Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet77/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Savol va topshiriqlar



  1. Ajratilgan kengaytiruvchilarning gap lisoniy strukturasiga munosabati qanday?

  2. Ajratilgan gap kengaytiruvchilari haqida gapiring.

  3. Ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari haqida gapiring.



SODDA GAPDA TENG BOG‘LANISH


Tayanch tushunchalar


uyushish, uyushiqlik, uyushganlik, bog‘lovchisiz ochiq qator, bog‘lovchili ochiq qator, tenglanish qatorida bog‘lovchi, uyushiq kesim,teng bog‘lanish


Teng bog‘lanish haqida. Gap o‘zaro teng bog‘lanishga ega so‘zlar bilan ham kengayishi mumkin: Bodomlar, shaftolilar va o‘riklar gulladi. Bu gapdagi bodomlar, o‘riklar, shaftolilar so‘zshakllari sintaktik mazmun jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo‘lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu aloqa teng bog‘lovchilar yoki ohang vositasida amalga oshirilgan. Bunday tenglanish qatorini hosil qilgan so‘zshakllar bir kengayuvchi so‘zshaklga tobelanib, sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘ladi. Bunday so‘zshakl uyushiq so‘zshakl deyiladi.
Formal va substansional yo‘nalishlar gap qurilishi talqiniga doir ixtiloflardan asosiysi uyushiq bo‘lak masalasida namoyon bo‘ladi. Chunki kesimga munosabat bu ikki yo‘nalishda tubdan farq qilar va u butun grammatik qurilish talqinining markazida turib, ayniqsa, sodda va qo‘shma gaplarni farqlashda tayanch nuqta vazifasini o‘taydi. Bu tayanch nuqta, ayniqsa, uyushiq kesim doirasida yaqqol bo‘rtib turadi. Kesim har doim ham boshqa uyushiq bo‘laklarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega emas, ya’ni u uyushiqlikka doir qonun-qoidalarga har doim ham bo‘ysunmaydi. Gapning biror boshqa bo‘lagi kesimga o‘xshab hukmni bildirmaydi. Shuning uchun uni uyushiq bo‘laklar qatorida emas, balki alohida tarzda tahlil etish ma’qul ko‘rildi. Kesimning gap asosiga olinishi ham buni taqozo qiladi. Zero, “opredeleniye predlojeniya na yazыkovom urovne kak WPm pozvolyayet korennыm obrazom peresmotret vopros o prirode odnorodnыx skazuyemыx, poskolku kajdaya WPm yavlyayetsya predlojeniyam.”1
Substansional talqinda uyushiq kesim masalasi birinchi bor tilshunos H.Ne’matov rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan oldinga surildi. Ular 1984-yilda o‘zbek sintaksisining substansional tadqiqi yo‘nalishini belgilab berishdi. Maqolada sintaksisning asosiy xususiyatlari haqida fikr yuritilib, unda turkiy sintaksisga yangicha munosabat g‘oyalari tezislar ko‘rinishida ifoda etildi. Keyinchalik uyushiq kesim masalasi uyushiq bo‘laklar qatorida bir necha risola va maqolalarda o‘rganildi.
Tezislar mualliflari sodda gapning eng kichik qurilish qolipini bizga ma’lum (WPm( shaklida belgilaydilar va gapga ta’rif berishar ekan, bunda nutqiy gaplarning lisoniy sathdagi umumiyligini nazarda tutishadi: “Poskolku formirovaniye predlojeniya ne opredelyayetsya nalichiyem ili otsutstviyem podlejahyego, to na urovne yazыka mojet bыt sformulirovano sleduyuhyeye opredeleniye: predlojeniyem mojno nazvat slovoformu v kategoriyax skazuyemosti i yeyo rasprostraniteli.”2
Uyushgan so‘zshakllari gap bo‘laklari bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Shuning uchun ular umumiy “uyushgan so‘zshakl” atamasi bilan berildi. Ammo ular orasidagi aloqa tenglanish aloqasi bo‘lib, uyushayotgan so‘zshakllar tenglanish qatorini hosil qiladi.
Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin:
Kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz.
Ega: Go‘yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi.
Hol: Suv o‘ynoqlab, ko‘piklanib oqardi.
To‘ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi.
Aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi.
Undalma: Aziz do‘stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog‘inib yashadim.
Ko‘rinadiki, gapning konstruktiv bo‘laklari ham, nokonstruktiv bo‘laklari ham uyushishi mumkin.
Uyushiq so‘zshakllar bir butun holda, yaxlit a’zo sifatida gap struktur qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to‘ldiruvchi, aniqlovchi va boshqa so‘z kengaytiruvchisi) daxldor bo‘ladi. Tenglanish qatoridagi so‘zshakllar sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni ular bir hokim uzvga tobelanishsa va o‘zaro teng aloqaga kirishishsa-da, sintaktik vazifa jihatdan farqlanadi. Masalan: Har joyda va har kimga sen haqingda gapirdim. Bundagi har joyda va har kimga so‘zshakllari o‘zaro teng aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi (har joyda), ikkinchisi esa so‘z kengaytiruvchisi (har kimga). Bunday tenglanish qatori uyushmagan tenglanish qatori deyiladi. Uyushmagan tenglanish qatori a’zosining har biri har xil lisoniy-sintaktik o‘rinlarning to‘ldiruvchisi bo‘ladi. Xususan, mazkur gapdagi har joyda so‘zshakli gap lisoniy strukturasidagi hol o‘rnini to‘ldirsa, har kimga so‘zshakli gap markazidagi atov birligi [W] ning kengaytiruvchisi, gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan a’zodir.
Tenglangan so‘zshakllarining har biri kengaygan bo‘lishi ham mumkin: 1. U dengiz qiyofasini kasb etgan keng paxtazorga va undagi marra uchun kuyib-pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi. 2. Sho‘x yigitlar, erka qizlar quvnashar.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish