Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet62/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

1. Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi [Pm] ning shaxs-son ma’nosi o‘ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm]ga bog‘liq ikki guruhga bo‘linadi.
[W] ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi. 1.O‘timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to‘ldiruvchiga ega bo‘lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo‘llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi. 2. O‘n minutcha yo‘l yurildi. (Oyb.) 3. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi. 4. Katta trassaga chiqish uchun o‘ng tomonga yuriladi. 5. Samarqandga borish uchun Jizzaxdan otiladi. Bu gaplardan bittasining lisoniy qolipini kuzatamiz (43-jadval):
43-jadval

E

H

W

Pm



o‘ttiz yili davomida

erishil

di




Institutning

Yutuqlarga







Ulkan

Ma’lum bo‘ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o‘rni bo‘sh. Buning boisi, aytilganidek, o‘timsiz fe’l (erishmoq) majhul nisbatga o‘tganda ega o‘z-o‘zidan tushib qoladi. Agar fe’l o‘timli bo‘lsa edi, (masalan, o‘qimoq), uning vositasiz to‘ldiruvchisi ega mavqeini egallar edi: Nilufar kitobni o‘qidi – Kitob Nilufar tomonidan o‘qildi tarzida. to‘g‘ri kelmoq qo‘shma fe’li «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi 8-ma’nosida jo‘nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo‘lishiga olib keladi: 1. Buning uchun Toshkentga o‘z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni so‘rashimizga to‘g‘ri keladi. Bu gaplarning lisoniy strukturasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (44-jadval):


Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so‘zi [Pm] dagi mayl ma’nosi ifodalovchilari bo‘lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma’nolarini ifodalovchi vositalar keladi.


44-jadval



E

H

W

Pm






B ugun → yuborib



t o‘g‘ri kel


so‘rashimizga



-adi

s



Toshkentga


o‘z → vakillarimizni

yordamni


zarur
Korxonadan

Yuqoridagi gaplardan birining lisoniy struktur sxemasini keltiramiz (45-jadval):


45-jadval



E

H

W

Pm




har doim

rivojlantirmoq, davom ettirmoq

kerak edi









ishini


Ustozlar




Kesimi fe’lning III shaxs shart mayliQbo‘ladi qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o‘zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi: 1. Hosilni o‘n-o‘n besh kunda yig‘ib olsa bo‘ladi. 3. Bu ig‘voning sabablarini tahlil qilsa bo‘ladi. Bunda kesimlarning yig‘ib ol, tahlil qil qismlari [W] (lug‘aviy birlik) va -sa bo‘ladi qismlari esa [Pm] voqelanishidir.


Kesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo‘lmoq fe’lining turli ko‘rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gap vujudga keladi: 1. Bu xatning mazmunini birovga aytib bo‘lmaydi.(A.Qah.) 2. Falakka qo‘l uzatib, shamsu anvorni olib bo‘lmas. (Mashr.) Bu kesimlarda aytib bo‘l, olib bo‘l qismlari [W] va -maydi, -mas qismlari Pm voqelanishidir. (46-jadval):
46-jadval

E

H

W

Pm




u zatib

olib bo‘l

Mas






Qo‘l

Shamsi anvorni









Falakka









O‘zbek tilidagi atov gap – egasiz gapning o‘ziga xos turi: 1. Keng sahro. Quruq cho‘l. Suv manbalaridan darak yo‘q. 2. Yoqimli ohang. Zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘llaridan to‘xtab tinglaydi. (I.Rah.). Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg‘otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo‘yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

  1. Keng sahro – Keng sahro edi.

  2. Tun – Tun edi.

Demak, atov gap – hozirgi zamon ko‘rinishidagi kesimdan iborat egasiz gap. Qiyoslang:
1. Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar. (Muq.)
2. Hamon yodimdadir, gul chog‘i erdi.(Uyg‘., I.Sult.)
3. Ko‘rishgan maskanim, gul bog‘i erdi. (Uyg‘., I.Sult.)
Semantik-funksional shakllangan gap ham egasiz gapning alohida ko‘rinishi: 1. – Bugun bormoqchimisan? – Ha. 2. – U ham bormoqchimi? – Yoq. 3. – Kitobni olasanmi? – Bolmasam-chi! 4. Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to‘y! («Afandi latifalari»dan). 5. Salom, – dedi ko‘rishi bilan hamma birdan. Qo‘llar o‘tdi biqinlarning orasidan. (G‘.G‘ul.).
Egali gap. Egasiz gap tilimizda chegaralangan bo‘lib, ular egali gapga nisbatan kam. Egali gap esa tilimizning me’yoriy xususiyatidan biri. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi [Pm] (kesimlik kategoriyasi) ning qismlaridan biri shaxs-son ma’nosi bo‘lib, u hamisha o‘zining to‘ldirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo‘lishini taqozo qiladi.
Aytilganidek, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch a’zo (ega, hol, kesim) dan iborat, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo‘sh bo‘lmaydi, to‘ldirilgan bo‘ladi. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:
1. Men kitobni o‘qidim.
2. Kitobni o‘qidim.
Har ikkala gap ham [E-H-Pm] qolipi hosilasi bo‘lib, ularning kesimidagi [Pm] ga xos shaxs-son qo‘shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to‘liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega – I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi. Biroq ulardan birinchisida bu lisoniy to‘liqlik (ega pozitsiyasining bo‘sh emasligi) nutqda namoyon bo‘lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo‘lmaganligi tufayli yuzaga chiqmagan. Ko‘rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to‘ldirilgan gap qismining hosilasi.
Egali gaplarning o‘zi quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:

  1. egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo‘lgan) gap;

  2. egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo‘lmagan) gap.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish