Tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda xalq harakatli o‘yinlarining qo‘llanilish shiddati va xajmi me’yorlari
“Aravachalar musobaqasi 2” o‘yining qo‘llanilish shiddati va xajmi me’yorlarini quyidagicha belgilanib oldik: chigalyozdi mashqlaridan so‘ng shug‘ullanuvchilarning YUQT ko‘rsatkichlari daqiqada 118-124 zarbada bo‘ladi, o‘yinning eng qizigan vaqtida YUQTdaqiqada 160-180 zarbaga ga etadi. O‘yinning davom etish vaqti 12-14 soniyani tashkil etadi. Takrorlashlar soni 11-12 yoshlilarda -2-3 marta, 13 yoshlilarda - 3-4 marta. Biz “Aravachalar musobaqasi 2” o‘yinining qo‘llanilish shiddati va xajmi me’yorlarini mashg‘ulot jarayonida bevosita qo‘llab berilayotgan yuklamaga 11-13 yoshli bokschilar organizimining tashqi javoblariga qarab belgilab oldik.
Bunda biz o‘yinlarni takrorlash soni va davom etish vaqtlarini 11-12 yoshlilarda 2-3 marta deb belgilab olishimizga sabab shundaki, 4 martada ba’zi bokschilarda uch marta o‘yin o‘ynatilganda charchaganlik haqida shikoyat, yurak urishi va nafas olishning tezlashishi va h. k. xolatlar yuz berdi. SHuning uchun ushbu yoshda “Aravachalar musobaqasi o‘yinini” 2-3 marta takrorlanib o‘ynalishi maqsadga muvofiq deb bildik. Dam olish vaqtni 40-45 soniya, shug‘ullanuvchilar ushbu belgilangan vaqtdan kam vaqt ichida keyingi beriladigan yuklamaga tayyor bo‘lmaydi, YUQT pasaymaydi.
“Kim bir oyoqda tez yuguradi” o‘yinining deb olishimiz asosida esa qo‘llanilishi quyidagicha: chigalyozish mashqlaridan so‘ng, o‘yinchilarning YUQTdaqiqada 112-124 zarba atrofida bo‘ladi, belgilangan masofani o‘yinchilar yuqori shiddatda bir oyoqda sakrab yugurgan xolda bosib o‘tishlari kerak. O‘yinning eng qizigan vaqtida shug‘ullanuvchilarning YUQT ko‘rsatkichlari daqiqada 170-180 zarbaga etadi. Bir marta yugurib o‘tish vaqti 10-12 soniyaga to‘g‘ri keladi, takrorlashlar soni 11-12 yoshlilarda 2-3 marta, 13 yoshlilarda esa 3-4 marta. Dam olish vaqti har bir takrorlashlar orasida 40-45 soniyani tashkil etadi.
“Kim bir oyoqda tez yuguradi” o‘yinining qo‘llanilish shiddati va xajmlari me’yori qator mutaxassislar tomonidan ushbu sifatni rivojlantirish yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlar xulosalariga tayangan xolda hamda mashg‘ulot jarayonida bevosita qo‘llash orqali aniqlangan.
O‘yinni 11-12 yoshli bokschilarda yuqorida belgilangan vaqtdan ko‘proq davom ettirilsa va ko‘p takrorlansa shug‘ullanuvchilar o‘yin harakat texnikasini bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar, oyoqlarida qaltiroq paydo bo‘ladi, bir oyoqda sakrab yugurish vaqtida ikkinchi oyoqlarini toliqish sababli beixtiyor erga qo‘yib yuboradilar. SHuni e’tiiborga olgan xolda yuqoridagi shiddat va xajmda qo‘llash me’yorlandi.
O‘yinni takrorlashlar sonini ko‘paytirish shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab amalga oshiriladi.
“Panja-urish” o‘yinining tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda qo‘lanilishi quyidagicha: o‘yinning davom etish vaqti 18-24 soniyani tashkil etadi, takrorlashlar soni -2-4 marta 12-13 yoshlilarda, 11 yoshlilarda esa 2 marta, ba’zi vaqtlarda darsning vazifasidan kelib chiqqan holda 3 martagacha o‘ynatish mumkin.
CHigalyozdi mashqlaridan so‘ng, shug‘ullanuvchilarning YUQT ko‘rsatkich-lari daqiqa 118-124 zarba atrofida bo‘ladi, o‘yinning eng qizigan vaqtida ularning YUQT ko‘rsatkichi daqiqada 160-180 zarba atrofida bo‘ladi, o‘yin oralig‘ida berilgan 40-45 soniya faol dam olish vaqtidan so‘ng YUQT daqiqada 124-130 zarbaga teng bo‘ladi.
11 yoshlilarda 2 marta takrorlash sonini me’yorlashimizga asosiy sabab shundaki, shug‘ullanuvchilar o‘yinni 3-4 marta takroran o‘ynagandan so‘ng, nafas olishlari juda tez sodir bo‘la boshlaydi, harakat uyg‘unligining yo‘qotilishi, gavda pastki qismining qaltirashi ba’zi vaqtlarda o‘yinni umuman davom ettira olmaslik xolatlari ham uchraydi. YUqoridagi xolatlardan xulosa qilib, ushbu o‘yinni 11 yoshlilarda 2 marta, ba’zi vaqtlarda 3 martagacha davom ettirish mumkin. Asosan 11 yoshda 2 martadan o‘ynalganda shikoyatlar bo‘lmadi. 12-13 yoshlilarda esa yuqoridagi xolatlar 3-4 marta takroran o‘ynalganda deyarli sodir bo‘lmadi. 5 marta takroran o‘ynalganda esa shug‘ullanuvchilarning o‘zlarida shikoyat bo‘lmasa-da 12 yoshlilarda 13 yoshlilarga nisbatan oyoq mushaklarida toliqish, o‘yinda belgilangan harakatlarda xatoliklar kuzatila boshladi, YUQT da ham o‘zgarish sezildi, 13 yoshlilarda bo‘lsa 12 yoshlilarda yuz bergan holatlar nisbatan kamrok kuzatildi. SHu boisdan 11 yoshlilarda ushbu o‘yinni takroran 2 marta, 12-13 yoshlilarda bo‘lsa 3-4 marta takroran o‘ynash me’yori belgilab oldik.
Xalq harakatli o‘yinlarining kuch sifatini rivojlantiruvchi samarali vosita ekanligini qator mutaxassislar o‘z manbalarida tavsiya qilganlar. Kuch sifati bokschi g‘alabaga erishishida asosiy omillardan biri sanaladi. SHularni xisobga olgan xolda yosh bokschilarning kuch sifatini rivojlantirishda qo‘llaniladigan xalq harakatli o‘yinlarini shiddat va
O‘yin nomlari
|
O‘yindan oldin YUQT
daq/uri
|
O‘yin
vaqtida YUQT
daq/uri
|
O‘yindan so‘ng YUQT
daq/uri
|
O‘yin davom etish vaqti
|
Takror
lar soni
|
Dam olish vaqti
|
To‘pni egallash
|
100-110 daq/uri
|
SHiddati kichik
|
130-150
daq/uri
|
SHiddati o‘rtacha
|
120-126 daq/uri
|
SHiddati kichik
|
90-120
soniya
|
2-4
marta
|
60 soniya
|
Tarvuzni otish
estafetasi
|
106-112
daq/uri
|
140-160
daq/uri
|
110-120 daq/uri
|
90-120 soniya
|
3-4
marta
|
60 soniya
|
Qatorlar o‘rtasida
tortishuv
|
100-120 daq/uri
|
130-160
daq/uri
|
110-120 daq/uri
|
90-120 soniya
|
2
marta
|
60 soniya
|
Ho‘rozlar jangi
|
110-120 daq/uri
|
130-160
daq/uri
|
108-124 daq/uri
|
90-120 soniya
|
2-3 marta
|
60 soniya
|
Aravachalar
musobaqasi
|
108-114 daq/uri
|
130-160
daq/uri
|
108-116 daq/uri
|
90-120
soniya
|
2-3
marta
|
60 soniya
| xajmlarini me’yorlab oldik [9-jadval].
Do'stlaringiz bilan baham: |