Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Holning kesimga bog‘lanish usuli



Download 1,48 Mb.
bet66/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Holning kesimga bog‘lanish usuli – bitishuv va boshqaruv.
Bitishuv aloqasida hol vazifasida tobe uzvlik vazifasiga xoslangan so‘z keladi. Ular sifat, ravish, son, olmosh va taqlid: 1. Vazifani xob uddaladi (sifat). 2. Qoqqisdan kulib yubordi (ravish). 3.­ Gongir-gongir suhbatlashdi (taqlid). 4. Bir gapirib, on kular (son). 5. Kun botguncha kelmadi (fe’l).
Ot, fe’l, olmosh hol vazifasida kesimga boshqaruv usulida bog‘lanadi. Buning uchun ot kelishik shakli va ko‘makchi, o‘xshatish, fe’l esa ravishdosh va o‘xshatish shakliga ega bo‘ladi: 1. Shahardan qaytdi. 2. Shoshilib gapirdi. 3. Odamdek yashadi. 4. Uxlagandek yotardi. Holning kesimga birikishida bog‘lanish omillari munosabati quyidagicha bo‘ladi:
1. ShMJ-MShJ'>ShMJ-MShJ: 1. Uydan keldi. 2. Go‘dakday kuldi. 3. Shoshilib gapirdi.
2. MJSh-MShJ: 1.Tez o‘qirdi. 2.Qo‘qqisdan kulib yubordi. 3.Chindan qiynaldi.
Demak, hol va kesimning bog‘lanishida birikuvchi unsurlarda bog‘lanish omillari munosabati ikki xil kombinatsiyali bo‘ladi: ShMJ-MShJ va MJSh-MShJ. Bu hol va kesim birikuvida LSQlardan biri [Wmorfologik shakl →WPm] va ikkinchisi [W→WPm] ekanligini ko‘rsatadi.
GAPNING KIRISH VA KIRITMA KENGAYTIRUVCHILARI


Tayanch tushunchalar


minimal qolip, maksimal qolip, so‘z kengaytiruvchisi, gap kengaytiruvchisi, shakliy aloqa, mazmuniy aloqa, kirish, kiritma


Kirish kengaytiruvchilar. Ma’lum bo‘ladiki, gap [Pm] i tarkibida mayl/modallik ma’nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o‘zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma’no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so‘z birikmasi hosil qilmagan bo‘lsa-da, [Pm] dagi mazkur ma’noga bevosita daxldor bo‘lgan subyektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko‘plab uchraydi: 1. Aka, bugun ota-onalar yig‘ilishiga dadam boradilarmi? – Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2. Togri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida. 3. Bu chol, qizining soziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, oylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.
Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, [Pm] tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma’nosini muayyan-lashtiradi, ya’ni gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Shu boisdan ular modal yoki kirish kengaytiruvchi deb ataladi. Kirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo‘laklari sanalmish ega va hol kabi faqat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri gap markaziga munosabatda bo‘ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi [Pm] ga grammatik jihatdan bog‘lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo‘llab bo‘lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo‘lganligini inobatga olib ularni bo‘lak, gap bo‘lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so‘z va gap kengaytiruvchisi orasida «oraliq uchinchi» bo‘lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo‘lmagan bo‘lagi atamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo‘lmagan degan qismi hodisaning so‘z kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko‘rsatsa, bo‘lak uzvi gap kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi.
Kirishlarning gap struktur qurilishidagi o‘rnini quyidagicha berish mumkin (54-jadval):
54-jadval:



E

H

W

Pm

Kirish

yoki W Pm

Ega Hol Kesim Kirish


Kirish kengaytiruvchi so‘z, birikma va gap ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: 1. Farg‘onada, balki, balqarsan.(A.Orip.) 2. Tabibning ta’biricha, shohning sog‘ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ert.) 3. Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o‘zi bo‘lmaydi. (S.Nur.) Shu sababli kirish kengaytiruvchi kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap kabi turga bo‘lib o‘rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchisi nominativ birlik. Garchi ularning ayrim ko‘rinishi gap xarakterida bo‘lsa-da, ularni tom ma’nodagi gap deb bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsam qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko‘rinishida bo‘lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborot uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda [Pm] shakli mavjud bo‘lsa-da, tegishli ma’nolar voqelanishi o‘ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi [Pm] shakllari va unga mos gap kengaytiruvchisi o‘zgartirib ko‘rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo‘qoladi.


Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:

  1. kirishlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma’nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so‘zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt kabi ma’no ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma’nosi mavjud;

  2. kirishlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang-barang. Unda tuslangan fe’l ham (aytsam), tuslanmagan fe’l ham (shunday qilib), ot ham (chamasi), olmosh ham (menimcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba’zan qisman, ba’zan butunlay o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo‘ladi;

  3. kirish kengaytiruvchining barchasi o‘ziga xos yagona «so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma’nosi ostida birlashadi;

  4. kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o‘rni qat’iy emas.

Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilar o‘ziga xos lug‘aviy-sintaktik guruhni tashkil etishini ko‘rsatadi.
Kirish kengaytiruvchi gapda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

  1. ta’kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish: takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta’kidlayman, aytish kerakki;

  2. subyektiv munosabat, his-tuyg‘ularni ifodalash: baxtimizga, baxtga qarshi, o‘ylayman, umid qilaman, o‘ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma’noda, qaysidir ma’noda, afsuski, attang, essiz;

  3. fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to‘g‘risini aytganda, bir so‘z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog‘i, qisqasi, gapning indallosi;

  4. fikrning bog‘lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki aloqa kabilarga so‘zlovchining qanday qarashini ifodalash: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko‘rinadiki, ma’lum bo‘ladiki, buning ustiga, odatda;

  5. aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so‘z: menimcha, fikrimcha, uning so‘ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda;

  6. fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so‘zlar: birinchidan, avvalo, ikkinchidan.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish