Mundarija kirish 3-7


Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 1,07 Mb.
bet2/19
Sana31.12.2021
Hajmi1,07 Mb.
#198974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
diplom ishi -2

Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTMsida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim- tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2707 qaroridaMaktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish” belgilangan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolalar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borlikni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularni g‘oyaviy aqliy-ahloqiy estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko`rsatadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko‘rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan san’atni har bir turi narsaning o‘ziga qarab chizish dekorativ rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish, san’ati haqida suhbati bolalar ijodiy qobiliyatini o‘sishi dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya bu bolalarning hayotdagi , tabiatidagi, san’atdagi fan va jamiyatdagi go‘zalliklarini idrok etish qobiliyatini

tarbiyalashdir. Go`zallik kishilarning aqliga, qalbiga idrokiga ta’sir etib ma’naviy dunyoqarashni boyitadi. Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishgagina emas, balki ularni go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan ko‘rish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilish va tushuna bilish shart. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go‘zallikni shakllarni turli tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch , hayajon baxsh etgan tabiat go`zalliklar suz bilan tasvirlab bo`lmas, rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘zlariga qarab rasm chizish ularni o‘ziga xos xususiyatlarni urganish orqali mashg‘ulotlar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko`ra olishga shuningdek ko‘rish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, proporsiyalari fazojagi xolatlari, rangli va och-to‘qli nisbatlari diqqat bilan o‘rganadilar. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning ko‘rish orqali milliy g‘oyalarni idrokini o‘stiradi. Ko‘z orqali milliy g‘oyalarni idrok etishni o‘stiradi. Ko‘z orqali idrok etishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofik kuzatish qobiliyatlarini tushunamiz, ya’ni narsa va xodisalarni solishtirish, ularning farki va umumiy tomonlarini Aniqlash, narsalarni shakli va tashki ko`rinishi klassifikatsiyalashni anglaymiz.

So‘nggi paytlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda, odamlarning tashqaridan olayotga har qanday ma’lumotlarning xayotida ko‘zning roli beqiyos katta ekanligini ko‘rsatib turibdi va u ko‘zning imkoniyatlar, qobiliyatlarini rivojlantirishda tasviriy san’ati predmeti ancha ustun turadi. SHu nukai nazardan qaraganda tasviriy san’atning kishilar hayotiga roli yanada oydinlashadi. SHunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarida jumladan o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarda tasviriy san’atni o`qitish orqali qator-ta’lim va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jarayoni uz

o`rnida bolalarni umumlashtiradi va chuqurlashtiradi. SHular asosida bolalarda milliy dunyoqarash shakllantiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’atni o‘qitish realistik rasm chizish o‘rganish odamlarga qanday imkoniyatlar yaratilishini atroflicha ko`rsatish maqsad qilib qo`yadi. Tarbiyachi suhbat jarayonida rasm chiza bilish har qanday ishda, mutaxassislikda qo`l kelishini tushuntirib beradi. Buni u xayotdan olingan misollar asosida olimlar va qahramonlar, madaniyat arboblarining fikrlari bayon qilinadi.

Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi.

Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim sohasidagi isloxotlardan birini tashkil etadi. Davr talabiga mos barkamol avlodni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilaridan katta mas’uliyat talab kilmoqda. Bu hakda birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: "Biz o‘z haq-xuquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarida voqea- hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, xar jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak."

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir.

Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruxida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalaniladi. Ular xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ikkita bola tarbiyachi tavsiya etgan yoki o‘zlari

mustaqil tanlagan umumiy mavzuni birgalikda bir qog‘oz sahifasida chizadilar. Butun gurux bolalari bitta umumiy applikatsiyani masalan, «Kuzgi zarang»ni yaratishlari mumkin. Ularga turli rangdagi — sariq, qizil, to‘q sariq, yashil rangdagi qog‘oz beriladi. Har bir bola tarbiyachi o‘ziga bergan qog‘ozdan zarang bargini qirqadi, so‘ngra barglar bir daraxtga yopishtiriladi. «Poezd», «SHahar ko‘chasi», «Bolalar bayramda raqs tushishyapti» va shu kabi jamoa kompozitsiyalar ham qiziqarlidir.

Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yirik formatli applikatsiyalarni ham bajara oladilar. Bu odatda biror bayramga atab qilinadi va undan zal yoki gurux xonasini bezashda foydalaniladi.



Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko‘nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o‘z vataniga mehr, samimiylik, his-tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish