o‘zo‘ziga aytilgan, javobi talab qilinmaydigan so‘roqdir. Chunki uning javobi bilan birga qo‘shimcha ma’nolari ham o‘z ichidadir.
Yuzlaringni ko‘rgandayman qaydadir,
Qo‘l ushlashib yurgandayman qaydadir,
Neki qilsang, axir bir kun qaytadir,
Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!.
Bu misolda berilgan gap Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!. Gapi xuddi oddiy so‘roq gapga o‘xshaydi. Chunki unda kimdandir savol so‘rab javobi kutayotgandek ayt so‘zi ham qo‘shilgan. Bu so‘z o‘quvchini, she’rxonni biroz chalg‘itishi mumkin. Ammo bu gap ham ritorik so‘roq gapning bir turi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, she’riyatda qahramon odatda bitta, ikkita yoki uchta bo‘lishi mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz she’rlarda faqat shu lirik qahramon mavjud bo‘ladi va butun she’rda uning ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, boshidan o‘tkazgan voqea-hodisalari oniy lahzada aks etgan qalb kechinmalari sifatida qog‘ozga to‘kiladi.
Bu o‘rinda u she’riy matnda aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. Lirik qahramon o‘z ichki meni bilan gaplashganligi sababli ham unda savol javoblar bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bu ritorik so‘roq gaplar orqali yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, lirik qahramon, she’riy matn ichida o‘z yoriga, sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. Ularga ham savollar beradi, ammo ularning javobini o‘zi bilib turadi. Shu bois ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar. Yuqoridagi misolda ham xuddi shu holni kuzatish mumkin. Aldagan men emasman degan yashirin inkor ma’nosi ritorik gap orqali o‘z aksini topgan. Sevimli va mahoratli shoirimiz Muhammad Yusufning ijod namunalarini kuzatar ekanmiz, uning so‘roq gapning bu turidan, ya’ni ritorik gaplardan deyarli har bir she’rida o‘rnida foydalanganini ko‘ramiz. Uning ijod namunalari xalq qalbiga birdan quyilib qolishiga, tez yodda qolishiga va kuchli ta’sirga ega ekanligi balki shundandir. Chunki ritorik gaplarning asosiy vazifasi tinglovchiga emotsional-ekspressiv ta’sir qilishdan iboratdir. Bu orqali esa tilning ta’sir qilish funksiyasi bajariladi. She’riyatda esa qalb kechinmaari va pand-nasihatlar ana shu vosita orqali berilib, uning qiymati yanada oshadi. Quyidagi misolga diqqat qilamiz.
Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan,
Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan.
O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar — johillar,
Hatto, payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so‘zingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!.
Berilgan banddagi birinchi gap ritorik so‘roq hisoblanadi. Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan gapi shaklan inkor ma’nosini bildirmoqda, unda ritorik gapning belgilaridan bo‘lgan tinish belgisi ham yo‘q. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari mavjud. She’riyat qoidalariga ko‘ra, muallif tinish belgilarini qo‘llashi yoki qo‘llamasligi ham mumkin. Bunday holatda ham mazmunan u so‘roqmi, oddiy so‘roq gapmi yoki buyruq, ritorik gapmi yoki darak ekanligi matn mazmunidan anglashilaveradi. Bu misol ham xuddi shunday. Ya’ni undagi inkor aslida yashirin tasdiq ma’nosiga ega. “hammaning paymonasi to‘ladi” degan ma’no ritorik so‘roq gap ortidagi implitsit tasdqiqdir. E’tibor bersak, ritorik so‘roq gap tarkibida keladigan kim so‘roq olmoshi tasdiq yoki inkor ma’nosiga aylantirilganda hamma, hech kim kabi boshqa belgilash olmoshlari bilan almashadi. Buni ham ritorik gaplarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida baholashimiz mumkin. Yuqoridagi bandning oxirgi gapi ham ritorik so‘roq gapga misoldir. Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. Gapida “qizingiz hech qaysi o‘g‘ildam kam emas” degan mazmun va kuchli hayajon ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin.
Tinchlik — shudir mening eng tansiq so‘zim,
Ovutib yashayman o‘zimni-ku, o‘zim,
Ko‘zimga javdirar bir yashar qizim...
Yigirmanchi asr, bu qanday gap axir?!

Ritorik so‘roq gapning bu turida muallif yigirmanchi asrga nisbatan kuchli hayajon va g‘azab bilan murojaat qilmoqda. Bu ma’nolarni oldingi misralarda keltirilgan fikrlardan osongina ilg‘ab olish mumkin. Bizning bo‘ston qayda bor, Shohimardon qayda bor, So‘lim surxon qayda bor? Samarqandnon qayda bor-a, O‘zbekiston qayda bor?!. Bu band esa to‘lig‘icha ritorik so‘roq gaplardan tashkil topgan. Agar bu she’riy parchani oddiy nasriy gaplarga aylantirsak, quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: Bizning bo‘ston hech qayerda yo‘q, Shohimardon hech qayerda yo‘q, So‘lim surxon hech qayerda yo‘q, Samarqand non ham hech qayerda yo‘q, O‘zbekiston ham hech qayerda yo‘q. Yuqorida kim so‘roq olmoshi ritorik so‘roq gapda faol qo‘llanilishini va u hamma, hech kim kabi belgilash olmoshlariga ishora qilishini aytgandik. Bu baytda esa qayerda olmoshining qisqargan shakli qayda so‘zi qo‘llangan va bu leksik vosita ham ritorik so‘roq gapni shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi. U esa bevosita hech qayer so‘ziga ishora qiladi va ritorik gap bu olmosh bilan yasalgan payti yashirin inkor ma’nosini anglatadi. Shoir bu she’rida ayni shu vositani qo‘llash orqali juda chiroyli matn yarata olganligini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, tilning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ijodkorning mahorati va bilimi, dunyoqarashidan darak bersa, ikkinchi tomondan uning ijod namunalarini xalq uchun, kitobxon uchun manzur bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ritorik gaplar ham tilimiz ma’no nozikliklarini o‘zida aks ettirishi va oddiy darak yoki so‘roq gaplardan ta’sirchanroqligi uchun ham badiiy matnlaarga o‘ziga xos joziba, shu bilan birga ularning qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etadi.


Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!
Sovchilari eshigida zor bo‘lsin —
Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.
Bu banddagi ritorik so‘roq gap Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! gapi bo‘lib, u orqali muallif, bir kuni boshing bolishga botar bo‘lsa, ya’ni kasal bo‘lib qolganingda senga qaraydigan qizlaringdan yaqin birorta kishing yo‘q, ular joningga malham bo‘ladi degan fikrni ifodalagan. Bu ham oddiy gapdan ko‘ra o‘zining ta’sir kuchi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ritorik so‘roq gapda ham kim so‘roq olmoshi asosiy vosita sifatida qo‘llangan. Muhammad Yusuf ijodi xalq tilining bor imkoniyatlarini, o‘zbek tilining barcha go‘zalliklarini o‘zida jamlay olgan, sodda, xalqona ohanglar bilan yo‘g‘rilgan, shuningdek, kuchli falsafiy ma’nolarga egaligi bilan o‘z davrida barchaning diliga birdek kirgan, shu kirish barobaridan yuraklardan chuqur joy egallangan bir xazina hisoblanadi. Tilimizga xos qaysi xususiyatni tahlil qilishga harakat qilsak, albatta, uning ijod namunalari orasidan istagancha misol, tadqiq obyekti topishimiz mumkin. Jumladan, uning har bir she’rida ritorik gaplarning har bir mazmuniga mos keladiganini, ularni rang-barangligini va ma’lum bir vazifani bajarish uchun qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek she’riyatida esa bunday ijodkorlar talaygina. Quyida boshqa ijodkorlar, shoirlar asarlarida uchraydigan ritorik gaplaning ham tahliliga e’tibor qaratamiz.
E voh, yer shuncha qattiq, Osmon shuncha uzoqmi?!
Bu misralar bugungi o‘zbek she’riyatining eng iste’dodli va yirik vakillaridan biri Usmon Azim qalamiga mansub. Bu ritorik so‘roq gap orqali muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy savol gap emas. Uning kuchli hayajonni ifodlayotgan ritorik gap ekanligi esa, misra boshida kelgan e, voh undovi va bayt oxiridagi tinish belgilaridan anglashilmoqda. Ritorik gaplarni hosil qilishda tinish belgilari ahamiyatli bo‘lganidek, undov so‘zlar, olmoshlar va yuklamalarning ham o‘z o‘rni borligi xususida yuqorida fiklarimizni bayon qilgandik. Bu misolda esa olmosh yoki yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi yuklanmoqda. Quyida Erkin Vohidovning hammaga mashhur “Kamtarlik haqida”gi she’ridan olingan parchadagi ritorik gapni aniqlashga va uni tahlil qilishga urinamiz:
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Bu bandning yuqoridagi ikki misrasida berilgan fikrlarga nisbatan keyingi ikki misra javob sifatida ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Ya’ni garchi shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo odamzotga ham kerak emas degan yashirin inkor aynan ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Shoirning bunday ta’sirli, yuksak mahorat bilan yozgan misralari talaygina. Mana yana ulardan biri:
O‘n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog‘ingdan gul termagan kim bor…
Bu gap orqali ham yashirin tasdqi ma’nosi ifodalanganini ko‘rish mumkin. Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz.

Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,


Kim sher yozmas mening yoshimda?
Bu band ham xuddi oldingisi kabi shakllantirilgan bo‘lib, unda ham olmosh, ya’ni kim so‘roq olmoshi vositasida yashirin tasdiqli gap berilgan. Uning impliqit ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: bu ko‘ngil hammani shaydo etadi, mening yoshimda hamma she’r yozadi degan mazmun mujassamlashgan.
Sevgi vodiysida menga, Teng bo‘lolgay qaysi qays?!
Ko‘nglim ochmas, ikki dunyo Bu kabi afsona yo‘q.
Bu bandda esa muallif afsonaviy qays, ya’ni sevgi yo‘lida majnunga aylangan oshiq yigit timsolini qo‘llab, ritorik so‘roq gap hosil qilgan. Ya’ni band mazmuni shuki, sevgi vodiysida menga hech bir qays teng bo‘lolmaydi tarzidagi mazmunni uqish mumkin. Bilamizki, majnun, ya’ni qays sevgi olamida eng mashhur shaxslardan. Undan-da kuchli sevgan bo‘lish, undan-da baland mavqeda ekanligi aytish orqali shoir she’riyatdagi mubolag‘a san’atidan ham mohirona foydalangan. Umuman, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida ham ritorik so‘roq gaplarning xilma-xil mazmunni ifodalagan holda qo‘llangani, bu orqali shoir o‘z tuyg‘u va kechinma, g‘oyalarinini berganligini uning yana ko‘plab ijod namunalari orqali bilishimiz mumkin. Ritorik so‘roq gaplarsiz she’riyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ularsiz she’rning o‘zi bo‘lmaydi. Shu bois ham istalgan ijodkordan bunday misollarni istagancha topishimiz mumkin. Shoir Iqbol Mirzo she’rlari ham ana shunday go‘zal va ta’sirchan namuna-yu misollarga boy hisoblandi.
Quyida shoirning she’rlaridan olingan parchalardagi ritorik so‘roq gaplarni tahliliga e’tibor qilamiz, ularning mazmuni chaqishga urinamiz. Shoirning mashhur “Yolg‘iz” she’ridan olingan mana bu parchada ham ritorik gap mavjud:
Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...

Bu bandda biz ajratib ko‘rsatganimiz- men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Gapi ritorik so‘roq gap hisoblanib, unda ta’kidlash ma’nosi mavjud. Ya’ni lirik qahraon qaytib kelmasligini ta’kidlash uchun tushunyapsanmi shakildagi so‘roq gapdan foydalangan.


To‘y buzishga yetarmidi jur’atim?
Un tortgani tegirmonga jo‘nadim.
Tuguniga sig‘magandir suratim…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Yuqoridagi bandda esa birinchi misradagi gap ritorik so‘roq gap, unda yashirin inkor ma’nosi impliqit tarzda ifodalangan. Bu o‘rinda ritorik so‘roq gapni hosil qilgan vosita –mi so‘roq yuklamasi sanaladi. Bu qo‘shimcha yuklama ham ritorik so‘roq gap hosil qilishda faol ishtirok etuvchi vositalardan biri sanaladi. Aslida oddiy so‘roq gapni yasaganida unga ha yoki yo‘q shaklidagi javob talab qilinadi. Ammo u ritorik gap tarkibida kelar ekan unga bunday javoblar shart emas. Chunki uning javobi o‘z ichidadir. Yuqoidagi gapdan esa to‘y buzishga jur’atim yetmaydi degan ma’noni anglashimiz mumkin.


Ey qaldirg‘och qoshligim,
Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.
Uchta odam bilgan gap
Qanday qilib sir bo‘lsin?

Bu misolda esa uchta odam bilgan gap qanday qilib sir bo‘lsin? Ritorik gapi orqali uchta odam bilgan gap sir bo‘la olmaydi degan mazmun mavjud. Iqbol Mirzo qalamiga mansub quyidagi to‘rtliklarda ham ritorik so‘roq gaplarning go‘zal namunalari qo‘llangan.


Bordir saroy qurganlar,
Bordir davron surganlar.
Bormi bizdek bir tushni
Birgalashib ko‘rganlar?

Binafsha, boychechak, bodrezak Yonida ochilib kulmadi. Bunaqa ko‘klam kimga kerak? Faqat gul kelmadi, kelmadi.


Sen neni bilasan, osmondagi qiz?
Bahorday bildirmay qariydi bu his.
Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz…
Bugun sevgi oddiy ishga aylandi.
Shamol yalab ado qilgan duvolmidik,
Toshloqqa tup qo‘yolmagan niholmidik,
Qorda qolgan qaldirg‘ochdek uvolmidik,
Osmon – yuksak, zamin tuban, pastmi, salim,
Sening darding mening dardimmasmi, salim?

Quyida berilgan ikki misolda esa ritorik so‘roq gaplar nahot, nahotki yuklamalari bilan shakllantirilgan bo‘lib, ularda taajjub ma’nosi ustunlik qiladi.


Bugun seskantirdi, bir sovuq savol,
Tilimni tishladim, tishlarim sindi.
Nahot, yer ustida bizga yo‘q visol,
Nahot, yer ostida ko‘rishsak endi?!
Birinchi bor o‘zimga yoqib qoldi tovushim:
«Ko‘zimga ishonmayman, nahotki o‘zingsan shu?!»

Demak, o‘zbek she’riyati, she’riy matnlari ham tilning, umuman og‘zaki nutqimizning barcha xususyatlarini o‘zida jamlagan bo‘lishi kerak. Chunki har qanday milliy adabiyotning yaratuvchisi, albatta xalq vakili bo‘ladi. Shu boisdan ham u yaratgan ijod namunalarida ma’lum bir tilning barcha boyliklari, imkoniyatlari o‘z aksini topadi. Shunday bo‘lsagina uning yozgan asarlari xoh u nasriy bo‘lsin, xoh nazmiy o‘quvchi, kitobxon qalbiga tezroq yetib boradi va o‘zining o‘quvchisini topadi. Mobodo, buning aksi bo‘lsa, ya’ni badiiy matn faqat oddiy so‘zlashuv uslubidagi matnlardan farq qilmasa unday asar kitobxonni tez zeriktiradi. Shu boisdan yozuvchi, shoirlarimiz estetik ta’sirni kuchaytirish uchun o‘z asarlarida lingvistik vositalarning turli ko‘rinishlarini qo‘llaydilar. Ularning ichida, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi tahlillardan ham ma’lum bo‘ladiki, she’riy matnlarni ritorik gaplarsiz taavvur qilish mumkin emas. Ular o‘zida singdirgan bir necha ma’no orqali, ya’ni qisqa satrlardagi ko‘p mazmunlilik asosida she’riy matnning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Shu sabab ham shoirlar bu lingvistik vositaga qayta-qayta murojaat qilaveradilar.



Download 352,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish