Marketing vazifasi - Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni iste`molchilarga o`z vaqtida va to`liq etkazib berishni, moddiy resurslardan to`la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o`z ichiga oladi. Tovarlarga bo`lgan ehtiyojini rejalashtirish o`z navbatida ish turiga doir ayrim materiallarning kerakli miqdorini hisoblash, ularga bo`lgan ehtiyojni texnikaviy iqtisodiy jihatdan asoslab berish, tovarlarga bo`lgan ehtiyoj rejalarini tuzib, tegishli korxonalar va savdo tashkilotlariga topshirish, bu rejalarni himoya qilish kabilarni o`z ichiga oladi. Ehtiyoj rejalari mahsulot birligiga material sarf qilish normalari asosida tuziladi. Marketing bo`limi va guruhi rejalashtirish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar bilan, birgalikda moddiy resurslarni aniqlaydi va hisobga oladi. Bunda ular davriy hisobotlar va mavjud moddiy resurslarni inventarizatsiya qilish materiallariga asoslanib ish ko`radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |