Madaniyat va sanʼat ham ravnaq topdi. 1226-yilda xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi Gruziyani egalladi. 13-asrning 2-choragidagi moʻgʻullar istilosi Gruziyaning siyosiy birligiga, xoʻjaligiga putur yetkazdi. 14-asrning 2-yarmida Gruziya Amir Temur qoʻliga oʻtdi. 16 — 18-asrlarda Gruziyaga Eron va Turkiya bostirib kirdi. Ichki kurash kuchaydi, natijada Gruziya bir necha mustaqil davlatga (Kartli, Kaxeti, Imereti qirolliklari va Samsxe, Guriya, Svaneti, Abxazeti knyazliklariga) ajralib ketdi. 18-asrning 2-yarmidan Kartli-Kaxeti davlati ancha kuchaydi. Iraqliy II eng yirik knyazliklarni oʻziga boʻysundirib, davlatni qaytadan tiklash, xoʻjalik va savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish yoʻlida koʻp tadbirlar koʻrdi[
Do'stlaringiz bilan baham: |