Kesimlarda materiallarni grafik tasvirlashdagi ahamiyati
Reja:
Kirish.
I. Asosiy qism.
I.1. Materiallarning kesimda grafik belgilanishi.
I.2.
Kesim hosil qilish va uni belgilash.
I.3.
Kesim turlari.
Kesimlarda shartlilik va
soddalashtirishlar
I.4
Qirqimlar, ularning chizmalarda belgilanishi va joylashishi
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Materiallarning grafik belgilari (D.st. 2.306-96)
.
Chizmalarda buyum yoki qurilish
konstruksiyalari yaqqolroq bo’lishi uchun tasvirlar ko’rinishlar, kesimlar,
qirqimlarda shartli grafikaviy belgilar qo’llaniladi. Dst 2.306-96 ga muvofiq turli
materiallar uchun ularni kesimda grafik usulida belgilash qoidalari (belgilar)
o’rnatilgan.
Har qanday detal uning aniq bajarilgan chizmasi orqali yasaladi.
Standart
talabiga muvofiq detal chizmasi barcha soddalashtirish va shartliliklar
qo‘llanilgan holda eng kam ko‘rinishlarda chizilishi lozim. Aks holda chizmani
o‘qish murakkablashib ketadi va detalning geometriyasini o‘qish qiyinlashib,
yasalgan detal yaroqsiz bo‘lishi mumkin.
Detalning
u yoki bu qismining
shaklini aniqlash maqsadida kesim qoilaniladi. Uning ichki tuzilishini aniqroq
bilish maqsadida kesimga qo‘shib qirqim ham tadbiq qilinishi mumkin.
Shunday qilinganda detalning ko‘rinishlar soni ham kamayadi. Detallarga
kesim yoki qirqim qo'llanilganda ularning kesilgan yuzalarini standartga
muvofiq shartli belgilash qabul qilingan.
Materiallarning turiga qarab,
chizmada ularni tez va oson aniqlash maqsadida turlicha ko‘rinishlarda
shtrixlanadi.
Kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikular qilib
o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. shunda tekislikda hosil
bo‘lgan yuza
kesim
deyiladi. Kesim standartga muvofiq bajariladi. Kesimdan
ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shakli va ulardagi o‘yiq
chuqurcha,
bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday elementlarning
o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikular qilib kesuvchi tekislik o‘tkazilsa,
detalning ko‘ndalang kesimi hosil bo‘ladi. Kesimlarni diqqat bilan o‘rgansangiz,
ba’zi kesimlar konturida ochiq va yopiq joylar bo‘ladi. Detal shakli qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, kesimga tushgan joydagi chuqurcha, o‘yiq, teshiklar silindr
yoki konussimon, ya’ni aylanish sirtiga ega bo‘lsa, kesimning aylana konturi
yopiq, boshqa holatlarda ochiq tasvirlanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Materiallarning
kesimda grafik belgilanishi
haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va qisqacha tavsiflash. Materiallarning
grafik belgilari
.
Kesimlar va qirqimlarning chizmada joylashishi,
belgilanishi,
qirqim turlari va chizilishihaqidagi malumotlarni o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Ilmiy ommabop manbalardan
to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib,xulosa va takliflar qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi,
asosiy qism va qilingan
xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli
ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.Ishga qo’yilgan
maqsadga erishishi uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va
elektron manzillari keltirildi.