Mutualizm (lotincha mutus — o‘zaro) o‘zaro biologik bog‘lanishning bir shakli bo‘lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Mutualizmga misol qilib suvo‘tlar bilan zamburug‘larning, dukkakli o‘simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalarning, daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug‘larining o‘zaro munosabatlarini keltirish mumkin.
Mikoriza zamburug‘lari o‘simliklar uchun fosfor va mineral moddalarni ularning ildizlariga yetkazib beradi, o‘z navbatida zamburug‘lar daraxt ildizlaridan uglevod va boshqa organik moddalarni oladi. O‘rmonlarda chumolilarning ichagida bir hujayr ali xivchinli sodda hayvonlar yashaydi. Chumolilar daraxt yog‘ochlari bilan ovqatlanadi, lekin uni parchalovchi fermentlar chumoli ichagida bo‘lmaydi. Bu vazifani bir hujayrali xiv- chinlilar bajaradi. Chumolilar xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar ham faqat chumoli ichagidagina yashay oladi.
Hamsoyalik. Sinoykiya (yunoncha syn — birga, oikos — uy) o‘zaro munosabatdan bir organizmgina o‘ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko‘rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o‘zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli — baqachanoqning mantiya bo‘shlig‘iga qo‘yadi. Baliq tuxumlari yumshoq tanliga hech qanday zarar keltirmaydi, chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan baliqlar faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.
Hamtovoqlik, kommensalizm (fransuzcha commensal — hamtovoq). Bunday o‘zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og‘iz bo‘shlig‘ida amyo balarning bir turi — og‘iz amyobasi yashaydi. U og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi, hech qanday zararli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan
8—Biologiya
harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.
Organizmlarning bunday o‘zaro munosabatlari har qanday populyatsiyalarda ham kuzatiladi. Populyatsiyalarda organizmlar soni faqat abiotik omillargagina bog‘liq bo‘lib qolmay, yirtqichlar va parazitlarning soniga, organizmlar orasidagi ovqat, yashash va ko‘payish joylari uchun raqobatga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham yirtqichlar va parazitlar, umuman olganda populyatsiya uchun foydalidir.
Masalan, yirtqich hayvonlar yo‘qotilishi oqibatida o‘txo‘r hayvonlar ko‘payib ketishi ovqat yetishmasligiga olib keladi, ular orasida yuqumli kasalliklar ko‘payib, qirilib ketadi.
Yirtqichlar va parazitlar populyatsiyani kuchsiz, kasalmand organizmlardan tozalab, uning genofondini yaxshilashga sabab bo‘ladi.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |