2-jadval
To’g’ri valyuta kotirovkasi9
Mamlakat
|
Savdo qilinayotgan valyuta
|
Kotirovka valyutasi
|
Baho
|
Germaniya
|
USD
|
EUR
|
0,8868
|
Yaponiyada
|
USD
|
JPY
|
108,0
|
Avstraliya
|
USD
|
AUD
|
1,4365
|
Ba’zi valyutalar, asosan Britaniya hamdo’stligi mamlakatlarining valyutalari (Angliya va Irlandiya funtlari yoki Avstraliya dollari) doim savdo qilinayotgan valyuta sifatida maydonga chiqadi. Buyuk Britaniya funt sterlingini valyutalarga nisbatan standart kotirovkalari quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.
3-jadval
Teskari valyuta kotirovkasi10
Mamlakat
|
Savdo qilinayotgan valyuta
|
Kotirovka valyutasi
|
Baho
|
Buyuk Britaniya
|
GBP
|
USD
|
1,2740
|
Buyuk Britaniya
|
GBP
|
EUR
|
1,1234
|
Yaponiya
|
GBP
|
JPY
|
138,25
|
Avstraliya
|
GBP
|
AUD
|
1,8244
|
Milliy valyuta savdo qilinayotgan, xorijiy valyuta esa kotirovka valyutasi bo’lgan xoldagi kotirovka turi teskari kotirovka bo’ladi.
Yuqorida bayon etilganlardan tashqari banklararo savdoda valyutani kotirovka qilayotgan bank odatda valyutani sotib olish va sotish kurslarini e’lon qiladi. Sotib oluvchi kursi “Bid” kursi, sotuvchi kursi esa “Offer” kursi sifatida belgilanadi.
To’g’ri kotirovkada “Bid” sotib oluvchi kursi banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotib olish va milliy valyutani sotish kursi bo’ladi. “Offer” kursi banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotish va milliy valyutani sotib olish kursi hisoblanadi. “Bid” va “Offer” kurslarining farqi sifatidagi miqdor “spred” deb ataladi.
1.3. Valyuta barqarorligini ta’minlashda kurs siyosatidan foydalanishning xorij tajribasi
Ushbu paragrafda valyutani tartibga solishdagi xorijiy tajribani tahlil etish uchun jahon valyuta tizimlarining tarixiy kelib chiqishi va xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi valyuta tizimi 19 asrda sanoat revolyutsiyasidan so’ng tabiy ravishda oltin monemetallizmi asosidagi oltin tanga standarti shaklida shakllangan. Huquqiy nuqtai nazardan u 1867 yildagi Parij konferentsiyasida davlatlararo kelishuv bilan rasmiylashtirilgan. Bunda oltin jahon pullarning yagona shakli deb e’tirof etilgan.
1978 yilning aprelida Yamayka valyuta tizimi rasmiylashtirildi. Bu davrda oltin demonetizatsiyasi o’zining xukukiy yakuniga etgan edi.
Bu tartib, o’z navbatida, to’lov balanslarining tengligini ta’minlashga «issiq» pullarning kutilmagandagi xarakatiga va valyuta chaykovchiligiga chek quyish, ishsizlik muammosini echishda ko’maklashishga qodir emasligini ko’rsatdi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda mamlakatlar suzuvchi valyuta kurslarining tartibga solinuvchi rejimini afzal ko’rib, uni valyuta siyosatining xar xil uslublari bilan qullab-kuvvatlamokdalar.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |