Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet42/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

3. Ehtiyot bo‘lish kerak kabi gaplarda kesimlik qo‘shimchalari tafsiliy usulda berilgandir.
Bir tarkibli yig‘iq sodda gaplarda [Pm] turli xil zamon, mayl-modallik, tasdiq-inkor shakllarida kela oladi. Lekin hamma vaqt III shaxs shaklida bo‘ladi.
Kesimi ot bilan ifodalangan yig‘iq gaplar o‘zbek tilshunosligida, ko‘pincha nominativ gaplar deb yuritiladi va ularning ma’no, vazifasi, uslubiy xususiyati o‘zbek tilshunosligida ancha batafsil o‘rganilgan.
Kesimi fe’l bilan ifodalangan bir tarkibli yig‘iq gaplarning [Pm] qismi o‘ziga xos xususiyatga ega. U, asosan, harakatning bajarilishiga yo‘l qo‘yilishi yoki yo‘l qo‘yilmasligi, bajarish mumkin yoki mumkin emasligi, zaruriy yo zarur emasligi, harakatni bajarishning majburiyligi va shu kabilarni ifoda qilishi bilan ajralib turadi. Uning bosh bo‘lagi, ko‘pincha, tarkibli yoki murakkab kesimdan iborat bo‘ladi. Kesim turli mayl, zamon, tasdiq-inkor shakllari bilan ifodalangan bo‘ladi. Kesimi fe’l bilan ifodalangan bir tarkibli yig‘iq gaplar quyidagicha ifodalanadi:
1.Majhul daraja shaklidagi fe’llar bilan: Erishildi; Kirishildi; Foydalanildi; Chiqilmasin; Borildi va hokazo.
Bunday gaplarning kesimi turli xil mayl, zamonni ifodalab keladi. Masalan: Chiqilmasin! Kirilsin! Yotilsin! tipidagi gaplar buyruq mayli, kelasi zamonda kelgan bo‘lsa, Turildi; Borilmaydi; Borildi kabilar esa aniqlik maylida bo‘lib, o‘tgan va hozirgi-kelasi zamonni ifodalaydi.
2. – bo‘l yordamchi fe’li ishtirokida. Bunda bo‘lmoq bog‘lamasi o‘zidan oldingi ravishdosh, shart fe’li va boshqalar bilan birikib, tarkibli kesimni tashkil etadi: O‘qisa bo‘ladi; Chidab bo‘lmaydi; Yurib bo‘lmaydi.
3.Harakat nomlariga kerak, zarur, mumkin, lozim, darkor so‘zlarining qo‘shilishi bilan. Bu turdagi gaplar, asosan, hozirgi-kelasi zamonda, aniqlik maylida bo‘ladi. Misol uchun:
1) ... Tekshirish kerak. U yerda o‘tkir bolalar bor! SHo‘x bolalar. Lekin ishlash mumkin.
2)U xayol surar, bu andishalar uning xayolini qurshab olgan edi. – Nima qilmoq kerak?
4. To‘g‘ri kelmoq fe’lining tuslangan formasi bilan: To‘xtashga to‘g‘ri keldi. Bir necha kishi otning jilovidan tortib ushladi. Bu gapda [Pm] o‘tgan zamon, aniqlik mayli, tasdiq kabi ma’nolarni ifoda etmoqda. Adabiyotlarda bu turdagi gaplar kesimining kelasi zamon formasida qo‘llanilishi ham uchraydi.
Bir tarkibli yig‘iq sodda gaplar nutqda murakkablashishi mumkin. Bu murakkablashuv, asosan, kirish va kiritma qurilma, undalma, ravishdosh, sifatdoshli oborot va boshqa vositalar hisobidan bo‘ladi.
1.Undalmali: Qozon qurib, xalqqa osh bermoqchi, dasturxon yozmoqchi, yetim-yesir, och-nochorlarga non ushatmoqchi. Orzuda, bolam.
2.Kirish qurilmali: 1) Aytish kerak, albatta; 2) Xullas, o‘qisa bo‘ladi 3) Ha, Ona Bayit. Ota-bobolarimiz yotgan qabriston shunday deb ataladi. 4) O, qattol. Berahm-beshafqat qattol!..
Bir tarkibli yig‘iq sodda gaplar semantik jihatdan turli xil modal ma’nolarni ifodalaydi. Ot kesimli bir tarkibli yig‘iq gaplar mavjudlikni tasdiqlagan paytda neytral ma’no, tasdiqni ifodalaydi. Masalan:


  1. Download 1,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish