Mundarija kirish 3 bob “sharq” davlat xalqcholg‘ulari kamer



Download 0,91 Mb.
bet2/6
Sana19.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#941027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharq

Kurs ishining maqsadi: "SHarq " orkestiring gastrol safarlari va turli jamoalar bilan ijodiy hamkorlik rishtalari mavzusini yoritib berish.

Kurs ishining vazifalari:


  • “SHarq” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil topishi

  • “SHarq” orkestri o‘zining ijro mahorati.

  • “SHarq” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishi.

  • “SHarq” orkestrining repertuarlari

Kurs ishining obekti: O’zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi "SHarq " orkestiri
Kurs ishining predmeti: "SHarq " orkestiring gastrol safarlari va turli jamoalar bilan ijodiy hamkorlik jarayonlari
Kurs ishining hajmi: kurs ishimiz kirish, asosiy qism: ikki bob, 4 paragref, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB “SHARQ” DAVLAT XALQCHOLG‘ULARI KAMER ORKESTRINING IJODIY FAOLIYATI

    1. “SHarq” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil topishi


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach boshlangan yangi davrda fan va texnika taraqqiyoti, adabiyot va san’at ravnaqi, milliy qadriyatlar rostlanishi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Shu jumladan, musiqa san’ati jabhasida yangidan- yangi ijodiy jamoalarning shakllanishiga muhim zamin hozirlandi. Ana shunday sharoitda, aniqrog‘i, 1991-yilning sentyabr oyida “SHarq” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil topdi.

“Sogdiyona” xalq cholg’ulari kamer orkestri. Dirijyor F.Abdurahimova.


Qadimiy an’analarni qayta tiklab, ularga zamonaviy ruh bag‘ ishlashga intilayotgan, musiqa orqali turli xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga bel bog‘lagan ushbu jamoa qariyb 25 yillik ijodiy faoliyati davomida turli festivallar, ko‘riktanlovlar va anjumanlarda faol ishtirok etib, milliy musiqa san’atining yangi davrdagi rivoji hamda uni jahon uzra keng targ‘ibiga katta ulush qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda ko‘plab Yevropa mamlakatlari xalqlarining o‘zbek milliy


cholg‘ulari, shu asosdagi orkestr ijrochiligi va umuman, musiqa madaniyatimizga nisbatan tobora ortib borayotgan diqqat-e’tiborida “SHarq” jamoasining ham ozmi-ko‘pmi hissasi bor, albatta.
Konsert dasturlarini tuzishda F.Abdurahimova, tinglovchilarning estetik talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, asosiy e’tiborni yigirmadan ortiq turga ega milliy cholg‘ular ijrosidagi kuylarni yorqin tarannum etishga, hamda cholg‘ularning ijro imkoniyati va sozandalarning mavjud mahoratini to‘liq namoyon qilishga qaratadi. Har bir dasturda, odatda, mumtoz milliy kuy va qo‘shiqlar bilan bir qatorda zamonaviy kompozitorlarning asarlari hamda jahon klassik musiqasi durdonalari alohida o‘rin egallaydi. Binobarin, o‘z repertuari va ijro uslubiga ega, ayni paytda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda zamon bilan hamnafas odimlayotgan orkestr jamoasi haqli ravishda keng jamoatchilik va san’at ahlining xurmatiga sazovor bo‘lmoqda.
“SHarq” jamoasi bilan doimiy ijodiy muloqotda bo‘lgan kompozitorlar
– Farhod Alimov, Mustafo Bafoyev, Habibullo Rah-mov, Avaz Mansurov, Muhammadjon Otajonov, Dilorom Saydaminova, Dmitriy Yanov-Yanovskiy va Akrom Hoshimovlar orkestrning ijrochilik imkoniyatlarini keng yoritib beruvchi maxsus asarlarni yaratdilar. Hozirgi kunda orkestr repertuaridagi 500 dan ziyod musiqiy asarlar asosini o‘zbek an’anaviy musiqasi, Sharq xalqlarining kuy va qo‘shiqlari, shuningdek O‘zbekiston va jahon kompozitorlarining asarlari tashkil etadi.
1993-yili orkеstrning Sankt-Pеtеrburgga qilgan ijodiy safari jamoa uchun muhim sinovlardan biri bo‘ldi. Jumladan, O‘zbеkiston tasviriy san’ati ustalari ko‘rgazmasi doirasida orkеstr uchta konsеrt bеrdi. Birinchi konsеrt Rossiya rassomlar uyushmasi Sankt-Pеtеrburg bo‘limidagi ko‘rgazmalar zalida, ikkinchi konsеrt - Sankt-Pеtеrburg konsеrvatoriyasining kichik zalida, uchinchi konsеrt - mahalliy o‘z-o‘zini himoya qilish organi Munitsipal madaniyat saroyida namoyish etildi.
Orkеstr va uning jo‘rnavozligida ishtirok etgan yakkaxon va
yakkanavozlarning mahorati kеng tinglovchilar ommasini o‘ziga rom etdi. Did bilan
tuzilgan dasturdan joy olgan an’anaviy musiqa hamda O‘zbеkiston kompozitorlari ijodidan namunalar, shuningdеk Bax, Sarasatе, Falo, Gavrilin kabi ijodkor mualliflarning asarlarini jamoa katta muvaffaqiyat bilan ijro etdi.
1995-yilning noyabr oyi “SHarq” orkestrining ijodiy faoliyatida unutilmas sanalardan biri bo‘lib qoldi. Chunki shu kuni jamoa O‘zbekiston Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar Milliy assotsiatsiyasi zalida BMTning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsertda munosib qatnashdi. Do‘stlik uyida yig‘ilgan ijodiy uyushmalarning vakillari va jurnalistlarni “SHarq” orkestri o‘z konsert dasturi bilan bir necha daqiqa bo‘lsada Sharq musiqa va poeziyasining qadimiy va zamonaviy dunyosidan bohabar etish baxtiga musharraf bo‘ldi.
1999-yili “SHarq” jamoasining yangi konsert mavsumining ochilishiga tayyorlangan dasturini tinglagan Toshkentdagi Gyote instituti rahbari Elizabet Lottaro xonim o‘z dil so‘zlarini quyidagicha ifodalaydi: “Men ijrochilarning yuqori professional mahoratidan hayratdaman, “SHarq” dasturini birinchi marta tinglashim emas, lekin bugun yangi asarlari bilan tanishdim. Bu o‘ziga xos ajoyib jamoa, ularning ijodiy diapazoni juda keng, ijrochilari esa ham yoqimtoy, ham tinglovchilar bilan osongina jonli muloqot olib borish mahoratiga ega. Men har safar orkestr konsertidan olam-olam estetik zavq olaman va rohatlanaman”.1
F.Abdurahimova tashabbusi bilan 2001-yilning 10-15 may kunlari “Toshkent bahori - 2001” nomli I-Xalqaro milliy cholg‘ular ansambli va orkestrlarining festivali bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanning o‘tkazilishi pirovardida “SHarq” jamoasining xalqaro obro‘-e’tibori yanada ortdi. Ushbu ajoyib festival Zarafshon- Nyumont qo‘shma korxonasi, “O‘zbeksanoat” Korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fransiya, Indoneziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston elchixonalari, Tatariston vakolatxonasi hamda O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi yordamida o‘tkazildi. “Anklung” (Indoneziya), Tattimbet nomidagi qozoq xalq cholg‘ulari akademik orkestri (Qozog‘iston), Qirg‘iziston respublikasida xizmat ko‘rsatgan jamoa, “Karamoldo Orozov” nomli xalq cholg‘ulari akademik





1 Elizabet Lottaro xonimning F.Abdurahimovaga yo‘llagan maktubidan. 1999 y.
orkestri ishtirok etdi. Konsertlarda nafaqat mutaxassislar, balki keng tinglovchilar ommasi ham hozirgi zamon cholg‘u madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga muyassar bo‘lishdi.
“SHarq” jamoasining 1999-yilning 24-martida “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tgan “Vesenniy xorovod” nomli konsertini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Dasturda yangragan Avaz Mansurovning “Yangra, doyra jarangla!” uvertyurasi, Ilyos Rahimovning “Sabo” hamda o‘zbek, eron va arab xalq kuylari ushbu konsertning qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda esa turli mamlakat kompozitorlarining qayta ishlagan asarlari ijro etildi. I.Baxning “Hazil”, V.Montining “Chardash”, Dj.Rossinining “Tarantella” va S.Djoplinning “Regtaym” asarlari ayniqsa yoqimli va yorqin jarangladi.
Jamoa 1998, 2000, 2002-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro simfonik musiqa festivallari doirasida o‘tkazilgan chiqishlari orqali anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar qalbini o‘z san’ati va ajoyib mahorati bilan rom eta oldi. Nazira Tursunova va Nodir Ibrohimovlar ijrosida yangragan N.Norxo‘jayevning rubob prima va o‘zbek xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan “Navro‘z uforisi” dueti hamda M.Bafoyevning “Buxorocha konsert” asarlari tomoshabinlarda katta taasurot qoldirdi.
“SHarq” orkestri o‘zining ijro mahoratini 2003-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Davr sadolari” festivalida yorqin namoyon etdi. 2006-yili “SHarq” orkestri “Kuz navolari” nomli musiqiy festival doirasida konsert dasturi bilan qatnashdi. Jamoaning chiqishi 24-noyabrda Hamza nomidagi musiqa kolleji (hozirda-V.Uspenskiy nomidagi RIMAL) ning katta konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Konsertda yakkanavoz sifatida turk sozandasi Xasan Niyazi Ture, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipova va Alisher Navoiy nomidagi opera va balet davlat Akademik katta teatrining yetakchi xonandasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shukur G‘ofurovlar ishtirok etdilar.

    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish