Foydalilik
koeffitsenti
=
Kо‘zda tutilgan daromadlar summasi
(3)
Kо‘zda tutilmagan xarajatlar summasi
Kо‘zda tutilgan daromadlar summasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur loyihani amalga oshirish
evaziga kelgusida olina-digan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas,
balki yuqorida ta‘kidlanganidek, diskontlash koeffitsiyentlari bilan tо‗g‗rilangan holda yuzaga keladi.
Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida sо‗mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar
summasi aks etadi.
Kо‗rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar
hajmi ham xuddi shunday hisob-lanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihala-rini amalga
oshirishga qaratilgandir, agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga)
mо‗ljallangan bо‗lsa, bun-day holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yо‗q.
Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan yuqori yoki unga teng bо‗lgan
taqdirdagina investitsiyalash-tirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag‗ bilan ta‘minlash taqchilligi yuqori bо‗lgan
sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari yuqoriroq bо‗lgan loyihalarni qо‗llash afzaldir. Buni quyidagi
misolda kо‗rib chiqaylik. Deylik, ikkita investitsion loyiha taqdim qilingan bо‗lsin.
Birinchi loyiha bо‗yicha xarajatlar hajmi 200 ming sо‗mni tashkil etib va bu jami 1 mln. sо‗m miqdorda
diskontlangan daromad keltirishi kо‗zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming sо‗mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bо‗yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming sо‗mni talab yetgan holda, diskontlangan
daromadlar hajmi esa 450 ming sо‗mni tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming sо‗mga tengdir, ya‘ni
birinchi loyihadan 2 marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag‗ esa 200 ming sо‗mni tashkil etib, birinchi loyihani investitsiyalashtirish
imkoniyatiga egasiz. Xо‗sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yо‗q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffi-siyenti 5 ga (1 mln. sо‗m : 200 ming
sо‗m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming sо‗m: 50 ming sо‗m) teng yekanligini hisoblab chiqish
uncha-lik qiyin emas. Demak, agar 200 ming sо‗m mablag‗ingizni foydali-lik koeffitsiyenti 9 ga yaqin
bо‗lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. sо‗mga yaqin sof daromadga ega
bо‗la-siz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga kо‗pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bо‗lgan bir nechta loyihalar bir vaqtning о‗zida kamdan-
kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsiyentlar kо‗pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi
loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsiyentlari kattaliklari bо‗yicha,
ya‘ni ushbu koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini kо‗rsatuvchi sxema tuzib, kuzatib borish
maqsadga muvofiqdir. Buni xarajatlar va daromadlar miqdoriga qarab quyidagi jadval tarzida ham ifodalash
mumkin (7-jadval).
7- jadval
69
Do'stlaringiz bilan baham: |