Simond de Sismondining iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi



Download 19,17 Kb.
Sana28.02.2020
Hajmi19,17 Kb.
#41174
Bog'liq
Simond de Sismondining iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi

Simond de Sismondining iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi.

Simond De Sismondi (1773-1842) Shvetsariyalik iqtisodchi, fransuz klassik iqtisodiy maktabini nixoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy maktabi asoschilaridan biridir. U mu’tabar protestant pastor oilasida tugilib voyaga yetdi, protestantlar qollegiyasini bitirib chikdi, jeneva universitetida ukidi. Siyosat bilan unchalik ko‘p vaqt shugullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. "Tosqani qishloq xo‘jaligining ko‘rinishi"(1801), "Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularni savdo qonunchiligida qullanish to‘g‘risida"(1803), "Italiya respublikalarining tarixi" (1807), 1818 yilda esa edinburg ensiklopediyasi uchun "siyosiy iqtisod" maqolasini tayyorladi. Lekin "Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning axoli nufusiga munosabatlari to‘g‘risida" (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuxratini keskin oshirdi. Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar" (1837) va fundamental tarixiy asarlar "Fratsuzlar tarixi" (31 tom), "Rim imperiyasi qulashining tarixi" va boshqa asarlari nashr qilindi.

S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat tuntarilishi davri bilan, shuningdek, mayda ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy kuchsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida kapitalizmni feodalizm o‘stidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni mayda ishlab chiqaruvchilar o‘stidan galabasini anglatar edi. S.Sismondi mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib kapitalizmni tankid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga kaytishni orzu qildi.

Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashadilar, degan fikrga asoslandi. Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi, ammo taksimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari xususida o‘z fikrini bildirdi. Kapitalni, inkirozlarni, maxsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi, jamiyatni o‘zgartirishni mayda burjuacha dasto‘rini ilgari suradi. A. Smitning ta’limotida qiymat va boylikning birdan-bir manbai mexnat deb taxlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. Sismondi pul-ichki qiymatga ega bo‘lgan mexnat maxsuloti va shu sababli u qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Pulning kadrsizlanishi ortiqcha kogoz pullar muomalaga chiqarilishi xaddan ortib ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelish jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi iste’mol qiymati bilan qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmadi. U qiymatdan chetga chikishni qiymat qonunining buzilishi deb xisoblaydi.

S.Sismondi ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan iborat. Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini o‘rgatsa, fukarolarni diyonat va din to‘g‘risida tarbiyalash, siyosiy iqtisod xo‘jalikni qanday boshqarishni, ijtimoy tartibni saklashni xukumatga tavsiya qilishi kerak.

Umuman, siyosiy iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni xis tuygulari, extiyojlarini va extiroslarini o‘rganishi kerak. S.Simondining fikricha "Odamlarning moddiy farovonligi, inson tabiati" siyosiy iqtisod predmeti bo‘lishi kerak, "Odamlarning moddiy farovonligi esa" davlatga bog‘liq, S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini bir narsa deb biladi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. U ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa kuydi.

S.Sismondi uslubiyatiga kuyidagilar xosdir: 1) Ijtimoy-iqtisodiy jarayonlarni sub’ektiv-idealistik talqin etish; 2) Ilmiy abstraksiya usulining yo‘qligi; 3) Tarixdan tashqari yondashuv; 4) Ayirboshlash konsepsiyasi ustunligi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyatchisi bo‘lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning sub’ektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini xakli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal qilinishining o‘ziga xos tarzida namoyon bo‘lishi ekanini ko‘ra bilmadi.

S.Sismondi klassik maktabga qarama - qarshi ularoq, mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘layotganligini "Ortiqcha" axoli paydo bo‘laetganini, mashinalar ishchilarni sikib chiqarayotganini ko‘rsatdi.S.Sismondi klassik maktabning inkirozlar bo‘lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nima ekanligini bilmaydi degan muloxazalarini tankid qildi. Uning tarixiy xizmati mana shundan iborat.

Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi tafovutni 1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar iste’moli pasayadi, oqibatda mamlakat va dunyoda inqiroz ro‘y beradi, deydi u. Shuning uchun yirik ishlab chiqarishni tuxtatish va mayda ishlab chiqarishga kaytishni taklif etadi, kapitalizmni inkor etadi.

S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va ishchi ish xaqining yigindisi bo‘lgan daromad muammosiga utadi. Bu milliy daromad bilan yalpi maksulotni aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi maxsulotda A.Smit izidan borib, uch qismdan: xom material va mexnat kurollarining urni koplanishini, ish xaqi va foydani ajratgan bo‘lsa yigindi maxsulotda faqat sunggi qismni ajratadi. Doimiy qism yo‘q bo‘lib ketadi. Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zapaslarini (ishlab chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamgarilishini tejamkorlik bilan boglaydi, S.Sismondi asosiy (mashinalar, ish kurollari) va aylanma (uruglik, xomash’yo, ish xaqi) kapitalini bir-biridan ajratib A.Smitning hamma xatolari va yutuklarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy va o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi. Oxir oqibatda Sismondi kapitalni milliy daromaddan farqini izoxlay olmadi va uning o‘stiga Smitning shu ikki o‘rtadagi tafovo‘tini nazariy jixatdan isbotlash yo‘lidagi intilishlarini pisand qilmay, orqaga kadam tashladi.

"Uchinchi shaxslar" nazariyasi Sismondi nazariy qarashlarida asosiy o‘rinni egallaydi, u ishlab chiqarish va ijtimoy daromad xajmlarining birligini ijtimoiy maxsutotni to‘la-tukis realizatsiya qilishning asosiy sharti deb xisoblaydi. "Uchinchi shaxslar" yana mayda ishlab chiqaruvchilarga madad berishiga umid boglaydi, turli mamlakatlarning xukumatlariga murojat etib, ularning kapitalistik rivojlanishini to‘xtatsinlar, deb suraydi (masalan, napoleondan) jamiyat mayda ishlab chiqarishga kaytgan takdirdagina guyo mul -qulchilik boshlanar emish (mulkni bo‘lish kerak).

Ishlab chiqarish bilan taksimot o‘rtasidagi ziddiyatni shaxsiy istemolning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muximligini tan olganini Sismondi o‘rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jixatidir.

Sismondi kapitalistik yo‘ldan voz kechishni taklif qildi. Kapitalizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi patriarxalchilik munosabatlarini o‘rganishga, ishchilarni foydani taksimlashda katnashtirishga ishsizlar, invalidlar xaqida gamxurlik qilishda va buning uchun maxsus fondlarni vujudga keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saklab qolish va qo‘llab-quvvatlashga, manufakturagacha bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o‘rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yo‘llanma ishchilarni ham mulkdorlar safiga kushishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi.

Bu g‘oyalar insoniy jixatdan soglom, ammo amalga oshmas fikr edi.



Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi reaksion - xayolparastlik xarakteriga ega. S.Sismondi ob’ektiv tarixiy jarayonga tuskinlik qilishga o‘rinadi. O‘z muloxazalarini Fransiyada xali ham kuchli bo‘lgan feodal tuzum ximoyachilariga qul kelishini sezmaydi.
Download 19,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish