Reja:
Organizmlarning o‘zaro munosabatlari.
Organizmlarning o‘zaro raqobati (konkurensiya).
Hamsoyalik.
Hamtovoqlik, kommensalizm
Biotik omillarga sayyoramizdagi mavjud, bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi va o‘zaro munosabatlarda bo‘lgan hamma tirik organizmlar — mikroorganizmlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hay- vonlar va shu jumladan, odamlar ham kiradi.
Organizmlarning o‘zaro munosabatlari. Bu o‘zaro muno sabatlarni asosan 3 ta turga ajratish mumkin.
Neytralizm — birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Antibioz — birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo‘lishadi.
Simbioz — bunda ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o‘ziga foyda oladi.
Antibioz va simbioz bog‘lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo‘lgani uchun ular bilan quyida batafsil ta nishamiz:
Antibioz — antagonizm, salbiy bog‘lanish bo‘lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin:
O‘zaro raqobat.
Parazitizm.3. Yirtqichlik.
Organizmlarning o‘zaro raqobati (konkurensiya). O‘simliklar hayvonlardan farqli ravishda energiyani birdan bir asosiy man ba — fotosintez orqali oladi. Shuning uchun ham o‘simliklarda raqobat birinchi navbatda «yorug‘lik uchun ku rash» sifatida namoyon bo‘ladi. Soyada o‘sadigan o‘simliklarda yorug‘lik kam bo‘lganida ham fotosintezlash mexanizmlari paydo bo‘lgan.
O‘simliklarda ovqat resurslari uchun ham kuchli raqobat mavjuddir. Agar ovqat yetishmasa birga o‘sayotgan o‘simlik va hayvonlar bir-biriga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatning bu shakli rus olimi G. F. Gauze tomonidan yaxshi o‘rganilgan. U infuzoriyalarning ikki turini bir xil sharoit va bir xil muhitda o‘stirib, biroz vaqtdan keyin ulardan faqat birining qolishini aniqladi.
Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, faqat ularning ko‘payish jadalligi har xil.
Shunday qilib, bir xil sharoitda birga yashayotgan va bir xil ovqat bilan ovqatlanadigan organizmlardan qaysi biri tez ko‘paysa, o‘zaro raqobatda bo‘lsa, shu g‘olib bo‘ladi.
Raqobatning yana bir ko‘rinishida organizmlar o‘zi sintez- laydigan kimyoviy moddalari ta’sirida boshqalarining o‘sishiga, ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, zamburug‘lar antibiotiklar ta’sirida mikroorganizmlar o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi.
Parazitizm — har xil turga mansub organizmlarning o‘zaro munosabatlari shakli bo‘lib, bunda bir organizm (parazit) ikkinchi organizmdan (xo‘jayin) yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning har xil a’zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa suyuqligi va boshqalarda) yashashga moslashishi mumkin. Ularda parazit hayot kechirishga moslashishni ta’minlovchi so‘rg‘ichlar, maxsus og‘iz apparati, ilmoqchalari va shunga o‘xshash moslamalar rivojlanadi. Xo‘jayin organizmida parazitlarga qarshi har xil himoya me- xanizmlari paydo bo‘ladi.
O‘simlik va fitofaglar (o‘simlikxo‘r, organizmlar), shu- ningdek, o‘simlik va uning parazitlari o‘rtasida ham murakkab o‘zaro ta’sirlar kuzatiladi. O‘simliklarda ularning parazitlarini o‘ldiruvchi kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘simliklar zamburug‘lar yoki bakteriyalar bilan zararlanganda ularga qarshi fitoaleksin deb ataluvchi antibiotiklarni ishlab chiqaradi.
Yirtqichlik — bunda bir organizm o‘z o‘ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, bu munosabat ko‘pincha o‘ljaning o‘limi bilan tugaydi.
Simbioz — ijobiy o‘zaro bog‘lanishlar bo‘lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud: mutualizm, hamsoyalik, kom- mensalizm (hamtovoqlik).
Do'stlaringiz bilan baham: |