Мунаввар қори абдурашидхонов



Download 0,8 Mb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#779825
1   2   3   4
Bog'liq
Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va pedagogik faoliyati

Isloh qilib yuborsangiz avvalgi shart ila buni ham bostirub, nashr etmak niyatidaman.
«Engil adabiyot»ingizg‘a kelgoncha namunalaridan ma’lum o‘ldig‘ina ko‘ra vazn jihatidan shogirdlar uchun ko‘p yaxshi tartib etilgan ko‘runadir. Faqat til, ma’no va mazmun jihatidan ham bir oz soddaroq o‘lsa edi, daho muvofiqroq ulurdi. CHunki yangigina adabiyot boshlamish yosh shogirdlarga suv ostida kezuv, havoda uchuv, hamiyat, jasorat, millat va milliyat kabi mushkul masalalardan va quruq nasihatlardan ko‘ra, bolalarni inson va hayvonlarning harakat va sukun otidin alhosil bolalarning quvvai fikriya va aqliyalari etushadurg‘on masalalar topub, mumkin qadar engil va turkiy so‘zlar topub, she’r qilub bermak foydaliroq o‘lsa kerak. Tajriba ham ko‘rsatadurki, shogirdlarg‘a hozirgi she’r kitoblarimizning vazni emas, lug‘at va mazmunlari og‘irlik qiladir.
Sonian: Sizning maktubingiz ila barobar eski Marg‘inondan, Akbarali Umarzoda imzoli bir maktub oldim. Avval, maktubda janobingizni ham imzoingiz o‘ldig‘indan alohida javob yozmay, ushbu maktubda javob yozaman. Buxususda Umarzoda janoblaridan manim uchun afv o‘tinursiz.
Teatr va konsertlarg‘a javob, o‘shal o‘ynalajak shaharning hokimidangina olinur.
Faqat munda rijotidin hokimni ogohlantirmak lozim. Agarda Toshkandga kelub teatru va konsert qo‘ymoq niyatida o‘lsangiz, loaqal bir hafta burunroq kelub ijozat, e’lon va joy va biletlar sotuv kabi harakatlarning barchasini shunda qilursiz. Tomoshaga qo‘yilajak narsalarni e’long‘a yozub, barchasiga birdan Toshkand hokimidan ijozat olursiz.
Boqiy ihvat do‘stingiz
Munavvar qori.
1916 yil, 1 yanvar».
Hamza va Munavvar qori o‘rtasida yozishmalar ko‘p. Ammo biz Munavvar qorining bevosita teatr va tahrir bilan bog‘liq uchta maktubini ajratib oldik. Sababi, bilibmi, bilmaymi, 30 yillarning ashaddiy tanqidchisi va Hamza ijodining targ‘ibotchisi Sotti Husayn shoirga bag‘ishlangan maqolalaridan birida Munavvar qorining nomini keltirmay, u Hamzaga asaridagi ayrim nobob so‘zlarni harakatda, faoliyatda ko‘rsatishni uqdirgan tavsiyalarni olib, uni shoirga dushman qilib qo‘ygan. Bu narsa keyingi davrlarda ham Hamza ijodi targ‘ibotchilarining ko‘pgina asarlariga tekshirilmay ko‘chirilgan. Oqibatda Hamza ijodiga dushman kishi qiyofasi shakllantirilgan. Ammo Munavvar Qorining yuqorida keltirilgan maktublaridan ko‘rinib turibdiki, Hamza ijodi sira ham kamsitilgan emas, balki unga uslub jihatdangina taklif berilgan, xolos. Hamza o‘z sahna asarlari xususida ustozi bilan tez-tez fikr almashgan va ularni bostirish haqida yordam so‘rab murojaat qilib turgan. Munavvar qorining Hamzaga 1916 yil 4 aprelda yozgan javob xatida: «Teatru kitoblaringizdan birini surob-da, maktub yozilgan edi» jumlasi va Hamzaning o‘z xatlaridan birida «sahnaga quyulmog‘i jamiyattarafidan maqbul ko‘rilib, bir vaqtga mavquf qoldirilgan bo‘lsa...» va «risolalarni butun qoldirib» degan so‘zlari shunga ishorat.
Munavvar qorining yuqorida keltirilgan maktublaridan shu narsa ayon bo‘lyaptiki, gap asosan, Hamzaning «Feruzaxonim», «Milliy ashulalar», «Turdiqul», «Ikki maktub» nomli asarlari («kitobingiz» so‘ziga e’tibor bering) haqida boryapti. Biroq maktubda so‘nggi asarning janri haqida hech gap yo‘q. Ammo «Feruzaxonim» ayrim tadqiqotchilar o‘ylaganidek, «Zaharli hayot» dramasining birinchi nusxasi bo‘lmay, nasriy asardir. Tadqiqotchilarni «eshon», Mansur, Feruza obrazlarining «Zaharli hayot» personajlariga hamohangligi va «mal’un» kabi so‘zlarning ishlatishi chalg‘itgan ko‘rinadi. Munavvar qori esa asarning janrini aniq ko‘rsatib, yozadi: «chunki romanga ruh kiritadurg‘on va o‘quvchini qiziq sindiradurg‘on o‘rinlari shul...»
Demak, «Feruzaxonim» Hamzaning taqdiri noma’lum romanidir.
Maktublardan yaqqol sezilyaptiki, Munavvar qori doimo shoir oldiga to‘g‘ri talablarni qo‘ygan va hamisha shogirdining ijodiga hayrixoh bo‘lgan. Bundan tashqari, uning yaxshi uslubchi ekanligi ko‘zga tashlanyapti.
Munavvar qorining Hamzaga yozgan o‘ndan ortiq xatlari va Hamzaning ustoziga yozgan yoki u haqida fikr bildirilgan talaygina maktublar saqlangan. Maktublarga va matbuot materiallariga qaraganda, ustoz va shogird o‘rtasidagi ijodiy aloqa uzoq davom etgan. Hamza turli-tuman kitoblar, tarjimalar olib turgan, ularni Munavvar qori yordamida nashr ettirishga intilgan va o‘zining iqtisodiy ahvolini yaxshilab olgan. Uning 1917 yil 10 oktyabrda Toshkentga kelib, Munavvar qori bilan uchrashgani ma’lum. U bir qog‘oz parchasiga: «1917-nchi 9-nchi oktyabr, dushanba kuni Saidnosir afandi uyiga Kabir Bakir, Farid Tohiruf, chinovnik (A.) Divaevlar bilan bo‘lishdik...». «SHul kun ertasi Munavvar qori hamda Pirimursalzoda Qopqoziy Fahmiddinlar bila bo‘ldik. (Piri) Mursalzoda bir she’rimni yozub oldi. 11 oktyabrda 10-nchining oqshominda ketushdilar» deb yozgan. Demak, Munavvar qori Hamzaning Kavkaz ziyolilari bilan aloqasini mustahkamlamoqchi bo‘lgan va shu niyatda ular bilan tanishtirgan.
Munavvar qori shoir uchun tom ma’noda pirlik vazifasini o‘tagan va shogirdini doimo qo‘llab-quvvatlagan. Uning ijodiga keng yo‘l ochgan. Afsuski, ikki adib, ustoz-shogirdning 1921 yildan keyingi aloqalari noma’lum. CHunki bu davrga kelib Hamza ijodiy ishlardan biroz chekingan, Munavvar qori esa «Milliy ittihod» tashkilotining ishi bilan Buxoroga ketib qolgan edi. Munavvar qori arxivining GPU xodimlari tomonidan kuydirilishi, Hamza arxivini to‘la o‘rganilmay qolgani ko‘pgina masalalarni, xususan Munavvar qori va Hamza munosabatlarini kengroq yoritishga imkon bermaydi. Biroq «noumid shayton», deganlaridek kelajak tadqiqotlar bu masalaga yanada kengroq oydinlik kiritadi, deb o‘ylaymiz.
XX asr o‘zbek milliy uyg‘onish davri qahramoni Munavvar qori Abdurashidxonovning yosh umri sho‘ro-lar hukumati tomonidan bevaqt mahv etilgan bo‘lsa-da, biroq u hamon barhayot. U poydevorini qurgan milliy teatrning faoliyati shunday demoqqa to‘la asos beradi.

.


XULOSA
Chor xukumati mustamlakachilik maqsadini kuzlab, 1884 yil­dan Turkistonda maxalliy xalq bolalari uchun rus-tuzim mak­tablari» deb yuritilgan maxsus maktablar ocha boshladi. Asosan. bu maktablar rus siyosatini amalga oshirish uchun xizmat kilar edi. Maxalliy xalq endi ikki tomonlama ezila boshladi. Avval maxalliy xukmdorlar tomonidan ezilsa, endilikda chor xukuma- tining zulmkor siyosatidan azob cheka boshladi. SHunday bir paytda maxalliy ziyolilar o’rtasida xalqni uygotishga moyillik sezila boshladi. Ular, birinchidan, mustamlakachilik okibatida, ikkinchidan tashki ta’sirlar natijasida yota boshlagan edi. Bular taraqqiyparvar jadidlar bo’lib. Turkiston ulkasida maorif soxasida islox o’tkazish kerak degan masalani o’rtaga tashladilar. Manavvar Qori mana shu islox tarafdorlarining boshida turuvchi ma’rifatparvardir. U mustamlakachilikdan kutulishni yo’li xalqini keng ma’noda savodli, ilm - ma’rifatli qilish deb xisoblaydi. Munavvar Qori eng avvalo oldingi Sharq mutafakkirlari an’analarini tiklash maqsadida amaliy ishlar olib bordi.
Ulkada jadidlar tomonidan dadil ravishda darsliklar yozila boshladi. Saidrasul Aziziyning «Ustsdi avval» darsligidan keyin usuli jadid maktablari uchun kuplab o’quv darsliklari yara- tildi. Munavvar Qorining «Adibi avval» /»Birinchi mual­lim»/, «Adibi soniy» /»Ikkinchi muallim»/, «Jug’rofiya» /»Er yuzi»/, «Xavoyiji diniya» /»Ibodat qoidalari»/ asarlari XX asr boshlaridagi ma’naviyatimiz tarixida asosiy o’rinni egallaydi. U Turkiston maorifini yuksaltirishga butun umrini bagishlaydi. CHunki millat obrusini kutarish va rivojlantirishni o’zining asosiy maqsadi deb billi,
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida Toshkent shahrida «Turk uchogi» ilmiy - madaniy jamiyatini tuzdi. Ushbu jamiyat «Turkiston milliy tug ostiga tuplab, alarga milliy rux, milliy g’oya va milliy tar­biya bermok, milliy urf - odatlarimizga mavofik sur’atda ilm va ma’rifatlarimizni tijorat, ziroat va san’atimizni rivojlantirib, chin bir turk madaniyati vujudga keltirmak va shutarika millatimizning ruxiy va jismoniy quvvatini orttirish maqsadida» tashkil etildi. Taraqqiyparvar inson, millat ma’­rifatli bulmasdan turib vijdoni uygonmasligini aytadi. U nodonlik va mustamlakachilikdan va barcha falokatlardan kutulish- ning yo’li maorif vositasi deb biladi. Ammo Munavvar Qori va uning safdoshlari atrofida bu xayrli ishlarga ok podshoning maxfiy kishilari fob bo’lib turar edi. Ayni paytda u milliy matbuot uchun ham kurashdi. Jadidlar ulkada bir nechta rus ti­lida chikayotgan matbuot borligi, o’zbek tilida birgina matbuot chikayotganligidan, u ham bo’lsa, rus mutamlakachilik siyosatini amalga oshirilayotganligidan norozilik bildiradilar. SHundan sung munavvar Qori va uning safdoshlari taziyikka uchraydi. Kup utmay, Munavvar Qori kamaladi va uz boshidan ogir kiyin- chiliklarni o’tkazadi, Sunggi bor uni 1929 yilda xibsga olishadi. SHundan sung u turrisida hech kim hech narsa eshitgan ham ko’rgan ham emas.
Munavvar Qori Abdurashidxonov 53 yil umr kurdi. Bu umr- ning 30 yili xalqning ma’rifati va kelajagi uchun kurash bilan utdi. U uz xalqining xur millat sifatida shakllangan, ijtimo- iy-siyosiy jixatdan barkamol bo’lishini orzu qilgan va shu yo’lda kurashgan. . Uning ijodi va faoliyati keyingi taraqqiyotparoar- larga urnak bo’ldi va ularga kuchli ta’sir ko’rsatdi. CHulpon, Hamza Xakimzoda Nieziy, Abdulla Avloniy, Abdulla Kodiriy, Ubaydulla Xujaevlar Munavvar Qorining maslakdoshlari edi.
Munavvar Qori Abdurashidxonov o’zbek pedagoglari orasida xalqimizning kolokligi va amaliy faoliyatida birinchilardan bo’lib tadkik etgan siymodir. U millatdoshlarini axlokli,tar­biyali bo’lishiga va ularni oliy maqsadga - istiqlolga chorladi. U o’zining ismiga mokand inson sifatida ilm qildi. Millatimiz kalbiga ma’rifat va ozodlik, erk va xurlik no’rini sochib. hayotning sertashvish yo’llarini munavvar xilishga intilgan allo- ma edi. U yaratgan asarlarida insonni kamolotga yetkazish, mehrli va oqibatli bo’lish, raxm va shafqatli hamda xalqka nafi tegadigan inson bo’lish kerakligini ko’rsatib utdi.
Munavvar Qorining ma’rifiy, siyosiy va ijtimoiy qarashlari alohida o’rganilmogi lozim.
U yaratgan ijodiy meros Turkiston ulkasining jadid davri bo’lgan ma’rifatparvarlik yunalishidagi harakatini keng tadxik qilishida asosiy manbalardan xisoblanadi.
Respublikamiz milliy mustaxillikka erishgach,gazeta va jurnallarga ommaviy axborotning boshqa vositalarida yangi usuldagi o’zbek milliy maktab qanday bo’lishligi to’g’risida baxs - munozaralar anchadan beri davom etmokda.
Buyuk ma’rifatparvar Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy-pedagogik g’oyalari bulajak o’qituvchilar uchun dasturil amaldir. SHu sababdan Munavvar Qorining oliy va o’rta ta’lim bilim yurtlarida pedagogika tarixi o’qitish orkali o’rganish lo- zim.
Munavvar Qori yaratgan asarlar, darslik va qo’llanmalar milliy, ma’naviy va umuminsoniy kadriyatlarni uz ichiga kamra- gani sababli uni keng ma’rifatchilar ommasiga urgatish zarur deb xisoblaymiz. Sababi Munavvar Qori darsliklari badiiy asarlar bilan bir qatorda, bolalarning bilim saviyalarini kengaytirishga xizmat qiladigan materiallar bilan boydir.
Darsliklaridagi matnlar bolalarga faqatgina o’qishni o’rganishgina emas, ularni fikrlash faoliyatini ham rivojlantirish qiymatiga ega. Jumladan «ota-ona», «to’g’rilik», «shafkat va marhamat» kabi matnlar bolalarga barkamollik va yuksak ma’na- viyatni shakllantiradi.
Bundan tashqari, Munavvar Qori asarlaridagi ta’lim va tarbiyaga oid matnlardan»Oila», «Xikoya», «Maktab», «Ilm», «Adab». «Birodarga muxabbat», «Yolgonchilik jazosi»,»Baxillik jazosi», «To’g’rilik»,»Oy-yil xisobi» kabilar o’rta maktablarning boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilsa, o’quvchilarni milliy meros va ma’naviyatimizdan baxramand qilgan bulur edik.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish