M U N D A R I J A
Kirish
I bob. Matematik fizika tenglamalari va ular uchun qo‘yilgan masalalarni analitik usulda yechish
1. Tenglamalar klassifikatsiyasi
2. Tor tebranishi tenglamasi uchun asosiy masalalarning qo‘yilishi: Koshi masalasi, chegaraviy masalalar, aralash masalalar
3. Tor tebranish tenglamasi uchun Koshi masalasining analitik yechimi. Dalamber formulasi
4. Bitta singulyar koeffitsientga ega bo‘lgan giperbolik tipdagi differensial tenglama uchun qo‘yilgan boshlang‘ich masalani analitik usulda yechish
II bob. Matematik fizika tenglamalari va ular uchun qo‘yilgan masalalarni sonli yechish
1. To‘rlar usuli
2. Bitta singulyar koeffitsientga ega bo‘lgan giperbolik tipdagi differensial tenglama uchun qo‘yilgan boshlang‘ich masalani to‘rlar usulda yechish
III bob. Matematik fizika masalalarini Maple dasturida yechish texnologiyasi
1. Chegaralanmagan tor tebranishi tenglamasi uchun boshang‘ich masalani Maple dasturida echish. Dalamber formulasi
2. Boshlang‘ich masalada berilgan funksiyalarning aniq qiymatlarida masalaning yechimini tahlil qilish
3. Matematik fizika tenglamalarining echimini Maple dasturi yordamida Fure usuli bilan topish
4. Chegaralangan tor tebranishi tenglamasi uchun chegaraviy masalani Fure usuli yordamida Maple dasturida yechish
5. Chegaraviy masalada berilgan funksiyalarning aniq qiymatlarida masalaning yechimini tahlil qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
"Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalambor farzandlarimizning qanday inson bo'lib, hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak".
SH.M.Mirziyoyev
O'z oldiga ilg'or va rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishni maqsad
qilgan mustaqil O'zbekistonimizda, barcha sohalarda keng qamrovli ishlar amalga
oshirilmoqda. Shu jumladan ta'lim sohasida ham. Prezidentimiz ta’limni rivojlantirishda barcha sohalarga alohida to’xtalib o’tdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ4708-sonli qaroriga muvofiq ta’lim tizimini tubdan isloh qilish boshlandi.
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
Birinchidan, ilg’or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy tadqiqotlar olib borilishi uchun sharoitlar yaratildi;
Ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g’olib bo’lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag’batlantirish joriy etildi;
Uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o’zro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, byudjet mablg’lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
To’rtinchidan, ilmiy darajali kdrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;
Beshinchidan, ilm-fan sohasidagi muammolarni bartaraf etish, fan, ta’lim, va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisligida Fan va texnalogiyalar bo’yicha respublika kengashi tshkil etildi;
Shu bilan birga, mamlakatni tubdan isloh qilish va modernizatsiyalash, uni
rivojlangan demokratik, ravnaq topgan mamlakatlar qatoriga kirishini ta'minlash,
jahon bozorlarida O'zbekistonning raqobatbardoshliligini oshirish va o'rnini
mustahkamlash, aholi daromadlari, turmush darajasi va sifatini izchil oshirish
yo'lida maqsadli, qat'iyat bilan olg'a intilish zarurligiga e'tibor qaratildi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va uning yangi texnalogik rivojlanisha o’tish jarayoni dunyo tovar va moliya bozorlarida, raqamli texnalogiyalarni joriy etish sohasida va aholining ijtimoiy-iqtiisodiy, o’sib borayotgan muammolarini hal qilish usullarida tobora raqobatning kuchyishiga olib kelmoqda. Ushbu masalalarning asosiy yechimi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yetakchi mamlakatlar qatoridan o’rin olish, tortinchi sanoat inqilobi davrida xalqaro raqobatbardoshlikka erishish, to’plangan institutsional muammolarning yangi yechimlarini izlab topish, shuningdek, globallashuv tufayli yuzaga kelayotgan bahsli masalalarni hal qilishdan iborat bo’lishi lozim.
Ushbu raqobat sharoitida ustuvor yo’nalishlar rivojini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshiruvchi ekotizimni shakllantirish eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Mamlakatimizning ilm-fan sektori 100 dan ortiq akademik va tarmoq ilmiy muassasalaridan iborat bo’lib, hozirgi kunda 65 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 31 ta ilmiy markaz (shundan 14 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markaz ) va 8 ta boshqa turdagi ilmiy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari amlga oshirilmoqda.
O’zbekistonni 2030-yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo’yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi. Mazkur maqsad ilm-fan sohasini zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslashtirishdan iborat bo’lib, o’z navbatida ilm-fandagi tegishli huquqiy baza bilan tartibga solinadigan tub tarkibiy, tashkiliy, moliyaviy hamda kadrlar va infratuzilmaga oid islohot-ozgarishlarni amalga oshirishga qaaratilgan.
Fanlar akademiyasining barcha ilmiy tashkilotlarini Davlat byudjeti hisobiga saqlash va ularga ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirish tizimi yo’lga qo’yildi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 10 ta ilmiy tashkiloti Fanlar akademiyasi tizimiga qaytarilib, uning maqomi va nufuzini yuksaltirish barobarida ilm-fan sohasining jamiyatdagi mavqeyi oshirildi, yoshlarning sohaga bo’lgan fikr-munosabati ijobiy tomonga o’zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |