Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet83/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Ukasi rasm chizar,




edi




Singlisi televizor ko’rar

Demak, bu gapning to’liq qolipi [{(S1, – T1-W1),(S2-T2–W2)}Pm] dir. Bunda ko’proq uyushgan gaplarning eng kichik qolipi bilan ish ko’riladi, ya’ni zarurat bo’lmasa, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchilar tushirib qoldiriladi: [{(S1 - W1), (S2 -W2)}Pm]. Ko’rinadiki, bunday gaplarda bitta shakllangan kesim, bir necha va har xil ega hamda boshqa bo’laklar qo’llangan bo’ladi.


Talqin etilayotgan uyushgan gaplarni rus va o’zbek tilshunosligida ishlatilib kelayotgan “uyushiq qism (komponent)li qo’shma gaplar”dan farqlash lozim. Yuqorida aytganimizdek, uyushiq gaplar deganda bir bosh gapga tobe bo’lib kelgan ikki va undan ortiq bir tipli ergash gaplar tushuniladi. Masalan, Hamma biladiki, otam quruvchi, onam zavodda ishlaydi gapi uch qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismi – bosh gap. Mana shu bosh gapga (hamma biladi) ikkita to’ldiruvchi ergash gap – otam kuruvchi, onam zavodda ishlaydi – birikib keladi. Bu qurilma qolipini quyidagicha berish mumkin: [{(S1-W1Pm), (S2-W2Rm2), (S3-W3Pm3}]. Qurilmaning yuqorida keltirilgan qolipidan ko’rinib turibdiki, bunday gaplar [{(S1– W1) , (S2,-W2)}Rm] qolipli uyushgan gaplardan tubdan farqlanadi. Bu farqlardan eng asosiysi shundaki, uyushiq gaplar faqat qo’shma gap tarkibidagina bo’la oladi. Uyushgan gaplar esa sodda va qo’shma gaplar oralig’ida turadi va o’zbek nutqi sintaksisida gaplarning qurilishiga ko’ra alohida bir xili (turi) ni tashkil etadi, an’anaviy sintaksisdagi uyushiq gaplar bilan aloqasi va o’xshashligi yo’q. Shuning uchun an’anaviy sintaksisda gaplar quriliishga ko’ra sodda gaplar va qo’shma gaplar kabi ikki bosh turga ajratilsa, substansional jihatdan yondashilganda ular uch asosiy turga ajratiladi:
1) sodda gap – bitta shakllangan kesimga [WPm ] ega bo’lgan gap;
2) uyushgan gaplar (ikki va undan ortiq egaga, har bir egaga aloqador bo’laklarga (so’zlarga) ega bo’lib, bitta kesimning ko’rsatkichi bilan shakllangan gap);
3) qo’shma gap – ikki va undan ortiq shakllangan kesimga ega bo’lgan (ya’ni [WRm Q WPm]qurilishli) gap.
Sodda va qo’shma gap qurilishini belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning bo’lishidir. Egalarning miqdori, bor-yo’qligi, bir xil yoki har xilligining ahamiyati yo’q. Uyushgan gapni ajratishda esa bosh omil ikkita:
1) bitta shakllangan kesimning mavjudligi;
2) ikki va undan ortiq uyushmagan eganing mavjudligi.
Mana shu xususiyati bilan uyushgan gaplar uyushiq egali sodda gaplardan (egalar uyushgan bo’lib, bitta shakllangan kesim mavjud: Rahima, Karima, Salima bordilar), uyushiq kesimli sodda gaplardan (kesimning lug’aviy qismi ikkita va undan ortiq, kesimlikni shakllantiruvchi vositalar bitta, ega bor yoki yo’q, uyushgan yoki uyushmagan.
Substansional talqinda esa uyushiq kesimli sodda gaplar bir ega, bir necha ikkinchi darajali gap bo’laklari, bir qancha kesimning lug’aviy qismi [W] hamda birgina kesimlik ko’rsatkichiga ega bo’ladi: Men avval shogird, keyinroq mustaqil ishlaydigan ishchi, so’ng usta bo’ldim. Bu kabi gaplar qurilishining kichik qolipi [S(W1W2…..W)Rm] dir. Uyushiq kesimli sodda gaplar haqida oldingi bo’limlarda to’xtalganmiz.
Uyushgan gaplarda ega, albatta, ikki va undan ko’p bo’ladi, lekin bu ega uyushmagan holatda qo’llanadi. Shuningdek, kesimning [W] qismi ikki va undan ko’p, [Rm]qismi esa bittagina bo’ladi. Shunda uyushgan gaplarning eng kichik kurilish qolipi [{(S1 – W1), (S2 – W2) }]Pm] dir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ikki va undan ortiq [WPm] larning birikuvi [WPm Q WPm ] qo’shma gapni hosil qiladi. An’anaviy grammatikada mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog’liq qismlardan tashkil topgan gaplar qo’shma gaplar deyiladi. Qo’shma gap sodda gapdan ham tuzilishi, ham kurilish materiali bilan farq qiladi. Agar sodda gap bir konstruktiv markazdan iborat bo’lsa, qo’shma gapda bir-biriga bog’langan bir necha konstruktiv markaz mavjuddir. Sodda gap bir predikativ markaz, qo’shma gap esa bir necha predikativ markazdan tuzilgan bo’ladi. Akam vrach bo’lib ishlaydi, singlim esa o’qituvchi bo’lib ishlaydi gapida ikkita qism, ikkita predikativ markaz bor, kesim takror holda qo’llangan. Sintaktik tejam nuqtai nazaridan yondashilsa, birinchi kesim tushirib qoldirsa ham bo’ladi va bu gapni Akam vrach, singlim esa o’qituvchi bo’lib ishlaydi tarzida keltirish mumkin. Bu holda kesim lug’aviy qismining bir bo’lagi bo’lgan, har ikkala gap uchun umumiy bo’lib ishlaydi qavsdan tashqariga chiqariladi va [{(S1-W1Pm1),(S2-W2Pm2)}] qolipli qo’shma gapdan [{(S1-W1), (S2-W2)}Pm] qolipli hosila yuzaga keladi. Bu hosilani na uyushiq bo’lakli sodda gapga, na qo’shma gap katoriga kiritish mumkin. Lekin bu hosilalar keyingi kategoriyalarga mutlaqo o’xshamaydi deyish ham to’g’ri emas, albatta. Masalan, uyushiq bo’lakli sodda gap qismlari sanash ohangi bilan aytiladi, Otam pais, onam brigadir bo’lgan edi tipidagi hosilalarning qism (komponent) lari ham sanash ohangida aytiladi. Uyushiq bo’laklar orasiga biriktiruvchi bog’lovchilarni qo’yib va uyushiqlik zanjirini davom ettirib bo’lganidek, yuqoridagi hosilalar qismlari orasida bog’lovchilarni qo’llash va bu qatorni davom ettirish ham mumkin. Shu bilan birga, uyushiq bo’lakli sodda gaplarning yana bir xususiyati shundaki, uyushiq bo’laklarni umumlashtiruvchi boshqa bir so’z bo’lak bo’ladi. Bog’da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik gapida to’ldiruvchi uyushib kelmoqda. Uyushiq to’ldiruvchilarni bir so’z – hammasidan to’ldiruvchisi uyushtirib, bu zanjirning oxirida qo’llanib kelmoqda. Bu xususiyat yuqorida qayd etilgan hosilalarga ham xos. Masalan, Men hayron qoldim: do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib, ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishardi (Yo.Shuk.). An’anaviy grammatikada bu tipdagi gaplar qo’shma gaplar qatoriga kiritilib, birinchi qism bosh gap, keyingilari to’ldiruvchi ergash gaplar deb qaraladi (qisman “sabab” ma’nosi bor).





Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish