III. BOB. “O’ZBAT A.O.” QO’SHMA KORXONASINING URGUT FERMENTATSIYA ZAVODI FAOLIYATIDA PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH MASALALARI
3.1. “O’zbat A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyati yuzasidan qisqacha ma’lumot.
British Amerikan Tobako O’zbekiston kompaniyasi (OHJ “O’zbat A.O.” qo’shma korxonasi) 1924 yil 22 noyabrda tashkil etilgan. Kompaniya Respublikada eng yirik investorlardan biri bo’lib, uning respublika iqtisodiga kiritgan insvestitsiyasi 300 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
Ayni paytda “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasi – bu Toshkent ofisi, 1997 yilda qurilgan, eng zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan, KENT, PALL MALL, Viceroy kabi xalqaro brendli tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan Samarqand sigaret fabrikasi va tamaki xom ashyosini qayta ishlovchi Urgut fermentatsiya zavodidan iborat murakkab ishlab chiqarish kompleksidir.
Kompaniya eng yirik ish beruvchi hisoblanadi va respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy – jamoat hayoida faol ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda korxonada 1200 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.
Urgut fermentatsiya zavodi 1978 yilda qurilgan . Korxnada asosan tamakining Dyubek navini fermentlash shlari olib borilgan.
1998 yilda Urgut fermentatsiya zavodida keng ko’lamda rekonstruksiya ishlari olib borildi va xalqaro andozalar talabiga javob beruvchi, tamakini qayta ishlovchi texnoligik liniyalar o’rnatildi. Zavod quvvati yiliga 15000 tonna tmakini qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu korxonani zamonaviylashtirish uchun kompaniya tomonidan 27 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi.
Zavod ISO sertifikatiga ega bo’lgan xalqaro labaratoriya bilan to’liq jihozlangan, bu iste’molchilarni barcha ehtiyojlarini qanoaatlantirishga imkon beradi. Urgut fermentatsiya zavodida tamaki xom ashyosini ishlab chiqarish bo’yicha texnologik jarayoni ISO9001, OHSAS18001 Mehnat muxofazasi, 14001 Ekologiya standartlari asosida olib boriladi.
Bugungi kunda mazkur korxonada 160 nafardan ortiq muntazam xodimlar va 1200 ga yaqin mavsumiy ishchilar mehnat qiladi. Shu orqali korxona mahalliy iqtisodiyotni qo’llab quvatlashda o’z hissasini qo’shmoqda.
2014 yilda Urgut shahrida avodning zamonaviy ko’rkam binosi qurib bitkazildi. Mazkur inshootda Urgut filiali ishchi xodimlari uchun zamonaviy ofis, tibbiy xona, 120 o’rinli oshxona , 720 o’rinli kiyim almashtirish va yuvinish xonalari hamda boshqa turli jahon talablariga javob beradigan qulayliklar yaratilgan. Mazkur loyihaga jami 7 mlrd. so’mga yaqin mablag’ sarflandi.
“Virjiniya” navli tamakini sun’iy quritish, qayta ishlash samaradorligini oshirish va jahon andozalari asosida mahsulot tayyorlash maqsadida 2014 yilda Urgut fermentatsiya zavodida 2 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 5 mln.AQSH dollarini tashkil etadi. Tamaki industriyasini zamonaviylashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri tamakining mahalliy navlarini rivojlantirishni takomillashtirish va yangilarini joriy qilish hisoblanadi.
O’tgan davr mobaynida Urgut fermentatsiya zavodida tomonidan Urgut tumanida tamakining xaridorbop, kam suv talab tadigan Izmir, Basma va tamaki mahsulotini ishlab chiqarishda ko’p qo’llaniladigan Virdjiniya navlari maxalliylashtirildi. Yangi istiqbolli tamaki naviniyetishtirish bo’yicha sa’yi – harakatlardan bosh maqsad – mahalliy ishlab chiqarish ehtiyojlarini qoniqtirish va tamaki bargi exsporti imkoniyatlarini rivojlantirishdir.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasi Urgut tumanidagi 20 mingdan ortiq fermer va tamakikorlar bilan tamakining Izmir, Basma, Dyubek va Virdjiniya navlarini yetishtirish borasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Urgut fermentatsiya zavodini qayta qurish O’zbekiston tamakisining sifatini ancha oshirishga imkon berdi. O’zbekiston tamakisi faqat Samarqand sigaret fabrikasining sharq turidagi tamakiga bo’lgan ehtiyojini qoplabgina qolmay balki exsportning muhim moddalaridan bo’lib, tashqi bozorda ham muvaffaqiyat bilan raqobatlashmoqda. Urgut fermentatsiya zavodida fermentlangan tamaki xom ashyosi dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlariga exsport qlinadi.(Rossiya, Ukraina, Germaniya, Polsha, Ruminya, Singapur, Gollandiya, Serbiya, Kambodjiya, Malayziya, Janubiy Afrika va boshqalar).
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar.
Ta’lim loyihalari.
“Orzular ro’yobga chiqadi” loyihasi. (tamakikorlar oilalari talabalariga grantlarning berilishi). Bu loyiha 2005 yildan boshlangan bo’lib, tamakikorlar oilalaridagi talabalar ta’limini qo’llab-quvvatlash maqsadida olib boriladi. Hozirgi kunda bu dastur bo’yicha 14 ta talaba ta’lim olib kelmoqda va 24 ta talaba bakalavr diplomlariga ega bo’lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |