Mundarij a kirish I. Bob. Mehnat unumdorligining nazariy asoslari



Download 387,5 Kb.
bet1/22
Sana09.06.2022
Hajmi387,5 Kb.
#649360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
FAYOZJON


M U N D A R I J A


KIRISH ……………………………………………………………………. 3


I.BOB. MEHNAT UNUMDORLIGINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. “Mehnat unumdorligi” va “mehnat samaradorligi” haqida tushuncha………...7
1.2. Mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati…………….11
1.3. Mehnat unumdorligini aniqlash usullarining avzalliklari va kamchiliklari….18
II.BOB. KORXONADA PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOHIYATI VA UNING ZAMONAVIY USLUBLARI
2.1. Korxonada personal faoliyatini baholashning ahamiyati……………….........25
2.2. Korxonada personal faoliyatini baholashning mezonlari……………………34
2.3. Korxonada personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari………….43

III. BOB. “O’ZBAT A.O.” QO’SHMA KORXONASINING URGUT FERMENTATSIYA ZAVODI FAOLIYATIDA PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH MASALALARI
3.1. “O’zbat A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyati yuzasidan qisqacha ma’lumot…………………………………………………….48
3.2. “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyatida personal bilan ishlashni tashkil etilishi.................................................51
3.3. “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi faoliyatida personal faoliyatini baholash va rag’batlantirish masalalari................55
XULOSA ...............................................................................................................67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................71
K I R I S H
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad-yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
O’tgan 2015 yil bizning bosh maqsadimiz bo’lmish asosiy vazifa-odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin egallash bo’yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo’lida katta qadam bo’ldi, deb aytishga to’liq asoslarimiz bor. 
Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlaydigan keng ko’lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur mohiyat e’tibori bilan chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitusiyamizda ko’zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O’zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. 
2015 yilda korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo’lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo’lishida katta hissa bo’ldi. 
Barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to’liq inventarizasiyadan o’tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o’zgartirish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 
Korxonalarni korporativ boshqarish bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani o’rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi. Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestasiyadan o’tkazildi. Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va prinsiplari, menejment va marketing bo’yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy maqsadi qilib qo’yildi. Uning natijalariga ko’ra, attestasiya qilingan 721 nafar rahbar xodimning yarmi – 49 foizi attestasiyadan o’tgan bo’lsa, ularning har uchinchisi attestasiyadan shartli ravishda o’tkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan. 
Bu raqamlar, tabiiyki, ko’p narsadan darak beradi va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini tubdan o’zgartirishdek muhim ishni o’z vaqtida boshlaganimizni yana bir bor tasdiqlaydi. 
Bo’shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo’lgan, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo’llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi. Shu borada Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi. O’tgan yili Germaniya va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boshqa davlatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilarini keng jalb qilgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi, ularning yarmi Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi.
Mavzuning dolzarbligi. Korxonalarda iqtisodiy samaradorlikga erishishga albatta, korxonalarning yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi “Personal” atamasi bilan nomlanadigan mehnat jamoasi tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, ma’suliyatikabi juda ko’pgina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy isbotini topgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi personal faoliyatini baholash va uning mehnat unumdorligini oshirilishidagi ahamiyatini yoritishdan iborat.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo etdi. Bu vazifalarni hal etish uchun mamlakatimiz o’zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Zero, jamiyatning eng oliy boyligi bo’lgan xalq abadiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatni o’zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo’lib xizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lida tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e’tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ahamiyatlidir.
Aholining mehnatga to’la bandligini ta’minlash va tartibga solish, haqiqiy va yashirin ishsizlik miqdorini kamaytirish, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni muvozanatga keltirish, ishchi kuchi sifatini oshirishga va unumli mehnat qilishiga erishish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi va o’z yechimini kutib turibdi. Ayniqsa, jamiyatda inson omilidan samarali foydalanish muammolari bozor munosabatlarini shakllantirish davrida birmuncha murakkablashdi va ularning yechimini topish iqtisodiyot fani oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Korxonada personal mehnatini tashkil etish, mehnatni rag’batlantirish, mehntani munosib baholash, inson omili va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni bir qator olimlar tomonidan o’rganilib, tahlil qilinib kelmoqda. Xususan, personal faoliyatini baholash va rag’batlantirish, rag’batlantirish nazariyalari, mehnatni baholash va unumdorlik masalalari Abraham Maslou, Devid Mak-Klelland, Fredrik Gertsberg, Skinner Bernard nazariyalarida o’z aksini topgn. Bugungi kunda ham inson omili borasidagi tadqiqotlar iqtisodchi olimlarimizdan Abdurahmonov Q., Dodaboyev Y., Sharifxo’jayev M., Qanoatov B., Yo.Abdullayev, G’.G’ulomov, G.Qosimov, Sh. Xolmo’minov, Ashirov D, Zaaynutdinov Sh., A.Bekmuradovlarning ilmiy ishlarida olib borilgan. Shunday bo’lsada, inson omili va uning ahamiyatini korxona personalini boshqarish darajasini o’rganish borasidagi tadqiqotlarning yetarli emasligi mavzuning dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Maqsad va vazifalar. Mavzuning maqsadi qilib korxonada personal mehnatini yoritish, ya’ni ishni tashkil qilish, rejalashtirish, kadrlarni joy-joyiga qo’yish, personalni mehnatga qiziqtirish, rag’batlantirish va faoliyatni baholashning mohiyati, shakllari va faoliyatni baholashning korxona faoliyatida mehnat unumdorligini oshrishdagi ahamiyatini ochib berishdan iboratdir. Korxonada personalni rivojlantirish, personal mehnatini munosib baholash va baholash mezonlarini qo’llash, bundan tashqari, ilmiy ishda personalni faoliyatiga qiziqishini oshirish yo’llari, xususan, ishchi kuchi malakasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, motivatsiya, ish haqini tartibga solish, boshqaruv madaniyatini tashkil qilish, sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash masalalari ham tahlil qilinadi.

Download 387,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish