Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy


III BOB. HOZIRGI DAVR ROMANLARIDA “SEVGI UCHBURCHAGI”NING IFODASI



Download 0,62 Mb.
bet15/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

III BOB. HOZIRGI DAVR ROMANLARIDA “SEVGI UCHBURCHAGI”NING IFODASI

3.1 “SABO VA SAMANDAR” ROMANIDA QAHRAMONLARNING RUHIY HOLATI TAHLILI


So’nggi yillarda yaratilayotgan o’zbek adiblarining xilma-xil mavzudagi romanlarini tahlil qilish orqali kitobxonlar millatning dili va tilida aks etgan quvonchu iztiroblarni his qilishlari aniq.
Hodisalarga salbiy munosabat, inkor ruhi kuchli, hodisaning dahshatli manzarasini keskin, qabariq tarzda chizib berish, hodisa mohiyatini bor ziddiyatlari bilan kitobxonga his qildirish aynan ana shunday uslubdagi asarlarda yetakchilik qiladi. Bunday asarlarga xos xususiyatlarni, fazilatlarni tilga olish bilan birga ulardagi tasviriy bo’yoqlar, o’zgarmas ohang, ayrim hollarda serjilo, rang-barang hayot haqiqati va alohida inson dunyosini to’la-to’kis gavdalantirib berolmaganday taassurot tug’diradi. Shunday bo’lsa-da, shaxs tabiatining ayrim jihatlarinigina qalamga oluvchi asarlar bilan bir qatorda inson ruhiyati, borliqiga xos umumiy xususiyatlardan alohida chizgilarga o’tuvchi tasvir uslubini namoyon qiluvchi yo`nalish inson ruhiyatining hech bir qolip-u andozalarga tushmaydigan, chegara bilmas turfa holatlarini badiiy kashf etishga o`rinish singari ijodiy intilishlar har jihatdan qo’llab-quvvatlanishga va ilmiy tadqiqu tahlilga sazovor, degan xulosaga olib keladi. Zero, san`at va adabiyot ravnaqini belgilovchi asosiy estetik tamoyillardan biri – hayot hodisalari va inson shaxsini yangi tomonlardan, rang-barang jihatlardan kashf etish hisoblanadi. Ijodkor mahorati esa hayot va inson haqida yaratgan yangi badiiy konsepsiya timsolida, uni ifodalash tarzida namoyon bo’ladi. Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga munosabatning o’zgarganligi sabab an`anaviy realizmga mansub asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator yangiliklar, xususan, modernizm alomatlari ko’zga tashlanmoqda. Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do’st, Tog’ay Murod yaratgan hikoya va qissalar orqali ayni shu xususiyatni ko’ramiz. Ular qatorida yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi shu uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo`nalish istiqbollarini o’rganishda boy manba bo’lib xizmat qiladi.
Yaxshi bilamizki, so’z san`ati rivojida yaratilgan asarlarning soni emas, sifati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu ma`noda bugungi nasrimizning ichki rivojida ham hayot, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni kashf etish, yangi tasviriy ifodalarni ixtiro qilish bobida ham kator yangi alomatlarni ko`zatish mumkin.
istiqlol davriga kelib ahvol tubdan o’zgardi. Yetmish yillik zug’umlardan so’ng bizda ham falsafiy-mafkuraviy, asos jihatdan xilma-xil yo`nalishga mansub asarlar paydo bo’la boshladi. Realizm bilan barobar deyarli barcha adabiyot turi, janrlarda diniy, ruhoniy-islomiy talqin ustuvor asarlar ko’payib bormoqda. Shaxsni faqat ijtimoiy munosabatlar mahsuli sifatida emas, ko’proq ilohiy, tug’ma-tabiiy, sirlisehrli mavjudot tarzida ko’rsatuvchi, uning ijtimoiy tarixi, sharoit-to`zum, davlat, siyosat, mafkuraga bo’ysunmaydigan g’aroyib tuyg’u, hislatlarini ong-idrokidan tashqaridagi anglab yetilmagan holatlarini badiiy tadqiq etuvchi asarlar ham yaratilayotir. Omonat, tagi puch g’oyalarga aldangan shaxs umrining, mehnatining bema`niligini qabariq tarzda, ko’pincha ramziy-majoziy timsollar vositasida keskinligi-yu fojeasi bilan ko’rsatuvchi asarlar, qahramonlar ham yaratilmoqda.
Murod Muhammad Do’stning «Lolazor», o’.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Sh.Xolmirzaevning «Olabo’ji», O.Muxtorning «Ming bir qiyofa», «Ko’zgu oldidagi odam», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanlaridagi personajlar unda yashagan muhitning bema`niligiga alohida urg’u beradi.
Insoniyat tarixi o’tmish davrlaridan iborat. O’tmaydigan davrning o’zi yo`q. Badiiy tafakkur ham shu. U tinimsiz o’zgaradi, o’zgargani sayin badiiy tasvir imkoniyatlari kengayadi, torayadi, tinch turmaydi. Shu tariqa har qanday milliybadiiy tafakkur biridan keyingisiga o’tuvchi bosqichlar evolyusiyasidan tashkil topa boradi. Ana shu tadrijiy davomiylik ilg’ab olinsa, milliy-badiiy tafakkurning yaxlit bir jarayon ekanligini tasavvur etish oson ko’chadi. Mazkur yaxlit jarayon ichidagi badiiy tafakkur evolyusiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esa qo’llanilayotgan badiiy tasvir vositalari tadrijini o’rganishga to’g’ri keladi. Chunki ijodkor shaxs dunyoni, insonni qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi, yangilarini kashf etadi.
Asl kasbi insonshunoslik bo’lgan adabiyot hamma davrlarda ham insonni e`zozlagan. O’zbek realistik nasri bundan mustasno emas, albatta. Biroq bugungi davr adabiyoti va san`atining bosh xususiyati insonpparvarlik tuyg’usining har qachongidan chuqurroq, kengroq va yuksakroq darajalarga chiqishi bilan ifodalanadi.
Ijtimoiy hayotda yo`z berayotgan voqealar, tarixiy sharoit va unda tug’ilgan muammolar jamiyat a`zolari ongida unga nisbatan munosabatni shakllantiradi. Demak, hayot muammolari jamiyat a`zosi xatti-harakatlari va xarakterini belgilaydi. Xuddi ana shu narsa badiiy adabiyotda davr va qahramon muammosining vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Ulug’bek Hamdamning “Sabo va Samandar” romanida “sevgi uburchagi” masalasi hozirgi davr voqealari asosida talqin qilinadi. Romanda qishloq odamlarining hayoti ham tasvirlanadi. Sinfdosh yigitlar Samandar va SHerdil hamda Sabolarning munosabatlari badiiy tarzda beriladi. Yozuvchi asar voqealarining shiddatini, dramatizmini ana shu “sevgi uchburchagi” asosiga quradi. Ulug’bek Hamdamning ushbu romanida XXI asr jamiyatida ro’y berayotgan, ma’naviyatimizdagi salbiy hodisalar, moddiyatga qul bo’lib yashayotgan kishilar, texnikaga, internet va kompьyuterga butun vujudi bilan berilib, insoniy tuyg’ularga begona bo’lib qolgan hissiz inson (SHerdil), pok muhabbati fojea bilan yakunlangan yoshlar taqdiri(Nilufar va Nodir) mahorat bilan tasvirlangan. Inson yoki biron jonzot jisman tutqunlikka ko’nikishi mumkin. Biroq uning eng inja tuyg’ulari, o’ziga va faqat o’ziga tushunarli o’y-hayollari, orzuarmonlarini o’zida mujassam etgan, uni asirlikdan ozod, erkin va baxtli xis qildira oladigan fikrdan, orzu qilish tuyg’usidan mahrum qilishsa, bunga ham chegara yoki devor tiklashsa, unda bu – insonning, insoniyatning, tanazzuli.
Samandar yoshlikdan kitobga oshno bo’lib o’sadi. Uning adabiyotga mehri insoniy fazilatlarni yuksaltiradi, u mehnatsevarligi, atrofdagilarga e’tibori va odamgarchiligi jihatdan yaxshi inson. U hayotning barcha achchiq chuchugini totib ko’radi, jon jahdi bilan paxta teradi, qishloqdagi og’ir turmush sharoitini boshdan o’tkazadi, shuning barobarida yaxshilikka intilishi, ezgulikka bo’lgan e’tiqodi saqlanib qoladi. Uning sinfdoshi SHerdil esa bolalikdan mashina, robot o’yinchoqlarga qiziqadi. Ularning oilasi Toshkentga ko’chib ketishadi. Poytaxt hayoti unga yanada ta’sir qiladi, uning butun fikru zikri texnika, yangi chiqqan robotu kompьyuterlar bo’lib qoladi.
Samandar poytaxtda oliygohda o’qib o’sha yerda ishlab qoladi. Kunlardan bir kuni u ma’ruza o’qiyotganda, ko’zi bir qizga tushadi-yu, nutqida tutilish, uzuqyuluqlik, hayajonlanish paydo bo’ladi. Uning ko’zi tushgan qiz Sabo bo’lib, uning darsdan chiqib ketishini Samandar talab qiladi.
Samandar Saboga shoirona yurak bilan oshiq bo’ladi, Sabo ham Samandarni yurakdan sevadi. Biroq, Sabo asli toshkentlik qiz bo’lib, uning otasi Saidkamol aka o’ziga to’q, boy kishi edi hamda o’zidan obro’liroq bo’lgan kishi bilan qudalashmoqchi bo’lgan edi. Sabo o’z onasidan Samandarga emas, boshqa boy xonadonga unashtirilayotganini eshitib, yomon ahvolga tushadi, kasal bo’lib qoladi. Uning otasi Samandarning oldiga borib qizini tinch qo’yishni talab qiladi. Samandar unga qarab, qanday qilib sizday odamdan qalbi pok qizning tug’ilganiga hayronman, deydi.
Yozuvchi bu o’rinda Saboning otasini yomon odam deb ko’rsatmay, balki o’zining qaroridan biroz pushaymon bo’lgan noiloj kishini tasvirlaydi. Uyiga kelganda Saidkamol aka: “Agar boshqalar bilan va’dalashmaganimda, qizimni
Samandarga berardim”, deb o’kinadi.
Saboning Samandar hajrida qiynalishlari, iztiroblari lirizm bilan tasvirlangan. Bu esa realistik asarda romantik metodning qorishiq berilganini ko’rsatadi. Romanda Nilufar va Nodirlarning fojeali muhabbat tasviri romantikmifologik syujetlarda tasvirlanadi, “Layli va Majnun” dostonining bir necha marta ta’kidlanishi, bu dostonni Samandar qayta-qayta o’qishi motivlari orqali yozuvchi bizning zamonimizda ham haqiqiy ishq sohiblari, zamonaviy Layli va Majnunlar bor demoqchi bo’ladi. Xuddi dostondagi kabi Samandar va Sabo bir kunda o’ladilar.
Yozuvchi Ulug’bek Hamdam inson hayoti uchun odatiy, moddiy narsalardan yuqori turadigan sevgi hislari abadiy ekani, o’tib ketmasligini ta’kidlamoqchi bo’ladi. Adabiyotshunos Qozoqboy Yo’ldoshev so’zlari bilan aytganda: “Inson tirikchiligi uchun bevosita kerak bo’lmaydigan narsalarga intilgan vaqtdan e’tiboran chinakam odamga aylanadi. Yashash uchun bevosita kerak bo’ladigan oziqlanish, himoyalanish, ko’payish kabi ehtiyojlarni qondirishga har qanday jonivor intiladi va buni qo’lidan kelganicha uddalaydi. Tirikligi uchun bevosita kerak bo’lmasa-da, ko’ngilga ta’sir o’tkazadigan ma’naviy-ruhoniy qadriyatlarga esa, faqat odamgina ehtiyoj sezadi”31.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish