Applikatsiya mashg‘uloti mavzusi “Savatdagi sabzavotlar – baqlajon, lavlagi, turp” (qog‘ozni yirtish va bo‘rttirish usuli).
CHiroyli so‘zana (kvilling).
Samodagi raketa (bo‘rttirish usuli)
Tovuq va jo‘jalar (kvilling usulida kichik guruhda ishlash)
Gullagan o‘rik daraxti (gul qog‘ozdan).
Mehribon onajonim uchun sovg‘a (ixtiyoriy).
Ko‘za (simmetrik usulda).
Mening mashinam (bo‘rttirish yo‘li bilan).
O‘tloqdagi qo‘zichoq (kvilling usulida kichik guruhda ishlash)
UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go‘zallikka, san’atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni «ular hali anglab eta olmaydilar, Bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlari hali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi.
SHunday qilib, maktabgacha ta’lim yosh davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’r o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojlantirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |