Aholisi - Aholisi
- 2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Gruziya aholisining umumiy soni 3 729 500 kishini tashkil etadi. 2014-yilda ushbu koʻrsatkich 4 483 800 kishini (Abxaziya va Janubiy Osetiya hisobga olinmagan) tashkil etgan edi. 2002-yilgi butundavlat aholi sonini sanashda, Gruziya aholisi soni 4 369 579 kishini tashkil etgan edi. 1 km2da aholining oʻrtacha zichligi — 65 kishini tashkil etadi. Aholining 60 % koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakat aholisining asosiy qismini (83,5 %) gruzinlar (gurjlar) tashkil etadi. Aholining 6,7 % ozarbayjonlar, 5,7 % armanlar, 1,9 % ruslar tashkil etadi. Qolgan milliy ozchiliklar: osetinlar, abxazlar, yezidlar, yunonlar, chechenlar, ukrainlar va boshqalar. Gruzinlarning 1,6 millioni (butun gruzinlarning 27 %zi) Gruziya hududidan tashqarida yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |