5 -jadval
Shunday qilib, valyuta kursining aniqlanishi va shakllanishi juda murakkab jarayon bo’lib hisoblanadi. Hech kim valyuta kursining kelgusidagi o’zgarishini aniq qilib aytib bera olmaydi, faqat uni mavjud iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillarni inobatga olgan holda taxmin qilish mumkin xolos. Valyuta kursi har vaqtning o’ziga mos talablaridan kelib chiqqan holda valyuta bozoridagi valyutaga bo’lgan talab va taklif asosida aniqlanadi. Valyuta kursining bozordagi aniqlanish mexanizmini quyidagi rasmda ko’rsatish mumkin:
1-rasm. Valyuta kursining bozordagi aniqlanish mexanizmi
Chizmadaga, D – bozor ishtirokchilari tomonidan talab qilinayotgan xorijiy valyuta miqdorini ko’rsatadi, S – bo’lsa har bir tagdim qilingan narxda bozorga taklif qilingan xorijiy valyuta miqdorini bildiradi.
Xorijiy valyutaga talabni quyidagi omillar natijasi deb qarash mumkin14:
– Tovar va xizmatlar importi uchun zarur bo’lgan xorijiy valyutalar;
– Kapital eksportini amalga oshirish uchun.
Xorijiy valyutalar taklifi bo’lsa:
– Tovar va xizmatlarni eksportidan tushgan valyuta mablag’lari;
– Kapital importidan keladigan valyutalar.
Milliy va jahon bozorlarining tannarx ko’rsatkichlari orasidagi bog’lovchi instrument sifatida amal qilgan holda, valyuta kursi xalqaro iqtisodiy aloqalarda va ishlab chiqarishda alohida o’rin egallaydi. Ishlab chiqaruvchi, tadbirkor valyuta kursi orqaligina o’zini maxsuloti, xizmati tannarxini jahon bozori baholari bilan solishtiradi. Bu – alohida korxonalarning va umuman olganda davlatning amalga oshirgan tashqi iqtisodiy aloqalari natijalarini sarhisob qilishga imkon beradi. Valyuta kursi – import va eksport narxlariga, firmalarni raqobatbardosh- ligiga, hamda ularni daromadlariga ma’lum ma’noda ta’sirini o’tkazadi. Chunki, valyuta kursi o’zgarishi bilan xalqaro aloqalar sub’ekti oladigan daromad miqdori o’zgaradi va buning natijasida uning yalpi ishlab chiqarish natijasiga ta’sir qiladi.
Valyuta kursi pasayishi natijasida eksporterlar ma’lum ma’nodagi qo’shimcha daromadga erishishadi va bu ularni rag’batlantiradi. Valyuta kursi pasayishi evaziga ular tomonidan jahon bozoriga taklif qilinayotgan maxsulot va xizmatlar uchun endi ular oldingiga ko’ra pastroq narx belgilashadi, hamda raqobatda g’olib chiqish imkoniga ega bo’lishadi. Ammo, bu eksporterni ma’lum ma’nodagi qo’shimcha daromadiga, uning o’z davlati material boyliklari yo’qotishi evaziga erishayotganligini esdan chiqarmasligi lozim. Shuningdek, valyuta kursining pasayishi importni qimmatlashuviga olib keladi, hamda iste’molchilar tomonidan milliy iqtisodda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshirib, milliy ishlab chiqarishni rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin. Lekin shuni aytish joizki, milliy valyuta kursining pasayishi tashqi qarz (valyutadagi) yukini oshiradi. Chet ellik investorlar uchun, milliy valyutada olingan daromadlarini, foizlarini, dividendlarini olib chiqib ketishlari foydasiz bo’ladi va ularni bu olgan mablag’larini qayta investitsiya qilishga, yoki milliy ishlab chiqarish maxsulotlarini sotib olishga va keyin eksport qilishga xarakat qilishga undaydi.
Valyuta kursi oshganida esa ichki narx navoning raqobatbordoshligi pasayadi, eksport samaradorligi kamayadi, va bu eksportga yo’naltirilgan sohalarning va oxir oqibatda milliy ishlab chiqarishni qisqarishiga olib kelishi mumkin
Har bir davlat o’z milliy valyutasiga ega bo’ladi, lekin hech bir davlat o’zi alohida chet el davlatlari bilan aloqa qilmasdan, ayniqsa iqtisodiy aloqaga kirishmasdan o’zida mavjud ehtiyojlarni to’la qondira olmaydi. Shu bois ham, har bir davlat o’zida etarli darajadagi oltin–valyuta zaxiralariga ega bo’lishi va milliy valyutasi ayriboshlanadigan bo’lishi talab qilinadi. Valyuta ayriboshlanishini ta’minlashning ikki turi mavjud bo’lib: valyutaning ichki konvertatsiyasi va tashqi konvertatsiyasi ta’minlanishi mumkin, bu ushbu davlatda yuritilayotgan monetar siyosatning tutgan va o’ziga belgilab olgan maqsadidan kelib chiqadi.
Oldin ham keltirganimizdek valyuta kursini: nominal va real kurslari mavjud bo’lib, real valyuta kursi xalqaro moliyada asosiy ochuvchi baho vazifasini o’taydi. Qisqa va uzoq davr oralig’idagi valyuta kursi o’zgarishini keltirib chiqaruvchi ma’lum bir formulani talqin qilish bilan bog’liq olib borilgan o’rganishlarga juda katta e’tibor qaratilgan bo’lsada, aniq bir to’xtamga kelinmagan. Real valyuta kursidagi o’zgarishlarni o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, - deydi XVF ekspertlari Menzi Chin va Luis Jonston, - bu kursdagi o’zgarishlar juda chegaralangan xarakterga ega15.
Valyuta kursini nominal langar (nominal anchor), ya’ni aniq belgilangan mo’ljal sifatida ishlatilishi uning maxsus belgilangan nishon darajasida bo’lishligini ta’minlash uchun olib boriladigan harakatlardan kelib chiqadi. Valyuta kursi bo’yicha aniq belgilangan miqdorni, darajani saqlab turish quyidagi imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi16:
– past inflyatsiya darajasiga erishish va uni ushlab turishga yo’naltirilgan monetar siyosatni takomillashtirish, hamda rivojlantirish imkonini yaratadi;
– monetar siyosatni o’tkazishga zamin yaratadi.
Shuningdek, o’zgarmas qilib belgilangan valyuta kurs bo’yicha erkin ayriboshlanadigan valyutani ishlatilishi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qo’l kelishi mumkin. Lekin, bu alohida olingan davlatlar tomonidan qo’llanilishi ko’zlangan maqsadga keltirmasligi ham mumkin17.
Ko’pgina davlatlar valyuta kursini ichki narx navoning barqarorligini ta’minlashga emas, balki tashqi maqsadlarni ko’zlagan holda ishlatishadi. Bunday maqsadlarga: xalqaro raqobatbardoshlikni yoki oltin–valyuta zaxiralari talab darajasida saqlashni ta’minlash kabilar kiradi. Valyuta kurslarining aniq qat’iy ravishda belgilab qo’yilgan turida erkin suzub yuuruvchi kurslargacha bo’lganlari mavjud bo’lib, ulardan qay birini qo’llash davlatning yurgizayotgan siyosatidan kelib chiqib qo’llaniladi.
O’tish jarayonidagi davlatlarda valyuta ayriboshlanishi bo’yicha nominal langar va tashqi maqsadlarni ko’zlovchi siyosatlarni ikkalasini ham uchratish mumkin. Chunki, har bir davlat o’z rivojlanishi yo’lida rivojlangan davlatlarda qo’llanilgan omillarni o’rgangan holda, o’zlariga mos deb tan olishgan shakllarda qabul qilishadi va shu bois bir davlat tashqi ayriboshlanishni ta’minlash borasida siyosat yuritsa, ikkinchisi ichki ayriboshlanishni ta’minlash borasida siyosat yuritadi. Respublikamizda – milliy valyutamizning ichki ayriboshlanishini ta’minlash borasida siyosat mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq qo’llanila boshlangan.
Davlatning iqtisodiy o’sishiga, strukturaviy o’zgarishlarning tezligiga, davlatning investitsiyaviy iqlimining ijobiy bo’lishiga, aholi yashash darajasiga va boshqa iqtisodiy–ijtimoiy parametrlariga valyuta kursining real bo’lishi o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sirni keng ko’lamdagi tan olinishi uning turli xildagi ta’sirlari doirasidan kelib chiqadi, ya’ni valyuta kursining “kuchi”, nominal kursning real kursga nisbatan past (yuqori) darajasi miqdorini aniqlanishi, real valyuta kursini ko’zlangan miqdorga yaqinlashtira oladigan iqtisodiy siyosatning xarakteri bilan namoyon bo’ladi.
Oxirgi vaqtlarda valyuta kursi bo’yicha juda ko’p muhokama qilinadigan savollar ichida quyidagilarni keltirish mumkin18:
– iqtisodiy o’sishga real valyuta kursi ta’siri;
– strukturaviy o’zgarishlarga real valyuta kursining ta’siri;
– real valyuta kursini miqdorini u yoki bu darajada ushlab turilishiga qiziqishi bor iqtisodiy (ijtimoiy,siyosiy) guruxlarning identifi-katsiyasi;
– real valyuta kursining past (yuqori) qilib belgilanish darajasi;
– milliy valyutaning kelgusidagi real valyuta kursini oshirishni ta’minlash imkoniyatlari;
– real valyuta kursi darajasini oshirishning mos keladigan darajada bo’lishi tezligi;
– valyuta real kursiga – iqtisodiy siyosat richaglari orqali ta’sir qilish mumkinligi (mumkin emasligi) bo’yicha.
Valyuta nominal kursining real kursiga nisbatan yuqori bo’lishi iqtisodiy o’sish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ortiqcha (yuqori) baholangan valyuta kursi darajasini, davlat iqtisodiy o’sish darajasi bilan uning miqdori bahosi o’rtasidagi farq sifatida aniqlash mumkin. Real valyuta kursining yuqori darajada ushlab turilishi iqtisodiy o’sishning sekinlashishiga olib keladi.
Yuqorida keltirganimizdek, valyuta kursiga ta’sir qiluvchi omillar orasida inflyatsiya darajasi asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shu bois, inflyatsiya darajasining pasayishi va valyuta devalvatsiyasining nisbatan past sur’atlarda bo’lishi valyuta almashuv kurslari o’zgarishini kam bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu o’rinda Markaziy bank tomonidan valyuta kursiga ta’sir o’tkazish maqsadida amalga oshiradigan amallariga qisqacha to’xtalsak:
Diskont siyosati – bu markaziy bankning xisobga olish foiz stavkasini o’zgartirgan holda, xalqaro kapitallarning xarakatini yuzaga kelishi orqali valyuta kursini va to’lov balansini tartibga solishga, hamda ikkinchi tomondan ichki pul massasini, kreditlarni, jami talabga ta’sirini tartibga solishga yo’naltirilgandi.
Markaziy bank valyuta siyosatining yana bir shakli – valyuta interventsiyasidir. Valyuta interventsiyasi – bu Markaziy bank tomonidan, milliy valyutaning almashuv kursiga valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishi va sotishi orqali ta’sir o’tkazish maqsadidagi, valyuta bozoriga aralashuvidir. U rasmiy oltin–valyuta zaxiralari, hamda Markaziy bankning qisqa muddatli o’zaro kreditlari evaziga amalga oshiriladi (SVOP).
Markaziy bank tomonidan valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta interventsiyasini, - deb yozadi Tom Nordman, - bozordagi mavjud talab va taklif muvozanatiga, va shuningdek bozor ishtirokchilariga psixologik ta’sir qilishi kabi qarash mumkin.
Davlatning pul–kredit siyosatiga bog’liq holda valyuta interven-tsiyasining ikki xili: “sof – toza” va “iflos (gryaznie)” mavjud. “Sof – toza” interventsiyalar nazariy nuqtai nazardan pul–kredit sohasiga ta’siri bo’lmaydi. Ikkinchi xili esa aksincha o’z ta’sirini o’tkazadi.
Davlat o’zining valyuta kursiga o’z ta’sirini o’zining oltin–valyuta zahiralaridan foydalangan holda amalga oshiradi. Davlatning qanchalik miqdordagi oltin–valyuta zahiralariga ega ekanligi ham juda katta rol o’ynaydi. Shu o’rinda mamlakatimizda yuritilayotgan oqilona valyuta siyosati tufayli respublikamiz oltin–valyuta zaxiralari ham yil sayin ortib kelayotganini quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |