Marketing xizmatini tashkil qilishdagi yangi yo‘nalishlar .Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz. Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir biriga bog‘lik biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. . 1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda. - Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasi. Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.Ushbu tashkiliy struktura boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi. Bunday “bozor koalitsiyasi” struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli ko‘p tarqalgan emas. Ba’zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning elementari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi “Vomboy Companu” tashkiliy strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan, ya’ni 20.3.-rasmda berilgan strukturaga o‘xshashdir. Bu kompaniya mebel qo‘shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‘zida birlashtirgan. Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‘uvchi sexga yetkazib beradilar, u yerda yig‘ilib, so‘ngra magazinlarga topshiriladi.
- Bozorga yo’nalganlik (moslashish) birinchidan, bozorning o'zi xaqida aniqlashga ega bo'lishga va undan, bozorga yunalgan strategiyani boshlash uchun asosga imkon beradi. Kichik korxona o'z maxsulotlarini kirgiza olgan bozor va u yerdagi insonlarni to’liq o'rganib chiqasagina bozorga moslasha oladi. Bozorga moslashish jarayonini o'z ichiga oladi: iste'molchilar, yordamchilar, bozorlar to'g'risida ma'lumotlar to'plash va bu ma'lumotlarni tahlil qilish. Bunda biznesning istiqbolini, iste'molchilarni ongida tovar maqsadlarni yuqori darajaga ko'tarish va uni iste'molchilarga taqdim qilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |