Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[Pm] – uyushtiruvchi vosita



Download 1,48 Mb.
bet85/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[Pm] – uyushtiruvchi vosita. Nutqda shunday gaplar borki, ularda kesim tarkibiy qismining ma’lum bir birligi takror kelmay, faqat oxirgi kesim bilan birga qo’llaniladi. Oxirgi kesim bilan qo’llangan bu birliklar odingi kesimlarga ham tegishli bo’lib, ularni birlashtirish, uyushtirish vazifasini o’taydi. Bu uyushtiruvchi birliklar oldingi uyushtiruvchi birliklarga o’xshamaydi. Oldingi uyushtiruvchi birliklar (gap va gap bo’laklari) o’z mazmun (semantik) tuzilishi (strukturasi) ga ega. Ular o’zlarining mazmun tuzilishi (semantik strukturasi) ga mos ravishda gapning ma’lum bir bo’laklarini yoki qismlarini uyushtirib keladi va ular bilan o’zaro sintaktik munosabatga kirishadi. Keyingi, uchinchi, uyushtiruvchi birliklar esa bunday xususiyatga ega emas. Bu xil uyushtiruvchi birliklar kesim tarkibida kelib, bir butun mazmun tuzilishiga ega bo’ladi. Shu butunligicha gapning boshqa bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Kesim tarkibidagi bu uyushtiruvchi birliklar o’z-o’zidan qo’llanilmaydi, albatta. Ular gap kesimini shakllantiradi, kesimga shaxs-son, zamon, modallik kabilarni ifodalash imkoniyatini beradi.
[Pm] nutqda juda ko’p qo’llanib, turli xil o’rinda keladi. U gapning oxirida kelib, hamma kesimlarni (gaplarni) birlashtiradi. Gap keng hajmli va, shu bilan birga, gapda ifoda etilgan fikrlar ma’lum darajada bir-biridan mazmunan yiroq bo’lsa, o’rtada kelib, o’zidan oldingi kesimlargagina tegishli bo’ladi. Kesim tarkibida qo’llanuvchi mana shu [Pm] juda xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’ladi va bulardan asosiylarini quyida ko’rib chiqamiz.
Hamma qismlari xususiy (alohida-alohida) bo’lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo’lgan uyushgan gaplar. [Pm] qismining ifodolanishiga ko’ra uyushgan gaplarning ko’rinishlari juda ko’p va xilma-xildir. Ulardan eng ko’p qo’llanadigan ko’rinishlari quyidagilar.
1. [Pm] – to’liqsiz fe’llar. To’liqsiz fe’llar haqida ancha ishlar mavjud. Ular orasida eng mukammali A.Hojiyevning “To’liqsiz fe’l”1 kitobidir. Bu kitobda to’liqsiz fe’lning edi, ekan, emish shakllari shu qadar keng o’rganilganki, unga nimanidir qo’shimcha qilish ortiqcha tuyuladi. Bunda “To’liqsiz fe’llar” sarlavhasi ostida A.Hojiyevning bu boradagi ba’zi bir fikrlariga boshqacha yondashmoqchimiz. Bizning diqqatimiz, asosan, bir hodisaga – to’liqsiz fe’l shakllarining uyushgan gaplarni shakllantirishdagi xususiyatlarini tasvirlash va umumlashtirishga qaratiladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish