Reja:
1. Sportda shaxs psihalogiyasi.
2. Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari.
Shaxs - bu jamiyatda alohida o‘ringa ega, o‘zini qurshab turgan muhitni
o‘zgartirish uchun faol harakat qilishga qodir, ijtimoiy rivojlanishning aniq
vakilidir.
Shaxsni shakllantirish butun tarbiya tizimi vositasida ta’minlanib, u insonning
ko‘pqirrali faoliyat turlaridagi ijtimoiy faoliyati jarayonida amalga oshadi.
Shaxsning rivojlanishiga quyidagi turli faoliyat sohalari ta’sir ko‘rsatadi,
jumladan: mehnat, ijtimoiy, sport, ta’lim va tarbiya, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy
tarbiya. Bularga qo‘shimcha qilib, yana sportchilar o‘z
hayotlari, turmush
sharoitlari, turli faoliyatlari jarayonida boshqa kishilar bilan birga duch keladigan
o‘zaro munosabatlarni ham kiritish kerak. Bundan tashqari shaxsning
rivojlanishiga ommaviy axborot vositalari - televidenie, teatr, kino, badiiy adabiyot
kabilar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada, yuqorida tilga olingan barcha omillarning mushtarak tarzdagi ta’siri
ostida shaxsning psixik birikmasi shakllanadi. (Ye.V.Shoroxova, B.F.Lomov).
Shaxsning psixik birikmasi deyilganda nimani tushunmoq kerak? Psixik
birikma muayyan kishiga xos bo‘lgan xarakter yo‘nalishini, temperamentni,
intellektual, emotsional va irodaviy jarayonlar kabi xususiyatlarning kechishini
ko‘rsatuvchi nisbatan turg‘un birlikdan iboratdir. Mazkur xususiyatlar
psixomotor
faoliyatlar sohasida o‘z ifodasini topadi, zero mazkur
soha shaxsning aniq amaliy
faoliyat turlaridagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim qismidir.
Yuqorida tilga olingan fikrlarni, to‘laligicha sportchi shaxsining shakllanishiga
ham tatbiq etish mumkin. Shaxsning psixik birikmasining
shakllanishi ikki
yo‘nalishda boradi. Ulardan
biri umumiy yo‘nalish bo‘lib, u shaxsga hayotiy faoliyatning turli jabhalarida o‘z
faolligini namoyon etish imkoniyatini beradi. Ikkinchisi esa spetsifik yo‘nalish,
ya’ni psixik xususiyatlar, holatlar, jarayonlarni, har bir faoliyat turi uchun alohida
tarzda yaratilgan shart-sharoitlarda maxsus ravishda
rivojlantirish va ularning
muvaffaqiyatini ta’minlash yo‘lidir.
Umumiy va spetsifik yo‘nalishlarning mushtarakligi, yaxlitligi - shaxsning
psixik birikmasini shakllantirishning eng bosh omillaridan biridir. (B.G.Ananev,
A.S.Puni).
Sport faoliyati jarayonida psixik birikmani shakllantirish ham xuddi shu
yo‘nalishlarda ro‘yobga chiqadi. Shu sababli ham sport bilan shug‘ullanish
jarayonida shaxs psixik birikmasining umumiy jihatlari, shuningdek, u tanlagan
sport turidagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus sifatlari ham birdek
rivojlanadi va mustahkamlanib boradi.
Sport faoliyatining qaysi bir psixologik jihatlari sportchi shaxsining psixik
birikmasiga ta’sir ko‘rsatadi? Bu xususiyatlardan eng muhimlari quyidagilardan
iboratdir:
1. Sport kurashlari rekordlarini qo‘lga kiritishga yoki raqib ustidan g‘alaba
qozonishga yo‘naltirilgan musobaqaviy xarakteri;
2. Sportchining ushbu kurashlar paytida barcha jismoniy va psixik kuchlarining
yuqori darajada zo‘riqishi, zero, busiz rekord natijalarga erishib bo‘lmaydi;
3. Sportchining kun tartibi va maishiy xayotiga jiddiy o‘zgarishlar
kiritilishi,
muntazam, uzoq cho‘ziluvchi va qat’iy tarzdagi sport mashg‘ulotlari.
Taniqli nemis psixolog – olimi Kunat shaxsning rivojlanishida doimiy sport
faoliyatining ahamiyatini alohida e’tirof etar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Faol
sport faoliyati tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash ma’nosida shaxsning rivojlanishiga
nihoyatda katta ta’sir qiladi. Chunki sport faoliyati mobaynida inson avvalo o‘zini
yengishi kerak bo‘ladi. Shu sababli ham aytish mumkinki, sportda
erishilgan
ko‘rsatkichlar nafaqat kishining mushaklari va tayanch a’zolarining yutug‘i, balki
birinchi galda bu shaxsning yutug‘idir” (Psixologiya i sovremennыy sport, 1980,
122bet). Demak shaxsning rivojlanishining alohida individual hususiyatlarini
bilish, ushbu jihatlarini o‘quv-mashg‘ulot, musobaqa
jarayonlarida hisobga olish,
zaruriy shaxsiy sifatlarini shakllantirish, sportda yuqori natijalarni qo‘lga
kiritishning asosiy va zururiy shartlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: