Foydali qazilmalardan marganes rudasi (Chiatura koni), toshkoʻmir (Tkibuli, Tkvarcheli) va neft (Kolxida va Tashqi Kaxeti), Katta Kavkazda nodir metall, polimetall va surmamishyak konlari bor. Qurilish materiallari (marmar, slanes, sement xom ashyosi va boshqalar) deyarli hamma joyda uchraydGruziya oʻzining xilma-xil maʼdanli suvlari bilan ajralib turadi; bu jihatdan dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Maʼdanli suvlar kimyoviy tarkibi boʻyicha gidrokarbonatli, xloridli, sulfatli va aralash guruhlarga, gaz miqdorining boʻlishiga qarab karbonat angidridli va nokarbonat angidridli turlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |