TAVSIYALAR
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarni badiiy ijodga qiziqtirish uchun tabiatga sayohat, san’at muzeylariga, qadimiy obidalarga ekskursiyalarga olib chiqish lozim.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari uchun mahalliy materiallar, turmushda qullanaliladigan buyumlar, O‘zbekiston rassomlari, kompozitor va arxitektorlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari qiziqarli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruh bolalarini tasviriy faoliyatga o‘rgatishda tarbiyachilar ko‘pincha ko‘rgazmali vositalar va mashg‘ulotlarda har bir bola bilan alohida ishlashsa yaxshi natijaga erishadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyatga qiziqtirish uchun turli o‘yinlardan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |