3.3.1 – rasm.Korxonada mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag’batlantirish usullari.
Mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag’batlantirish tizimi.
Moddiy
Ma’naviy
Psixologik
1. Xodimlar moddiy mehnatiga haq to’lash bo’yicha yagona tarif tizimi
2. Xodimlarga kasbiy mahorat uchun ustama haq to’lash to’g’risida nizom
3. Xodimlarga mehnat sharoiti uchun qo’shimcha haq to’lash to’g’risida nizom.
4. Yuqori malakali ishchilarga ta’rif stavkalari o’rniga maosh tayinlash to’g’risidagi nizom.
5. Xodimlarga vaqtbay-mukofotli ish haqi to’lash to’g’risidagi nizom.
6. Xodimlarga mehnatga ishbay – mukofotli ish haqi to’lash to’g’risidagi nizom.
7. Ko’p smenali ish rejimi bo’yicha mehnat qilganlik uchun xodimlarga qo’shimcha haq to’lash to’g’risidagi nizom.
8. Rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarni joriy mukofotlash to’g’risidagi nizom.
9. Xodimlarga rejaga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish sur’atini oshirganliklari uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom.
10. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirganlik uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom
11. Yoqilg’i - moylash materiallari va elektr quvvati sarfini tejash uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom.
12. Xodimlarni alohida muhim topshiriqlarni bajarishdagi xizmatlari uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom.
13. Ixtiro va ratsionalizatorlik taklflari uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom.
14. Xodimlarni moddiy texnik boyliklarni saqlash uchun rag’batlantirish to’g’risidagi nizom.
1. Minnatdorchilik e’lon qilish.
2. Faxriy yorliq bilan mukofotlash.
3. Tarmoq bo’yicha faxriy unvonlar berish:
“Eng yaxshi ishchi”
“Eng yaxshi yosh ishchi”
“Eng yaxshi yosh mutaxassis”
“Eng yaxshi konstruktor”
“Eng yaxshi texnolog”
“Eng yaxshi yoshlar murabbiysi”
“Eng yaxshi usta”
4. Davlat va hukumat mukofotlariga taqdim etish.
1. Mehnatni tashkil etishning pudrat usuli.
2. Mehnatni tashkil etishning konveyer usuli
3. Personalni kasbga yo’naltirish.
4. Personalni reja asosida attestatsiya-dan o’tkazish.
5. Ish joylarini attestatsiya qilish.
6. Kar’erani rejalashtirish.
7. Korxona rahbarlari va bo’limlari auditi.
Yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalarning tajribasi boshqaruv personalini rag’batlantirishda asosiy ish haqi hamda foydada sheriklikni hisobga olishga asoslangan. Xodim lavozimida ko’tarila borgan sari uning foydadagi sherikligi belgilab qo’yilganga nisbatan uchdan bir qismga ko’payib boradi. Bundan tashqari, kompaniya va firmalarda xodimlarni rag’batlantirishning shaxsiy tizimi ham bo’ladi. Unga ko’ra alohida hollarda moddiy yordam xodimning iltimosiga yoki ma’muriyat tashabbusi bilan beriladi.
Korxonalarda hozirgi vaqtda mukofotlash tizimi ikki darajali: yillik mukofot tizimi va har oylik mukofot tizimiga bo’linadi. Yillik mukofot tizimi yil yakuniga qarab beriladi va odatda “o’n uchinchi maosh" deb yuritiladi. Har oylik mukofotlash tizimi xodimlar mehnati rag’batlantirishning tizimi turli shakl va uslublaridan iboratdir.
Bundan tashqari, kompaniya yoki firma rahbarlari, mutaxassislari va xizmatchilarni alohida topshiriqlar ijrosi uchun mukofotlash (3.3.1- jadval) ham ko’zda tutilishi mumkin.
3.3.1- jadval. Ijro uchun rag’batlantirishning namunaviy tizimi.