Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


So‘roq belgisining ishlatilishi



Download 1,48 Mb.
bet132/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

So‘roq belgisining ishlatilishi. So‘roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) so‘roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? 2) so‘roq gap birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunda: a) so‘roq gap mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Qishloq qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi? b) agar so‘roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, va qo‘shma gap tarzida bo‘lsa, eng so‘nggi so‘roq gapdan keyin qo‘yiladi: – Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi? 3) gap darak gap, undagi biror so‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz. Ba’zan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so‘roq, qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holda ular orasiga vergul yoki tire qo‘yilishi mumkin, lekin qo‘shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratilishi shart bo‘lganligi tufayli so‘roq belgisi qo‘yilmaydi: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong‘i.
Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) his-hayajon ifodalagan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalma, undov hamda ha va yo‘q so‘zidan keyin: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman! Bunda undovdan oldingi so‘z mustaqil gap sifatida qaraladi.
Ko‘p nuqtaning ishlatilishi. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz... 2) so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko‘rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz... 4) biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun yettinchi bo‘limga kelib, ... fig‘oni oshdi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish