Eng mashhur maʼdanli suvlari: Borjomi, Sairme, Nabeglavi, Zvare, Dzau, Lugela va boshqalar. Gruziya daryolari Qora va Kaspiy dengizlari havzasiga mansub. Kura Kaspiyga, Rioni, Inguri, Kodori va boshqalar. Qora dengizga quyiladi. Gruziya gidroenergiya resurslariga boy. Gruziyada koʻl kam. Eng kattasi — Paravani (maydoni 37 km2); Ritsa (chuqurligi 116 m) va Amtkel (chuqurligi 72 – 122 m). Tabatskuri, Palestomi va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi. Gruziyada qizil, sariq, qora, qoʻngʻir, jigarrang va kul tus-jigarrang tuproqlar uchraydi. Togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir oʻrmon tuproq, togʻ oʻsimliklari oʻsadigan joylarda — togʻ-oʻtloqi tuproq. Aragvi Kolxida pasttekisligida botqoq va sargʻish kulrang podzol tuproqlar katta maydonni egallaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |