Maqsad, niyat, umid, harakat kabi nisbiy so’zlar. Bu nisbiy so’zlar ham, xuddi kerak, mumkin so’zlaridek kesimning [W] bir qismi (birligi) bo’lib keladi. Bu birlik bir qancha [Pm] birliklar bilan birga qo’llanadi va uyushgan gaplarni shakllantiradi.
Maqsad tapidagi nisbiy so’zlarning [Pm] birligi oldingi so’zlardagidek (mumkin, kerak) rang-barang emas. Bu tipdagi so’zlarda, asosan, -dir va edi, ekan, emish, emas to’liqsiz fe’llari [Pm] vazifasida keladi.
Haqida, to’g’risida singari ko’makchilar. Bu ko’makchilar o’zlarining asosiy vazifalaridan, yani nima bilandir birga kelib, obyektni ifodalashdan tashqari, kesim tarkibida ham keladi. Kesim tarkibida kelganda birlashtirish, uyushtirish vazifasini o’taydi. Masalan, Raisning dokladi belgilangan me’yorga to’la amal qilish yaqin kunlarda agronomning axborot berishi, uning ma’ruzasi esa ishning sifatli bajarilishi haqida ("Sharq yulduzi") gapida dokladi, ma’ruzasi so’zi ega bo’ladi, amal qilish, axborot berishi, bajarilishi so’zlari kesimning [W] birligi bo’lsa, haqida so’zi kesimning [Pm] birligi hisoblanadi. Keltirilgan misoldagi tarkibida haqida so’zi bo’lgan yoki tarkibida haqida so’zining bo’lishi mumkin bo’lgan birikmalarni (amal qilish, axborot berishi, bajarilishi haqida) harakat obyektini ifodalovchi qurilmalar deya bo’lmaydi. Chunki haqida so’zi qurilmalarni bir nuqtada jamlab, uyushtirib keladi va hukm belgisi ham shu so’z (haqida) orqali aks ettiriladi, hukmning grammatik ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan -dir unsuri ham shu so’zga qo’shilib keladi: haqidadir kabi. Shunday qilib, amal kilish, axborot berish, bajarish so’zlari kesimning [W] birligi bo’lsa, haqida ko’makchisi kesimning [Pm] birligidir. Bu gapdagi haqida so’zi, ya’ni [Pm], o’z navbatida, edi, ekan, emish, emas kabi birliklar bilan birga kelib, turli xil ma’nolarni, jumladan, zamon, modallik kabi ma’nolarni ham anglatadi.
Bu yerda shunga ham e’tibor berish kerakki, mumkin, kerak so’zlari kesimning [Pm] birligi bo’lib kelganda to’liqsiz fe’llardan tashqari bo’lmoq fe’lining turli xil ko’rinishlari bilan ham qo’llanadi. Haqida singari so’zlar bo’lmoq fe’li bilan kelsa, gap tuzilishi butunlay o’zgaradi, ya’ni haqida, to’g’risida kabi so’zlar o’z asl vazifasiga qaytadi. Masalan, Raisning dokladi belgilangan me’yorga amal qilish, yaqin kunlarda agronomning axborot berishi, uning ma’ruzasi esa ishning sifatli bajarilishi haqida bo’ldi, bo’ladi // bo’lar emish // bo’larkan... Bu gap “subyekt – obyekt – subyekt – predikat” qolipidadir. Predikat – bo’ldi, bo’ladi, bo’larmish, bo’larkan va boshqalar.
-
haqida bo’ldi / bo’ladi / bo’larmish / bo’larkan
|
amal qilish,
|
axborot berishi
|
bajarilishi
|
me’yorga
|
agronomning
|
sifatli
|
belgilangan
|
yaqin kunlarda
|
ishning
|
dokladi
|
ma’ruzasi esa
|
Raisning
|
uning
|
Do'stlaringiz bilan baham: |