Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet135/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Qavsning ishlatilishi. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi; Qavsdan oldingi tinish belgisi (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyin qo‘yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa bo‘ladimi? 2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: a) Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. b) Aziz Kamol (xayol og‘ushida). Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi; 3) misol yoki ko‘chirmaning manbai: Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.); 4) kirish so‘z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning ichiga olinadi: To‘satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan beri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.
Qo‘shtirnoqning ishlatilishi. Qo‘shtirnoq quyidagi holda ishlatiladi: 1) ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun: “Ertaga kelaman “, - dedi; 2) ko‘chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmasi ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog‘ asali” sotadigan yigit ... dovonning naryog‘iga o‘tib ketgan. Qo‘shtirnoqqa olinishi kerak bo‘lgan so‘zda turlovchi (kelishik) qo‘shimcha mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi: Buni ko‘rgan Aziz o‘zi haydab kelayotgan «GAZ 69”ning yurishini tezlatib, yo‘lga chiqdi-da, “Jiguli “ tomonga burildi.


Cavol va topshiriqlar



  1. Nuqtaning ishlatilish o‘rinlari haqida gapiring.

  2. So‘roq belgisi qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?

  3. Undov belgisi qanday hollarda qo‘yiladi?

  4. Vergul vazifasi nimadan iborat?

  5. Nuqtali vergul qanday hollarda ishlatiladi?

  6. Ikki nuqtaning vazifalari nimadan iborat?

  7. Ko‘p nuqta qanday hollarda ishlatiladi?

  8. Tire qanday vazifalarni bajaradi?

  9. Qavsning roli haqida gapiring.

  10. Qo‘shtirnoqning qo‘llanish o‘rinlarini bayon qiling.



XULOSA

Jahon zamonaviy tilshunosligi bir necha asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo’lib, har bir davr bu fan oldiga ijtimoiy zaruratdan kelib chiqqan holda tegishli vazifalarni qo’ydi. XIX asrda fanda yetakchilik qilgan qiyosiy-tarixiy yo’nalish til sistemalari genezisi va farqlari bo’yicha tadqiqotlar olib borgan bo’lsa, XX asrda faollik ko’rsatgan formal va struktur lingvistika til sistemalarining strukturasi va imkoniyatlarini ochish va tushuntirish bilan mashg’ul bo’ldi. XXI asrda til sistemalaridan amaliy foydalanish muammolari tilshunoslikning yangi paradigmalarini o’zida birlashtirgan antroposentrik yondashuvning diqqat markazida bo’lmoqda. O’zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi taraqqiyotining ikkinchi bosqichida unga qo’shildi va u ham o’z o’rnida XX asrda o’ziga xos maqsad va vazifalarga ega bo’lgan ikki bosqichni bosib o’tdi.


Formal yondashuv bosqichida fan adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va omma ongiga singdirish zarurati asosidagi ijtimoiy vazifani ado etdi.
Struktur yondashuv bosqichida tilshunosligimiz o’zbek tilining immanent imkoniyatlarini ochishdan iborat ijtimoiy buyurtmani ado etdi va tilning transsendent xususiyatlarini ochish uchun zamin yaratdi. Yangi asr o’zbek tilshunosligining vazifalari umumiy tarzda o’zbek tilini avaylab-asrash, boyitish ustida tinimsiz ishlash, undan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish va o’zbek tilini axborot-kommunikasiya texnologiyalari tiliga aylantirish alohida o’rin tutadi.
Bu vazifalarning barchasi markazida inson turadi va tadqiq antrposentrik xarakter kasb etadi. Demak, shakllanayotgan o’zbek antroposentrik tilshunosligining asosiy vazifasi tilimizning XX asrda ochilgan immanent imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat bo’lib, unda inson omiliga e’tibor ustuvorlik qiladi.
Struktur bosqichda o’zbek tilshunosligida tilning fonetik, leksik va grammatik sathlari lison–nutq dixotomiyasi asosida tadqiq etilib, yaxlit substansional ta’limot yaratildi. O’tgan asrning 80-yillarida tor yo’nalish sifatida ish boshlagan substansional lingvistika bugungi kunda jahon tilshunosligi tomonidan e’tirof etildi va, hatto, unga ta’sir ko’rsata boshladi. O’zbek tili lisoniy qurilishiga berilgan yangi ilmiy-nazariy baho qator monografiya, darslik va qo’llanmalarda o’z ifodasini topdi. Shubhasiz, erishilgan yutuqlar endilikda milliy tilning lisoniy qurilishini o’rganishdan uning voqyealanish xususiyatlarini har tomonlama tadqiq etishga o’tish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.
Jahon tilshunosligida lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqyelanishini – uning nutq, jamiyat, madaniyat, milliy tafakkur, hatto sun’iy intellekt bilan uzviy munosabatini tekshiruvchi yo’nalishlarning allaqachon shakllanib bo’lganligi ham fanimiz oldidagi yangi vazifalarning dolzarbligini ko’rsatadi.
O’zbek tilshunosligida sintaktik birliklarning substansional tadqiqi natijasida ularning lisoniy minimal va maksimal qoliplari aniqlandi. Sodda va qo’shma gap orasida “oraliq uchinchi” qonuniyatining yaqqol ifodasi sifatida uyushgan gap farqlanib, sintaktik strukturalarning darajalanish asosidagi tavsifi berildi.
O’zbek tilshunosligining navbatdagi vazifasi lisoniy birlik va strukturaning nutqiy voqyelanishini tekshirish bo’lib, bunda lison boshqa lisoniy va nolisoniy omillar qurshovida tahlil qilinadi. Zero, har qanday lisoniy birlik nutqda sof holda voqyelanmaydi va boshqa nolisoniy hamda lisoniy omillardan ajratilgan birlik mavhumligicha qolaveradi. O’zbek substansional tilshunosligida lisoniy birliklarning nutqiy voqyelanishida boshqa lisoniy sathlar hamkorligi masalasi kun tartibiga qo’yilgan edi. Biroq nutq yaxlit voqyelik bo’lib, uni nolisoniy omillardan ham xoli tekshirish mumkin emas. Demak, boshqa til birliklari kabi, sintaktik birliklarni ham lisoniy va nolisoniy omillar mushtarakligida – diskursiv muhitda tekshirish zarurati vujudga kelmoqda. Substansional yondashuvning yangi bosqichi diskursiv tahlilni taqozo qilmoqda.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish