Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[Pm] q mustaqil so’z turkumlari



Download 1,48 Mb.
bet89/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[Pm] q mustaqil so’z turkumlari. Kesimlik affikslari kesimni shakllantirganday, mustaqil so’z turkumlari ham uni shakllantirishda xizmat qiladi.
Ot so’z turkumini tashkil qiluvchi so’zlar kesim vazifasida ko’p qo’llanadi, ot kesim bo’lib kelganda gap tuzilishidan hozirgi zamon ma’nosi anglashiladi. Ot kesimlik qo’shimchalari, shuningdek, ekan, emish, emas kabi to’liqsiz fe’llar bilan qo’llanganda ham hozirgi zamon ma’nosi tushuniladi:

Men




Men




man

Sen

injener

Sen

injener

san

U




U




dir




Men




ekan-man//emish-man// emas-man

Sen

injener

ekan-san// emish-san// emas-can

U




ekan// emish//emas

Yuqoridagi ko’rinishlarning hammasidan hozirgi zamon ma’nosi sezilib turadi.


Ot kesimli qurilmalarda o’tgan va kelasi zamon ma’nosi ham ifodalanadi. Bu ma’nolar, albatta, o’z-o’zidan emas, balki ularni ifodalash uchun boshqa vositalardan foydalaniladi. Masalan, o’tgan zamon uchun edi to’liqsiz fe’li, shuningdek, bo’lmoq, sanalmoq singari o’z asl ma’nosidan uzoqlashgan fe’llar ishlatiladi. Bo’lmoq, sanalmoq kabi fe’llar o’z navbatida kelasi zamonni ham ko’rsatadi. Ot bilan birga kelib, zamon, shaxs-son, modallik kabilarni ko’rsatuvchi yuqoridagi birliklar birgina otni kesim shakliga keltirish bilan birga, bir paytning o’zida (bir gap ichida) birdan ortiq otlarni ham kesim shakliga keltiradi. Birdan ortiq otlarni kesim shakliga keltirganda ikki xil qo’llanadi:
a) har bir ot bilan birga;
b) faqat keyingi ot bilan birga kelib, hammasi uchun umumiy bo’ladi yoki boshqa otlarni ham markazlashtirib, uyushtirib, ularni kesim shakliga kiritadi, yani shaxs-son, zamon, modallikni ifodalaydi: Qodirjon student bo’ldi ... Nazokat o’qituvchi, Bibigul to’quvchi bo’ldi. (Gazetadan) Birinchi misolda bo’ldi fe’li student degan birgina otni, ikkinchi misolda o’qituvchi, to’quvchi degan ikkita otni kesim shakliga kiritadi. Keyingi misoldagi bo’ldi fe’li ikkala otni bir markazga birlashtirib keladi, ikkala otning vazifa jihatdan bir xil ekanligini ko’rsatib keladi. Shu jihatdan qarasak, birinchi gap [S –WPm] modelida bo’lsa, ikkinchi gap [{(S1– W1), (S2–W2)}Pm] qolipidadir.
Edi to’liqsiz fe’li ot kesimlarda, xuddi fe’l kesimlaridagidek, juda unumli qo’llanadi. Boshqa bog’lamalar esa ancha kam uchraydi.
Fe’lning asosiy yetakchi vazifasi kesim bo’lib kelishidir. Shuning uchun ham fe’l kesimlar juda unumli qo’llanadi. Uning bu boradagi unumliligi [{(S1 –W1], (S2–W2)}Pm] singari qolipda ham ko’rinadi. Otning kesim vazifasida kelishi, fe’lning kesim vazifasida kelishiga nisbatan kam. Xuddi shuningdek, uning kesim bo’lib kelishi qayd etilgan qolipli qurilmalarda ham sezilarli darajada oz uchraydi.
Sifat ham ot kabi kesim vazifasida kelishi mumkin. Sifat kesimlarning bog’lama bilan kelishi bir tomondan fe’l va ot kesimlarga o’xshasa, boshqa tomondan ulardan farq qiladi. Ya’ni fe’l kesimlarda ham, ot kesimlarda ham fe’l bog’lama vazifasida qo’llanadi. Sifat kesimlarda esa fe’l, o’rni bilan ot bog’lama vazifasida keladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, fe’l kesimlarda bormoq, kelmoq, yumshoq, bo’lmoq, chiqmoq, yetmoq, o’tmoq, boshlamoq, tashlamoq, quymoq, qolmoq, chaqirmoq, ko’rmoq, olmoq, demoq kabi tuslanuvchi fe’llar, shuningdek to’liqsiz fe’llar bog’lama vazifasida kelsa, sifat kesimlarda to’liqsiz fe’l, kamroq bo’lsa ham, tuslanuvchi fe’llar bog’lama vazifasida keladi: bo’lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq kabi: Muhabbat inson hislarining eng go’zali, eng shirini, nafrat yeng achchig’i emish (M.Ism.). Kesimlikka xos bo’lgan shaxs-son, zamon, modallik kabi belgilarni ifodalash uchun bu xil qurilmalarni turli ko’rinishlarda (bog’lamasi turli ko’rinishlarda) qo’llash mumkin. Chunonchi:


Muhabbat inson hislarining eng go’zali, eng shirini, nafrat eng achchig’i

- Sh
- dir
emish
ekan
bo’ladi
bo’larmish
bo’lar ekan
bo’lsin
hisoblanadi

Ot va sifat bir-biriga bog’liq, bir-biriga juda yaqindir. Chunki ot predmetni ifodalasa, sifat shu predmetning belgisini ko’rsatadi. Shuning uchun ot va sifat ayni bir paytda, ya’ni bir qurilma ichida uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi. Jumladan, Alpomish–u Rustamlar sizga yor va Ravshanbek, Avazxonlar madadkor bo’lsin jumlasida yor so’zi ot bo’lsa, madadkor so’zi sifatdir. Bu uyushiqlikni esa bog’lama (bo’lsin) ta’minlab turadi. Bu qurilmani ham yuqoridagi kabi turli ko’rinishlarda ko’rish mumkin:

-dir / edi / ekan / bo’ldi / bo’layotir / bo’lsin /hisoblanadi

sizga yor

va

madadkor

Alpomishu Rustamlar

Ravshanbeku Avazxonlar

Bu gaplarning qolipi [{{S1, S2 –W1qot), (S1, S2 – W3qsifat)} Pm] dir.
Son, asosan, tartib sonlar, xuddi sifatlardek, kesim vazifasida kelib, bog’lama bilan qo’llanadi. Masalan, Musobaqada sportning bir turi bo’yicha Nargiza birinchi,boshqa bir turi bo’yicha Nodira ikkinchi bo’ldi gapida birinchi va ikkinchi tartib sonlari kesimning asosiy qismi bo’lsa, bo’ldi fe’li bog’lama bo’ladi. Bu bog’lama o’tgan zamonni ko’rsatadi. Kelasi zamonni ko’rsatganda bo’laman, bo’larsan, bo’ladi shakllarida qo’llanadi. Sonning bog’lama bilan kelib, yuqoridagi kabi kesim vazifasida kelishi unumsizdir.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish