Mundarija kirish 3 1-bob. Valyuta munosabatlari va kurs siyosatining nazariy asoslari 5



Download 1,26 Mb.
bet11/18
Sana23.02.2023
Hajmi1,26 Mb.
#914095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Куср иши -валюта курси Дилмурод

4-rasm. Real effektiv almashuv kursi va sof eksport26




Real va nominal almashuv kursining dinamikasi.

Real samarali almashuv kursi dinamikasi (%).
2018 yil yanvarga nisbatan so‘mning nominal almashuv kursi Rossiya rubliga nisbatan 2,4 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan — 25,3 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, Qozog‘iston tengisiga nisbatan — 0,6 foizga va Turkiya lirasiga nisbatan — 168,1 foizga mustahkamlangan. Ushbu davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha hisoblangan REER — 131,5 foizni va eksport bo‘yicha hisoblangan REER esa — 137,3 foizni tashkil etdi. Bunga asosan O‘zbekiston va savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi narxlar o‘sishi orasidagi farq nominal almashuv kursining qadrsizdanish darajsiga nisbatan yuqoriligi sabab bo‘ladi.
O‘tgan davr mobaynida Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonda inflyatsiya darajasi O‘zbekistondagi inflyatsiya darajasiga nisbatan sezilarli ravishda sekin o‘sgan. Turkiyada esa inflyatsiya darajasi O‘zbekistondagi inflyatsiya darajasidan 50,5 foizga yuqori bo‘lgan. Biroq liraga nisbatan nominal almashuv kursining qariyb 2,7 marta mustahkamlanishi, o‘z navbatida, real almashuv kursining ikki barobardan ko‘proq mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan.



2018 yil yanvaridan beri inflyatsiya ko‘rsatkichlari.
Savdo hamkorlari valyutalarining qadrsizlanishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda
Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki asosiy savdo hamkorlari valyutalarining qadrsizlanishi so‘mning ushbu valyutalarga nisbatan real kursini mustahkamlayotgani haqida xabar bergandi. Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etayotgani aytilgandi.
Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.
Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.
Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, savdo-hamkor davlatlar valyutalari kurslarining sezilarli o‘zgarishi milliy valyuta kursida bir oydan uch oygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘z aksini topadi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o’tkazmalarining asosiy qismi to’g’ri keladigan davlatlar valyutalari nominal qiymatining AQSh dollariga va real qiymatining so’mga nisbatan qadrsizlanishi ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o’tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
Yanvar-sentyabr oylarida kuzatilgan nominal va real almashuv kurslari dinamikasi chetdan import qilishni rag’batlantirgan holda xorijiy valyutaga qo’shimcha talabni keltirib chiqardi.
Mamlakatimiz uchun valyuta almashuv kursi o’tkazish davriyligi yirik savdo hamkorlarimizga nisbatan 2–4 oyni tashkil qiladi. Agar yil boshidan AQSh dollarining mustahkamlanayotgani va aprel oyidan Rossiya hukumatiga qarshi qo’llanilgan iqtisodiy sanktsiyalar natijasida rublning keskin qadrsizlanganini inobatga olsak, sentyabr oyida kuzatilgan so’mning devalvatsion dinamikasini tabiiy muvozanatlashuv jarayoni sifatida baholash mumkin.
O’z navbatida, so’m nominal almashuv kursi devalvatsion dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib, iqtisodiyotimizning o’zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, xalqaro pul o’tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi sababli yuzaga keladigan yo’qotishlar almashuv kursi pasayishi natijasida uning so’mdagi ekvivalenti oshishi hisobiga ma’lum darajada qoplanadi.
Bunda so’m real almashuv kursining 2018 yil 9 oyi yakunlari bo’yicha holati va yil oxirigacha kutilayotgan darajasidan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak, so’m nominal almashuv kursining amaldagi sur’atlarda qadrsizlanishi milliy iqtisodiyotni qo’llab- quvvatlash uchun etarli bo’lmasligi mumkin.
2018 yilning o’tgan davrida mamlakatimiz ichki valyuta bozorida talab va taklif muvozanatining shakllanishiga mavsumiy omillar, to’lov balansi holati, valyuta almashuv kursi bo’yicha kutilmalar, foiz stavkalari o’rtasidagi tafovutlar, AQSh dollarining ichki va jahon moliya bozorlaridagi kon’yunkturasi hamda boshqa bir martalik omillar ta’sir ko’rsatdi.
2018 yilning 9 oyi davomida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutalar miqdori 7,1 mlrd. AQSh dollari (jami importning 52 foizi, jami eksportning 75 foizi)ni tashkil etdi. Mazkur talabning 28 foizi (2 mlrd. AQSh dollari) Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga interventsiyalari hisobiga qoplandi.
Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida interventsiyalar almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida amalga oshirib borildi. Bunda oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlari ko’zlanmadi.
Shuningdek, interventsiyalar hajmida ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta’sirida oylar orasida o’zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2018 yilning birinchi choragida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 600 mln. AQSh dollari (maqsadli sotish miqdoriga yaqin ko’rsatkich) miqdorida interventsiya qilingan bo’lsa, ikkinchi choragi davomida interventsiyalar hajmi birinchi chorakdagi ko’rsatkichning teng yarmini tashkil etdi.


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish