Мунаввар қори абдурашидхонов



Download 0,8 Mb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#779825
  1   2   3   4
Bog'liq
Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va pedagogik faoliyati


MAVZU:MUNAVVAR QORI


ABDURASHIDXONOV HAYOTI VA PEDAGOGIK FAOLIYATI



Reja:



  1. Munavvarqorining hayotiy faoliyati

  2. Munavvarqorining ta’lim tarbiya haqida fikrlari

  3. Munavvarqorining ta’lim tarbiyaning mohiyati haqida qarashlari.

O‘zbek xalqining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, milliy ozodlik uchun o‘tgan asr boshlarida olib borilgan kurash rahnamosi Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati mustaqillik sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Sababi, sobiq hukumatning milliy mustaqillik va ozodlik uchun kurashganlarga munosabati aniq edi. Sho‘rolar imperiyasining tarkibiga kirgan barcha xalqlar uningtemir panjasidan tashqarida yashashlari mumkin emas edi. Shu bois ozodlik va mustaqillik uchun kurashchilar, shu fikrda bo‘lgan va allaqachonlar maxv etilgan ziyolilar faoliyatini o‘rganishga yo‘l berilmadi. Garchi ommaviy jazolashga uchramagan bo‘lsalarda Behbudiy, Abdulla Avloniy, Mirmulla va Mirmuxsin Shermuhammedovlarning ijodiy faoliyatini o‘rganish umuman to‘xtatib qo‘yildi. SHo‘ro hukumatining birinchi raqamli dushmani deb atalgan, o‘zbek istiqlolchilarining yo‘lboshchisi Munavvar qori faoliyatini tadqiq etish ta’qiqlangan edi.


XX asr o‘zbek ziyolilari tomonidan «ma’naviy pir», «millat yo‘linda, millat istiqbolidagi buyuk maqsadlar uchun kecha-kunduz tinmay ishlab yotgan mil-latxodimi» deb yakdil tan olingan, shoir Tavallo tomonidan:
«CHo‘qmunavvar etdi olamni Munavvar qorimiz, Ko‘rdimiz ravshanligidan fe’limiz, atvorimiz. Ibrat oling, yoshlar, deb to‘kdi ko‘zdin yoshlar. Nutqida tahrir etib bizlarni yo‘qu borimiz...»
deb madh etilgan Munavvar qori Abdurashidxonov (1878 — 1931) Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent shahridagi Eshonquli dodxoh va Buxorodagi Mirarab madrasalarida tahsil olgan. Turkistonda milliy matbuotga asos soldi va 1906 yilda «Xurshid» gazetasini nashr etdi. I.Obidiy muharrirligida nashr etilgan «Taraqqiy» gazetasini har jihatdan boshqardi, «Jamiyati imdodiya» (Xayriya jamiyati 1909)ni tashkil etdi, «Sadoyi Turkiston» (1914), «Al Isloh» (1915), «Najot», «Kengash» (1917) gazeta-jurnallariga muharrirlik, rahnamolikqildi, birinchilar qatori yangi usuldagi maktablarni ochdi va uning programmasini yaratdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1917 yilda milliy maktab, o‘qituvchilar tayyorlash kurslari hamda 1918 yilda uning rahbarligida Turkiston dorulfunini ochildi.
O‘zbek tili darsligi bevosita Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligida yaratilib, xalqimizga «Adibi avval», «Adibus soniy», «O‘zbekcha til saboqligi» tarzida taqdim etildi. SHuningdek, u bolalarga bag‘ishlab yozilgan qator she’r va hikoyalar muallifi sifatida o‘zbek bolalar adabiyotini boshlab bergan adibdir. Millatimiz madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Hamza, Elbek, Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiev, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uyg‘ur kabi adiblar, olimlar, san’atkorlar, davlat arboblari Munavvar qori Abdurashidxonovning shogirdlaridir.
Munavvar qori Abdurashidxonov yangi o‘zbek teatrining poydevorini qurgan siymolardan biridir. U 1913 yilda o‘zatrofidagi tengdoshlari va yoshlarni uyushtirib «Turon» madaniy — ma’rifiy, qolaversa, siyosiy tashkilotini tuzadi. U rasmiy ravishda «Toshkent shahridagi «Turon» musulmonlar drama san’ati havaskorlari jamiyati» deb atalgan. Bu jamiyat o‘z rasmiy programmasi, ustavi va ko‘krak nishoniga zga bo‘lgan yagona milliy jamiyat bo‘lib, atrofiga yangi usuldagi maktab o‘qituvchilari va havaskor artistlarni uyushtirgan. Jamiyat nizomi ukrain va yaxudiy teatrlarining nizomlarini tanqidiy o‘rganish va mahalliy sharoitga moslashtirish yo‘sinida tayyorlangan. U 73 moddadan iborat. Bu moddalarni ishlashda jamiyatning huquqshunos a’zolari U.Xo‘jaev va T. Norbo‘tabekov bilan birga Munavvar qori Abdurashidxonov ham ishtirok etgan. SHu bois nizomning 73-moddasida jamiyat muassislari: U.Xo‘jaev, T.Norbo‘tabekov, K.Norbekov, AAvloniy, M.Poshshaxo‘jaev, BAsadullaxo‘jaev, N.Isomiddinxo‘jaev, K.Boboxo‘jaev nomlari qatorida №3 raqami ostida Munavvar qori Abdurashidxonovning nomi yozib qo‘yilgan. Binobarin, u nomlari zikr etilgan kishilar bilan birga jamiyat mafkurasi va artist-rejissyorlarning faoliyatini va vazifasini belgilash masalasida faol ishtirok etgan.
Nizomda asosan quyidagi to‘rt modda ko‘zda tutilgan:
1. Toshkent shahrida «Turon» nomli musulmon drama san’ati havaskorlari Jamiyati tashkil etiladi, maqsadlari quyidagicha:
a) aholi o‘rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabat — muhabbatni rivojlantirish; b) xalq uchun spektakl ko‘rsatish, unga sog‘lom tomosha berish va v) Turkiston o‘lkasi hududida yashovchi muhtoj ahli muslimning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilash uchun moddiy yordam ko‘rsatish.
2. Ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun Jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va boshqa ommaviy tomoshalar o‘tkazish huquqiga ega. O‘z nomiga klub va musiqa kurslari ochadi, o‘zining kutubxona va qiroatxonasiga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich maktablar ochish va saqlash, muxtojlarga, jumladan, o‘quvchilarga yordam puli berish, o‘rta va oliy maktablarda o‘qishni davom ettirish uchun stipendiya to‘lash, shuningdek, davlatnikimi, xususiymi, jamiyatnikimi — qanday tizimda bo‘lishidan qat’iy nazar, mavjud hayriya va ma’rifat muassasalarini moddiy quvvatlash.
3. Mavjud hayriya va ma’rifat muassasalari — davlatnikimi, xususiymi yo jamiyatnikimi —baribir, «Turon» jamiyati spektakllar, konsertlar va boshqa xalq sayillarini tashkil qilish bilan bog‘liq harajatdan tashqari sof foydaning 20 foizini ushlab qoladi, bu miqdor mazkur Nizomning 42-moddasida ko‘rsatilgan sarfni qoplashga ishlatiladi.
4. Jamiyat «Toshkent shahridagi «Turon» nomli musulmonlar drama san’ati havaskorlari jamiyati» deb yozilgan muhriga egadir».
Nizom to‘rt qism: «Jamiyatning tarkibi», «Ijrochi a’zolarning vazifalari», «Jamiyatishlarini boshqarish», «Jamiyat boshqarmasi»dan iborat. Teatr va artistlar, rejissyorlar, boshqaruv, ko‘chmas mulk masalalari atroflicha muhokama qilingan va belgilangan bu «Nizom» o‘z davri va malakali teatr tomon ilk qadamini tashlagan jamoa uchun katta vazifalarni yuklagan va jamoatchilik ko‘z oldida jiddiy va vatanparvar tashkilot sifatida haybatini ko‘rsatgan edi.
Milliy teatr tarixini yaratgan M.B.Solihov, Q.Ramazon, A.Avloniy, CHo‘lpon so‘zlariga ko‘ra o‘z faoliyatini 1912 yildan boshlagan o‘zbek teatri 1913 yilda keng omma orasida o‘z spektakllarini ko‘rsatgan bo‘lsada, biroq hukumat tomonidan teatr truppasi sifatida tan olingan holda, o‘zining rasmiy faoliyatini — ilk mavsumini 1914 yil 27 fevralda boshlaydi. Teatrning ilk rejissyori Zoki Boyazidskiy — Valeevning so‘zi bilan aytganda, o‘zbek teatri «milliy dramaturgiya, milliy til, milliy artistlar tayyorlagan» asarini ko‘rsatadi. Spektaklning Munavvar qori Abdurashidxonovning nutqi bilan ochilishi uning faqatgina jamiyatda emas, balki butun o‘zbek xalqi oldida tutgan o‘rni va rolini namoyon etadi.
Toshkent shahrining eng katta teatri Kolizeyda, o‘zbek, rus, tatar, yahudiy tomoshabinlari — omma qarshisiga peshvoz chiqqan ulug‘ adib o‘z xursandchiligini yashira olmaydi. U Toshkentda avval ham milliy tilda bir necha spektakllar o‘ynalganini ta’kidlar ekan, teatr san’atining mazmun — mohiyatini tomoshabinga quyidagicha taqdim etadi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o‘ynalmag‘onligi barchangizga ma’lumdir. SHul sababli ba’zi kishilarimiz teatrga ehtimolki, o‘yinbozlik yohud masharabozlik ko‘zlari ila boqurlar. Holbuki, teatrning ma’nosi «ibratxona» yoki «ulug‘lar maktabi» degan so‘zdir, Teatr sahnasi har tarafi oinaband qiling‘on bir uyga o‘xshaydurki, unga har kim kirsa, o‘zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko‘rib ibrat olur».1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o’zbeklar uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlov bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi. Unda Fitrat ona tilidan, Kamol Shams arifmetika va geo-metriyadan, Haydor Shavqiy gigiena, gimnastika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo’limning ochilish marosimida Munavvar qori nutq so’zlab, insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdon uyg’onmasligini, vijdon uyg’onmasa na o’zini, na xalqini erkin muhofaza qila olishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi:
«...asrimizda esa insonlarni milal soira (o’ziga millat —mualliflar) tarafidan doim bir nazar tahqir ila ko’rungan Turkiston millatini qutilaturg’on va qutiltiraturg’onlarni tayyorlaydigan yolg’iz muallimlar bo’lg’onidan, muallimlarning Turkistondagi jaholatni yiqub, millatni bu razolatdan, bu jaholatdan qutqarmoqlarini tamomila va bu kunda hukumatlarni bir-birlari ila bo’lgan mujdalari, muharabalari ham bir millatni boshqa millatga dushmanligidan emas, balki jahl birla ilm g’avg’osini, yashasin ilm va ma’rifat!
So’nggi ikki yil ichida Turkiston xalqining boshiga kelgan falokatlar har bir yolg’iz nodonlik va maorifsizlik orqasindagina bo’lg’onligi har kimga ma’lumdir. Kelajakda bunday falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va dushmanlardan saqlamoq yolg’iz sanoyi’ va maorif vositasi ilagina mumkindir» .
Ha, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan sizib chiqqan so’zlar edi.
Munavvar qori ovro’pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda asosan dunyoviy fanlar o’qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g’oyasini ham ilgari suradi. Bu qarashlarini – u 1923 yil iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida bayon etgan, 1923 yilda bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o’qitilganligi ma’lum.
Munavvar qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif bo’limi muboshiri (inspektori) bo’lib ishladi, o’sha yili 23-25 martda bo’lib o’tgan II–Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo’limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do’stlari va shogirdi Qayum Ramazon va Shorasul Zunun bilan hamkorlikda uch bo’limdan iborat «O’zbekcha til saboqlari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi. Ustoz Munavvar qorining o’sha ta’lim-tarbiya bilim yurtidagi faoliyati to’g’risida hazratning shogirdi: jumhuriyatda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, keksa yozuvchi Rahmat Azizxo’jaev shunday deb yozadi:
«Men 1926-27 o’quv yilining ikkinchi yarmida, kechikib bo’lsa-da, o’qishga kirganimda Munavvar qori ona tilidan saboq berganlar. U kishi saboqxonamizda mendan imtihon olgani, birinchisidan yaxshi o’tganim hali-hali yodimda. Dars o’tganlarida ba’zi muallimlar kabi kitob-daftarga qaramas, ortiqcha bir og’iz so’z aytmas, qunt bilan dars tinglar, kitoblardan ko’ra saboqlaridan ko’proq bahramand bo’lar edi. Puxta bilim olish uchun, ko’proq insho yozdirib, ularni tekshirishdan zerikmas zdilar...
Men ustozga «O’tgan kunlar» romanini o’qiganligim va undagi o’zim tushunmagan ba’zi arab-fors so’zlarini yozuvchimiz Abdulla Qodiriyga uchrashib, aniqlab, yaxshi maslahatlar olib kelganimgacha aytar ekanman, u kishi xursand bo’lib, bosh irg’ab, ma’qulladilar. So’ng jiddiy tus olib, dedilar: «Xalqimiz o’qirmikin, ko’zlari ochilib maktab-ma’rifat yo’liga astoydil bel bog’larmikan?» Kitob, gazetalarni orqalagan, turli ta’qiblar ostida qolgan kunlarni esladilar. So’ng, chehralari yorishib: «Mana, sizlar, endilikda xalqimiz bolalariga ta’lim berishda ziyo tarqatuvchilar bo’lursizlar», dedilar. Ustoz talabalar yozgan insholar haqida to’xtab, mening yozgan inshoimni namuna sifatida baholadilar. Quvonar edim, ammo quvonchim uzoqqa cho’zilmadi.
Mart oyi edi shekilli talabalardan kimdir «Adabiyot parchalari», she’rlar to’plamini olib keldi, u saboq chog’i: «Qori aka, shu kitobdagi mana shu she’rni bir o’qiylik», deya iltimos qildi. Shunda qori yana qo’llar bilan rad etib, «Yo’q o’qimang, u Cho’lponning she’ri, hozir uni mafkurasi buzuq deb tanqid etishgan... Ammo talaba esa, keling, bir o’qiylik, dedi-yu, Cho’lponning «Buloq boshida» she’rini o’qidi. Shunday qilib, hech kim kutmagan hodisa yuz berdi, kelasi hafta ustoz saboqxonaga zo’r hayajon bilan kirib kelib, qo’llaridagi gazetani baland ko’tarib, dedilar:
— Mana, sizlarga nima degan edim?! Nima degan edim? Mana, Akmal qurultoyda meni Cho’lponning she’rlarini talabalarga o’qitib, ularning miyasini zaharlabdi, dedi. (Ushanda Samarqandda Uzkomfirqa qurultoyi kunlari edi.)
Oradan ko’p kun ham o’tmadi. Darsxonamizga «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasining muharriri Abdusalom Niyoziy kirib keldi. U qori aka haqida so’ragan bo’ldi, talabalar bo’lgan gapni aytib berishdi. Kelasi sabog’imizda esa biz xalqimiznnng fidoiy farzandi, ma’rifatparvar ustozimiz Munavvar qori hazratlarini boshqa ko’rmadik» .
Darhaqiqat, Munavvar qori ana shu xulosadan so’ng 1926 yili GPU tomonidan qamoqqa olinib, «yovuz niyatli jadid va turkparast», «millatchi», «Xalq dushmani» sifatida 1931 yilda otishga hukm etildi.
Aslida Munavvar qori millatchi ham, islomparast ham, turkparast ham emasdi. «Ovro’pa va Omriqo xalqlari havoda uchar, dengiz ostida suzar, dunyoning eng narigi burchaklari bilan vositasiz xabarlashar, bir holg’a, bir madaniyatga etishdilar» , deganda xalqimizni kallavaram bo’lib qolmaslikka, umumjahon madaniyati yutuqlaridan bahramand bo’lishga undagan edi. U o’z xalqining hur, millat sifatda shakllangan, ijtimoiy-siyosiy jihatdan barkamol bo’lishini orzu qilgan va shu yo’lda istiqlol uchun kurashgan edi. Uni mana shuning uchun ham qurbon qilishdi.
Munavvar qorining pedagogik qarashlariga to’xtaladigan bo’lsak, insonlarni faqat olijanob fazilatlarga, yoshlarni esa halol mehnat qilishga, ilm-ma’rifat va kasb-hunar o’rganishga, rostgo’y bo’lishga chorladi. Masalan: «Bizda hamiyat» hikoyasida bayon etilishicha, yo’lda suhbatlashib turgan ziyolilar oldidan ko’zi ojiz etim bola chiqib qolib, ulardan sadaqa. so’raydi. Ulardan biri achchiq til bilan ishlash, o’qish kerakligini uqtiradi. Bola ojiz va majolsiz ekanini aytadi, shunda boyagi ziyolilardan biri o’zining jahldorligini fosh etib, jahl bilan: «Ovro’paliklar ko’r, quloqsiz kar va hokazo o’qimog’i mumkin bo’lmagan insonlarga maxsus maktablar ochganlar va u maktab-dardan ko’r, karlardan o’qib chiqqan insonlarniig had va hisobi yo’q, sen ham shundog’ maktabda o’qshi», deydi. Bola ziyolining nodonligi va jaholatparastligini shunday go’zal iboralar bilan fosh qiladi! «Siz bu so’zlaringizni qaysi erda so’zlayursiz? Berlindami, yo Londondami, o’zingizni zan etarsiz... aqlingiz qaerda?
«O’z qilmishidan mulzam bo’lgan ziyolining chehrasi burishadi. Do’stlaridan arazlaydi». Murabbiy Munavvar qori asar qahramoni tilidan gapirib, haqiqiy, ya’ni madaniyatli va aql-farosatli, ziyoli qanday bo’lishi kerakligi haqida shunday deydi: «Ziyoli millat, Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va millatning taraqqiysi uchun doimo harakat etar. Vaqti kelganda millat uchun o’zini halokat kartasiga tashlamoqqa muhayyo bo’lur...
Millat, vatan, madaniyat... shunga o’xshash so’zlarni bilmak bilan ziyoli bo’lmaydir» .
II Inson o‘zi haqidagi haqiqatni har vaqt ham qabul qilavermaydi, ayniqsa, o‘zgalar tomonidan aytilganini, binobarin jamiyatham. Ammo «husn va qabiha»ni u kimnikidan bo‘lishidan qat’i nazar sahnadan ko‘rsatilsa jamiyat ham, inson ham o‘zini tarbiyalashga tushadi. CHunki sahnaning tig‘i insonni jig‘iga tegmasdan ahloqini, ma’naviyotini, ruhiyatini taroshlaydi. Qaerda, qanday o‘rin va holatda bo‘lishiga qaramay sahna degan ko‘zgu qilich yalang‘ochlab uni ta’qib etaveradi. Oxir-oqibat taslim bo‘lishga majbur etadi. SHuning uchun Munavvar qori «teatr sahnasiga chiqib, yuziga un surtib, bir masharaboz shakliga kirgan zotlar go‘yoki tabibi hoziq misolidadir», deb artist va rejissyorlarga yuksak baho beradi. YOshlikdan keng miqyosda diniy tarbiya ko‘rgan kishining teatr san’atining tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida elga namoyon bo‘lishi o‘sha davrda kutilmagan voqea bo‘lgan. Ammo u san’atning tarbiyaviy quvvatiga tan berdi, shu sababli do‘sti Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» asarini malakali ravishda elga taqdim qilishda jonbozlik ko‘rsatdi. Buuning dunyoqarashi nihoyatda kengligidan, bilimining ko‘lamdorligidan, tafakkurining teranligidan dalolatdir.
Ulug‘ adib bunday xulosaga kelishidan avval taraqqiy etgan, madaniyatli xalqlar ma’naviy hayoti bilan, shu bilan birga teatr san’atini yaqinlarda qabul qilgan usmonli turk, ozarboyjon, tatar xalqlari madaniy hayotida bu san’at turining tutgan o‘rni va roli bilan yaxshi tanishgan. SHu bois o‘zbek tomoshabinlariga: «Biz shu zotlarga (ya’ni teatr san’atkorlariga) va teatrlarga qanday ko‘z ila boqmog‘imiz kerak?» —degan savol qo‘yadi va o‘zi: «Muni o‘rganmak uchun biz o‘zimizdan boshqa mutaraqqiy millatlarga boqaylik: misola, ustimizga hokim bo‘lib turg‘on ruslarg‘a va boshqalarg‘a. Ko‘p uzoq ketmaylik, eng yaqin qo‘shnilarimiz bo‘lg‘on totorlarg‘a va Kofkoz musulmonlariga», deb javob bergan. Agar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida SHekspir, SHiller, Gyugo, Russo asarlari turk va ozar tillariga, Tolstoy, Ostrovskiy va Gogolning ayrim asarlari tatarchaga va shundan keyin o‘zbekchaga ag‘darilganini hisobga olsak, uning fors, arab, turk, tatar, rus tillarini bilishini e’tiborda tutsak, Munavvar qori yuqorida bayon qilingan fikrlarga chuqur kuzatish va o‘rganish orqali kelganiga iqror bo‘lamiz. Bundan tashqari u taniqli turk dramaturglari Nomiq Kamol, Abdulhaq Homid, faylasuf shoir Tavfiq Fikrat, Ozarboyjon fahri Mirza Fathali Oxundov, J.Mamatqulizoda, N.Vezirov, A.Haqberdiev, M.Ordubodiy kabi dramaturglar, tatar faylasuf olimlari Rizoiddin Fahriddinov, Muso Jorulloh, Ziyoiddin Kamoliy, dramaturglardan A. Kamol, S.Romeev va boshqalarningasarlari hamda ijtimoiy fikrlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Adib, ayniqsa, Oxundov hayoti va faoliyatiga alohida bir muhabbat bilan qaragan va uni o‘zbek ziyolilariga ibrat qilib ko‘rsatgan. U Oxundov tufayli ozar xalqi katta ishlarni amalga oshirganini ta’kidlar ekan, milliy teatrni tashkil etgan «Najot» jamiyatining san’at «millatning nomusi va obro‘sini xifz qilur» degan xulosasiga qo‘shilgan.
III Munavvar qori millatobro‘sini o‘zininghayoti mazmuni, uni rivojlantirishni asl maqsadi deb bildi. Elining nomusi, obro‘sini saqlash payida yurgani uchun: «Bizim Turkiston mamlakati tufrog‘, suv va havo jihatidan eng boy mamlakatlardan bo‘la turib, na uchun o‘zimiz bundan foydalana olmaymiz?» deb dard chekdi, xalq manfaati uchun ayovsiz kurashga bel bog‘ladi. «Mana, ketama-ket etgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo‘qdir. Bu nodonlik va olamdan xabarsizlik, balosidan qutulmak uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarningbuzuqligini bilmak va o‘rganmak kerakdir», —deydi adib.
U teatr san’atiga «buzuq odatlarning buzuqligini bilmak» va tuzatmak muassasasi, yuqorida aytilganidek, «tabibi hoziq» deb qaradi va bu yo‘lda katta ishlar olib bordi, xususan tor fikrli kishilarning teatr san’atiga qarshiligini sindirdi. «Turon» truppasining 1914 yildan 1924 yilgacha faoliyati fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Millat xodimi, teatr jonkuyari Munavvar qori Abdurashidxonov yosh shoir va adiblarni ham ma’naviy, ham ijodiy qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, shoir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziyga samimiy yordam ko‘rsatgan. Buni Hamzaning «Sayohat vaqtlarinda oxirgi muhabbat ila ortdirdig‘imiz ahbobningadres va ma’lumot tarixlari» qaydlaridagi bitiklari ham tasdiqlaydi. U tanishlari haqida ma’lumot berar ekan, shunday yozadi: «9-nchi Pirlardan: muhtaram ustozi oliy muallim Munavvar qori Abdulmajidxon o‘g‘li ... Adreslari: Eski Toshkand, SHayxantaxur, usuli savtiya maktabida, mahalla Mehrobodda, muloqotimiz 1908-nchi milodiy 11-nchi dekabrda». Hamza mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘zining piri, ma’naviy ustozi bilan ko‘p marta uchrashgan va doim maktub orqali aloqa qilib turgan. Buni Hamzaning quyidagi xatlari va Munavvar qorining javoblari ham tasdiqlaydi. Masalan, Hamza 1915 yil oktyabr — noyabr oylarida piriga ushbu maktubni yo‘llaydi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish