Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet81/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Bog‘lovchili ochiq qator. Ayrim bog‘lovchi tenglik munosabatiga kirishayotgan har bir so‘zshakl uchun qo‘llanib, qatorni bemalol davom ettirishi mumkin: Halim ham o‘qiydi, ham ishlaydi, ham davolanadi gapida ochiq qatorni tashkil etuvchi bog‘lovchi, aytilganidek, asosan, ayiruv bog‘lovchilar va ham yuklamasi.

  • Bog‘lovchisiz ochiq qator. Bog‘lovchisiz ochiq qatorni tashkil etuvchi a’zolar o‘zaro uyushtiruvchi ohang yordamida bog‘lanadi:

    Muhayyo, Surayyo, Dilshoda, Muqaddas,
    Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
    2.1. Bog‘lovchisiz ochiq qatorning ikki turi mavjud:
    a) har xil predmet, belgi va shu kabilar nomi beriladi: Nonsiz, tuzsiz, suvsiz uch kun qiynaldi.
    b) darajalanuvchi, ko‘payuvchi, to‘ldiruvchi a’zolar beriladi: Tutab, burqsib, yonib, kuydi bechora.
    2.1.1. Yopiq bog‘lovchili qator a’zolari orasida:
    a) uyg‘unlik ( Halim qattiq qo‘l va jiddiy edi);
    b) zidlik (Sekin, ammo chiroyli yozadi)
    ma’nosi mavjud.
    2.1.2. Bog‘lovchisiz yopiq qatorda tenglanuvchi a’zolar juftlashadi: 1. Erta-indin kelarman (erta yoki indin kelarman). Ba’zan ayrim vosita ham bog‘lovchisiz qatorni tashkil qilishda qo‘llaniladi: Senga emas, qizimga aytaman.


    Savol va topshiriqlar



    1. Uyushish hodisasi haqida gapiring.

    2. Bog‘lovchisiz ochiq qatorni tushuntiring.

    3. Bog‘lovchili ochiq qatorni tushuntiring.

    4. Tenglanish qatorida bog‘lovchining o‘rni qanday?

    5. Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyatini bayon qiling.

    UNDALMA


    Tayanch tushunchalar


    minimal qolip, maksimal qolip, so‘z kengaytiruvchisi, gap kengaytiruvchisi, undalma, shakliy aloqa, mazmuniy aloqa

    Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo‘lgan so‘zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo‘lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida bo‘ladi. Biroq u kengayayotgan so‘z bilan bog‘langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog‘langan so‘zshakl nutq yo‘naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so‘zshakllar keladi.


    Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so‘z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo‘lak ajralmish bo‘lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo‘naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog‘lanishga ega bo‘ladi.
    Undalma kengaytirgan olmosh so‘zshakl gapning barcha bo‘laklari, bo‘lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo‘lak bo‘laklarining kengaytiruvchilari bo‘lishi mumkin:
    kesim: Do‘stim, ishonganim sensan;
    ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan;
    hol: Halim, sen tufayli murodimga etdim;
    aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon;
    to‘ldiruvchi: Qarchig‘ay changalim, senga yo‘l bo‘lsin.
    Undalma qo‘llanganda u kengaytirgan so‘z tushib qolishi ham mumkin. 1. Ey Sharqning bo‘stoni, dilimga payvand! 2. Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.
    So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs predmetni ifodalovchi so‘zshakl gap tarkibida yo‘q bo‘lishi va uni tiklab ham bo‘lmasligi mumkin: 1. Hoy qizlar, mana bo‘ldi pora-pora paranji. 2. Yigitcha, mashina jo‘nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma’lum bo‘lib turadi.
    Undalma vazifasida qo‘llanadigan so‘z:
    ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?
    otlashgan so‘z: 1. Ko‘rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan? 3. Birinchi, men ikkinchi!
    Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani?
    Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo‘stonlar, sizdan so‘rayman.
    Undalma gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do‘stim, omonmisan? 2. Omonmisan, aziz do‘stim.
    Undalma mustaqil gap maqomini ham olishi mumkin: 1. Opa! Sen ham odam edingmi? 2. Bola qichqirdi: «Dada!» Bunda u vokativ gap bo‘ladi, undalmalar mohiyatidan butunlay uzoqlashadi.



    Download 1,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish