Mamlakatlar
|
Qamrab olingan yonilgʻi turlari
|
Asosiy istisnolar
|
Buyuk Britaniya
|
Barcha
|
Qishloq xoʻjaligi, aviatsiya va suv transporti
|
Daniya
|
Barcha
|
Xalqaro suv transporti
|
Fransiya
|
Barcha
|
Qishloq xoʻjaligi, transport
|
Hindiston
|
Koʻmir
|
-
|
Irlandiya
|
Barcha
|
Qishloq xoʻjaligi, xalqaro suv transporti
|
Yaponiya
|
Barcha
|
Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, aviatsiya, temir yoʻllar va suv transporti
|
Meksika
|
Koʻmir, neft
|
-
|
Norvegiya
|
Neft, gaz
|
Xalqaro suv transporti, baliqchilik va qishloq xoʻjaliklari
|
Portugaliya
|
Barcha
|
Xalqaro suv transporti
|
Shvetsiya
|
Barcha
|
Qishloq xoʻjaligi (qisman), Xalqaro suv transporti
|
Shvesariya
|
Barcha
|
Transportlar
|
Bevosita emissiya soliqlari
|
Mamlakatlar
|
Qamrab olingan emissiyalar
|
Avstraliya
|
Elektr energiya, sanoat, chiqindi
|
Chili
|
Katta qozon va trubinalar
|
Janubiy Afrika
|
Yonilgʻilar, sanoat jarayonlari, mahsulotdan foydalanish
|
Soliq stavkasini aniqlash
Soliq stavkasini belgilash – uglerod soligʻini joriy qilishda davlat duch keladigan eng muhim qarorlardan biridir. Bu ikkita asosiy elementni oʻz ichiga oladi. Birinchidan, siyosatchilar uglerod soligʻining boshlangʻich stavkasini belgilash uchun asosiy meʼyorni tanlashlari kerak. Keyin ular kelajakdagi narxlar uchun trayektoriyani belgilash yoki vaqt oʻtishi bilan stavkani toʻgʻirlashning aniq mexanizmini qabul qilish boʻyicha qaror qabul qilishlari kerak.
Uglerod soligʻining boshlangʻich stavkasini belgilashning toʻrtta asosiy yondashuvi mavjud boʻlib, ularning har biri har xil siyosiy maqsadlar bilan bogʻliq. Hukumatlar emissiya miqdorini kamaytirish, daromadlarning maʼlum darajasini oshirish yoki chiqindilarning ijtimoiy xarajatlarini aks ettirish uchun soliq stavkasini belgilashi mumkin. Ushbu uchta yondashuvning har birida, aniq maqsadga erishishga yordam beradigan stavkani aniqlash uchun modellardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatlar shunga oʻxshash holatlar yoki asosiy soliq solinadigan tovarlar uchun raqobatlashayotgan davlatlarda soliq stavkalariga muvofiq benchmarklarni ishlab chiqishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, Emissiya Savdo Tizimiga ega boʻlgan mamlakatlar uglerod soligʻi stavkasini Emissiya Savdo Tizimi bahosi bilan bogʻlashga qaror qilishlari mumkin.
Vaqt oʻtishi bilan stavka qanday rivojlanishini aniqlash uchun bir nechta yondashuvlar mavjud. Maʼlum bir davr mobaynida mutaxassislar, siyosatchilar va boshqa manfaatdor tomonlar yordamida narxlar harakatining trayektoriyasini aniqlash, stavkani toʻgʻirlash formulasini yaratish shular jumlasidandir. Bu yondashuvlardan qaysi birini amalda qoʻllash mumkinligi qisman davlatning konstitusiyaviy kontekstiga ham bogʻliq boʻladi.
Bundan tashqari, uglerod soligʻining stavkasini aniqlashda davlat oʻz manfaatlaridan kelib chiqan holda qaror qabul qilishi mumkin. Masalan, Irlandiyada uglerod soligʻi stavkasi 1 tonna uglerod chiqindisi uchun 28 dollarni tashkil etadi. Ammo, bu kabi yuqori uglerod soligʻi stavkasi yordamida Irlandiya hukumati foyda soligʻi stavkasini 15 foizgacha (Yevropa mamlakatlari orasidagi eng past koʻrsatkich) tushirishga va buning natijasida xorijiy investitsiyalar oqimini jadallashtirishga muvaffaq boʻldi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |