Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet78/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Umumlashtiruvchi bo’lak. Jahon tilshunosligida uyushiq bo’laklar bobida “umumlashtiruvchi bo’lak”, “umumlashtiruvchi so’z”, “umumlashtiruvchi birlik” kabi atamalar qo’llanib kelgan. Q.Ramazon, M.Shamslar umumlashtiruvchi bo’lak haqida quyidagi fikrni bayon etganlar: “Ba’zan bir so’zdan so’ng uyushiq misollar bayon qilinadi”. O’zbek tilshunosligida umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq ega va kesimlar bobida F.S.Ubayeva tomonidan yoritilgan. Bu birlik haqida olima quyidagicha fikr bildiradi: “Umumlashtiruvchi so’z sanaluvchilarni-uyushiq egalarni jamlab, umumlashtirib ko’rsatadi va jins tushunchasini ifoda etadi”.(86)(F.S.Ubayeva Hozirgi eamon o’zbek adabiy tilida uyushiq bosh bo’laklari. Filol.fanl.nomzod....diss. Samarqand, 1959y.) Jahon va o’zbek tili akademgrammatikalari hamda o’quv adabiyotlarida umumlashtiruvchi bo’lak, uning mohiyati, qo’llanishi haqida o’xshash ma’lumotlar keltirilgan. Tilshunoslikda uyushiq bo’laklarning ikki xil qo’llanishi bor: umumlashtiruvchi bo’lakli va umumlashtiruvchi bo’laksiz. Misollar: 1. Normurod ko’zda yosh, ko’nglida umid, yurakda dard va armon bilan xayrlashdi.(I.Shomurodov)2.Butun mashshoqlar, ashulachilar, qiziqchilar ham tashqarida edi.(A.Qahhor) Bu misollardan birinchisida uyushiq bo’laklar qahramonning tashqi ko’rinishini tasvirlash uchun, ikkinchisida esa, ular kasb-korni bildirish uchun qo’llangan. Ushbu misollarni ko’plab va ularning turli xillarini badiiy asarlarda uchratish mumkin.
Formal tilshunoslikda umumlashtiruvchi so’z nomi bilan yuritilgan, formal-funksional tilshunoslikda kengaytiruvchilar qatoridan o’rin olgan umumlashtiruvchi bo’lak aksariyat holda uyushiq bo’laklar(uyushgan kengaytiruvchilar) bilan qo’llanadi. Quyida umumlashtiruvchi bo’lak bilan birga qo’llangan uyushiq bo’laklar haqida fikr yuritamiz: 1)uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi birliklar, odatda, izoh talab qiladi: To’rt otliq: Botirali, Bo’ronbek, Qamchi, O’tap aravalarni kuzatib bordilar.(H.G’ulom); 2)umumlashtiruvchi birliklar jins tushunchasining grammatik ifoda formasi, uyushiq bo’laklar tur tushunchasining grammatik ifodasi hisoblanadi: Bog’imizda mevalar: olma, anor va noklar g’arq pishdi; 3)uyushiq bo’laklar umumlashtiruvchi birliklarga nisbatan aniqlashtiruvchi vosita vazifasida keladi va ular o’rtasidaiizohlov munosabati bo’ladi. Bu munosabat ba’zan ya’ni, jumladan, masalan, xususan kabi so’zlar orqali ifodalanadi: Keyingi vaqtlarda u qattiq ishladi, ya’ni shudgor qildi,yerga mahalliy o’gitlar soldi, chigit ekdi.
Uyushiq qatorlarda va hokazo, va boshqalar, hamma, barcha//bari, kabi//kabilar umumlashtiruvchi birliklar vazifasida kela oladi: 1)Diniy ilmlardan tashqari riyoziyot, ilmi nujum, mantiq, adabiyot va hokazolarda keng, pishiq ma’lumot kasb etgan edi.(Oybek) 2)Qalamda tortilgandek qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko’zlar, sutday oppoq yuz, ingichka iyagidagi mitti holi, angishvonadek og’zi – hammasi ataylab chizib qo’yilgan suratgao’xshaydi.(O’.Xoshimov) 3)Keyinchalik yuqoridazikr etilgan kishilarning barchasi – Gulbesherov ham, Abdulla bilan Fayzulla ham, Shokirjon aka ham – bittasi qolmay hammasi qamalib ketdi.(Z.Saidnosirova)
Umumlashtiruvchi birlikning gap bo’laklari, so’z birikmalarini umumlashtirib kelishi masalasi o’zbek va ingliz tillari matnlarining qiyoslanishi misolida o’rganilgan, masalan: a)umumlashtiruvchi birlik gap yoki so’z kengaytiruvchilarini umumlashtirib keladi: Ular qullarni chetdan olib kelishardi, garchi ularni qullar deb atashmasdi: xitoyliklar, yaponlar,meksikanlar, filippinlar.(J.Steynbek) b)umumlashtiruvchi birlik so’z birikmasi va gap yoki so’z kengaytiruvchilarini umumlashtiradi:1. Bejirim tuflilar, paypoqlar, yubkalar, to’rlar, lentalar, taroqlar, hamyonchalar – qo’ying-chi, har bir buyum yuragiga o’t soladi.(T.Drayzer) 2.Kazanova, Mosart, imperator, Salyeri – bularning barchasi mening do’stlarim edilar.(D.Veys) Bu gaplardagi har bir buyum va bularning barchasi birliklari gap kengaytiruvchilarini umumlashtirib kelmoqda. Keyingi gapning qolipi quyidagicha: ( N.A.Sadullayeva Uyushgan va ajratilgan kengaytiruvchilarning qiyosiy tadqiqi(o’zbek va ingliz tillari misolida). Filol.fanl.nomz...diss. Toshkent. 2011y.,106bet)
Umumlashtiruvchi birliklar faqat so’z yoki gap kengaytiruvchilari, so’z birikmalarinigina emas, balki ba’zan gaplarni ham umumlashtirib kela oladi, masalan, Har tun dunyo yaralardi quyidagilar bilan – do’stlar paydo bo’lardiva dushmanlar orttiriladi.(J.Steynberg) Kechqurun g’alati hodisa sodir bo’ldi: 20ta oila bir oilaga aylandi va hamma bolalar umumiy bolalarga aylandilar.(J.Steyberg)
Umumlashtiruvchi gap ikki gapdan iborat bo’lgan ikkinchi qism uchun umumiy: Qayiq to’xtovsiz ilgari siljirdi: quyosh ham ufq betida tirnog’ini ko’rsatdi-da, cholning o’ng yelkasiga nur to’kdi.(E.Xeminguey) Uch qismli gap qismlari ketma-ketlikda bir-biri bilan birikkan va o’zaro ohang yordamida bog’langan. Bu gapning qurilish qolipini quyidagicha berish mumkin: (S1 – WPm1): (S2 – WPm2), (S3 – WPm3). Keyingi ikkita gap mazmunan o’zaro bog’liq: Bu ikki gapdan birini tushirib qoldirish yoki o’rnini
N.Sadullayeva 119-b. almashtirish mazmunga putur yetkazadi.
Umumlashtiruvchi gap uchta qism uchun umumiy bo’lishi mumkin: Davlatmandlarning xo’p ham oshig’i olchi-da: qayiqlarida radiolari bor, ularga har turli voqyealarni so’zlab beradi, beysbol yangiliklarini eshittirib turadi.(E.Xeminguey)



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish